- 65 - - 65 - 6. Diametri 2 mm bo‘lgan tomizgichda hajmi 219 cm
3
bo‘lgan suv
necha tomchidan iborat bo‘ladi? Suvning sirt taranglik koeffitsienti
73 mN/m; π=3; g=10 m/s
2
A)5000 B)4000 C)7300 D)2190
7. Ichki diametri 2 mm bo‘lgan tomizgichdan uzilayotgan suyuqlik
tomchisining massasi 15 mg ekanligini bilgan holda, shu
suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini toping (mN/m).
A)73 B)24 C)40 D)30
8. Ichki diametri 1 mm bo‘lgan tomizgichdan uzilayotgan spirt
tomchisining massasini aniqlang (mg). Spirtning sirt taranglik
koeffitsienti 22 mN/m ga teng.
A)69 B)34,5 C)6,9 D)13,8
9. Teshigining diametri 1 mm bo‘lgan tomizgichdan tomadigan suv
tomchisining massasini aniqlang (mg). σ=73 mN/m; π=3; g=10 m/s
2
A)219 B)21,9 C)3,19 D)10
10. Diametri 1 mm bo‘lgan tomizgichdan tomgan suv tomchisining
massasini aniqlang (mg). Suvning sirt taranglik koeffitsienti 73
mN/m; π=3; g=10 m/s
2
A)219 B)21,9 C)3,19 D)10
11. Suv diametri 1,8 mm bo‘lgan naychadan tomchilayotgan bo‘lsa,
1 cm
3
suvda nechta tomchi bo‘ladi? Suvning sirt taranglik
koeffitsienti 0,072 N/m
A)49 B)25 C)12 D)30
12. Suv tomchisi diametri 5 mm bo‘lgan vertikal shisha naychadan
tushmoqda. Suvning 20 ºC temperaturadagi sirt taranglik
koeffitsienti 73 mN/m bo‘lsa, tomchining og‘irligini toping (μN).
A)1146 B)565 C)229 D)287
13. 20 ºC temperaturada diametri 1 mm bo‘lgan vertikal shisha
naychadan suv tomchisi uzildi. Tomchining og‘irligi nimaga teng
(mH). σ=73 mN/m
A)0,11 B)0,32 C)0,50 D)0,23
14. Bir xil haroratli sakkizta shar shaklidagi simob tomchilari
birlashib, yagona tomchi hosil qildi. Bunda harorat qanday va nima
sababli o‘zgaradi?
A)harorat o‘zgarmaydi, chunki suyuqlik sirti energiyasi
o‘zgarmaydi
B)harorat pasayadi, chunki sirt energiyasi kamayadi
C)harorat ko‘tariladi, chunki sirt energiyasi kamayadi
D)harorat pasayadi, chunki sirt energiyasi ortadi
15. Radiusi 2,5 cm bo‘lgan yupqa simli halqa sovun eritmasiga
gorizontal botirildi. halqaning massasi 3744 mg, sovun eritmasining
sirt taranglik koeffitsienti 40 mN/m bo‘lsa, qanday kuch yordamida
halqani eritmadan ajratib olish mumkin (N)? Eritmaning
temperaturasi xona temperaturasiga teng deb hisoblang. g=10 m/s
2