1. Rasmda ko‘rsatilgan tokli o‘tkazgichlar
qanday ta’sirlashadi?
A)A – tortishadi, B – itarishadi
B)A – itarishadi, B – tortishadi
C)A – tortishadi, B – tortishadi
D)ular ta’sirlashmaydi
2. Trolleybus liniyasining havodagi ikki simi o‘zaro qanday
ta’sirlashadi?
A)itarishadi B)tortishadi
C)ta’sirlashmaydi D)tok chastotasiga bog‘liq
3. Doimiy magnit rasmda ko‘rsatilgandek
bo‘laklarga bo‘lingan. Hosil bo‘lgan bo‘laklarning
uchlari qaysi magnit qutblariga mos kelishligini
aniqlang.
A)Sh – 2; 4; 6; 8; J – 1; 3; 5; 7
B)Sh – 1; 2; 4; 6; J – 3; 5; 7; 8
C)Sh – 1; 3; 5; 7; J – 2; 4; 6; 8
D)Sh – 3; 4; 7; 8; J – 1; 2; 5; 6
4. Bir jinsli magnit maydonda turgan yuzi 2000 cm
2
bo‘lgan
ramkaga ta’sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 0,32 N·m
ga, ramkadan o‘tayotgan tok kuchi 2 A ga teng. Magnit maydon
induksiyasini toping (T).
A)0,8 B)0,4 C)0,2 D)0,32
5. Bo‘yi 4 cm, eni 20 cm bo‘lgan ramkadan 10 A tok o‘tmoqda. Bu
ramka induksiyasi 0,1 T bo‘lgan magnit maydonga kiritilganda,
ramkaga ta’sir etuvchi maksimal kuch momenti qanday bo‘ladi?
(mN·m).
A)8 B)0,6 C)0,8 D)0,08
6. Magnit maydonida turgan yuzi 1 cm
2
bo‘lgan ramkaga ta’sir
qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 2 μN·m ga teng.
Ramkadan o‘tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Magnit maydoni
induksiyasini toping (mT).
A)20 B)40 C)60 D)80
7. Induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit maydoniga
yuzi 400 cm
2
bo‘lgan ramka shunday joylashtirilganki, ramkaga
o‘tkazilgan normal induksiya chiziqlariga perpendikulyar
joylashgan. Tok kuchi qancha bo‘lganda ramkaga 20 mN·m ga teng
bo‘lgan aylantiruvchi moment ta’sir qiladi (A)?
A)5 B)10 C)15 D)1
8. Tomonlari 10 va 5 cm bo‘lib, 200 o‘ramdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri
burchakli yassi g‘altak induksiyasi 0,05 T bo‘lgan bir jinsli magnit
maydonda turibdi. Agar g‘altakdagi tok kuchi 2 A ga teng bo‘lsa,
g‘altakka qanday maksimal aylantiruvchi moment ta’sir qiladi
(N·m)?
A)0,1 B)1 C)10 D)0,01
9. Yuzi 10 cm
2
ga teng bo‘lgan ramkadan 1 A tok o‘tmoqda. Ramka
induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida
turibdi. Ramka tekisligi maydon induksiya vektoriga tik joylashgan.
Ramkaning magnit momentini toping (A·m
2
).
A)0,001 B)0,01 C)1 D)10