1. Yarimo‘tkazgichlarda donor aralashmasi bo‘lganda, … soni
ortadi.
A)kovaklar B)erkin protonlar
C)neytronlar D)erkin elektronlar
2. Yarimo‘tkazgichlarda akseptor aralashmasi bo‘lganda, … soni
ortadi.
A)kovaklar B)erkin elektronlar
C)protonlar D)erkin neytronlar
3. Aralashmasiz yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi
o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi?
A)asosan elektron B)ionli C)asosan kovak D)xususiy
4. Temperatura qanday asbob yordamida o‘lchanadi? 1)termometr;
2)termistor; 3)bolometr; 4)manometr
A)1 B)2 C)3; 4 D)1; 2; 3
5. Bolometr yordamida qanday fizik kattalik o‘lchanishini
ko‘rsating.
A)zaryad B)kuchlanish C)tok kuchi D)temperatura
6. Temperatura ortishi bilan yarimo‘tkazgichning qarshiligi…
A)ortadi B)kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)avval ortadi, so‘ngra kamayadi
7. Qaysi muhitlarda tokning issiqlik ta’siri kuzatilmaydi?
1)elektrolitlarda; 2)gazlarda; 3)metallarda; 4)vakuumda;
5)yarimo‘tkazgichlarda
A)1; 2 B)1; 4; 5 C)3; 4 D)4
8. Aralashmasiz toza germaniyga qanday element atomlari kiritilsa,
u n – turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi?
A)kremniy, 4 – guruh B)mishyak, 5 – guruh
C)kumush, 1 – guruh D)indiy, 3 – guruh
9. Aralashmasiz toza germaniyga qanday element atomlari kiritilsa,
u p – turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi?
A)kremniy, 4 – guruh B)mishyak, 5 – guruh
C)indiy, 3 – guruh D)titan, 4 – guruh
10. Qavslar ichida valentliklari berilgan ifoddalarning qay biri
germaniyga aralashma sifatida kiritilganda elektronli
o‘tkazuvchanlik hosil qiladi?
A)galliy (3) B)indiy (3) C)surma (5) D)bor (3)
11. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday tipdagi
o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi?
A)asosan elektron o‘tkazuvchanlikka
B)asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka
C)teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka
D)elektr tokini o‘tkazmaydi
12. Tranzistor nimalardan tashkil topgan?
A)katod va anoddan B)emitter va kollektordan
C)baza va emitterdan D)emitter, baza va kollektordan