B. A. Davlatov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/267
tarix02.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#47478
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   267
Fizika Masalalar to'plami

- 100 -
- 100 -
10. Yuzi 100 cm
2
 ga teng bo‘lgan ramka orqali 10 A tok o‘tmoqda. 
Ramka induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit 
maydonida turibdi. Ramka tekisligi maydon induksiya vektoriga tik 
joylashgan. Ramkaga ta’sir etuvchi kuch momentini toping (N·m). 
A)0,01     B)0     C)0,1     D)1 
 
87. Magnit maydonda tokli o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuch. 
Chap qo‘l qoidasi 
 
1. 
m
C
s
N
×
×
 birlik qaysi kattalikni anglatadi? 
A)Tesla     B)Veber     C)Amper     D)Volt 
 
2. 
m
T
N
×
 birlik qaysi kattalikni bildiradi? 
A)Tesla     B)Veber     C)Amper     D)Volt 
 
3. Quyidagi ta’riflardan qaysi birida tok kuchi etalon o‘lchov birligi 
(1 A) ning aniqlanish qoidasi to‘g‘ri? 
A)1 A shunday o‘zgarmas tokning kuchidirki, bu tok vakuumdagi 
bir – biridan 1 m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, 
kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan o‘tganda, ular orasida 
o‘tkazgichning har bir metr uzunligida 2·10
–7
  N o‘zaro ta’sir 
kuchini vujudga keltiradi 
B)o‘tkazgich ko‘ndalang kesimidan 1 s ichida 1 C zaryad miqdori 
o‘tsa, o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi 1 A teng deb olinadi 
C)qarshiligi 1 Ω bo‘lgan o‘tkazgich uchlariga 1 V kuchlanish 
berilsa, o‘tkazgichdan o‘tgan tok kuchi 1 A ga teng deb olinadi 
D)induktivligi 1 H ga teng bo‘lgan g‘altakdan tok o‘tishi natijasida, 
uni kesib o‘tuvchi magnit oqim 1 Vb ga teng bo‘lsa, g‘altakdan 
o‘tayotgan tok kuchi 1 A ga teng deb olinadi 
 
4. Uzunligi 0,3 m bo‘lgan o‘tkazgich induksiyasi 0,4 T bo‘lgan 
magnit  maydonning  induksiya  chiziqlariga  tik  ravishda 
joylashtirilgan. O‘tkazgichdan 1 daqiqada 200 C zaryad oqib o‘tsa, 
o‘tkazgichga qanday kuch ta’sir etishini toping (N). 
A)0,36     B)0,72     C)0,4     D)1,8 
 
5. Magnit induksiyasi 20 mT bo‘lgan magnit maydon aktiv 
qismining uzunligi 10 cm bo‘lgan to‘g‘ri o‘tkazgichga 60 mN kuch 
bilan ta’sir etyapti. O‘tkazgichdagi tok kuchi 30 A. O‘tkazgich 
magnit maydon induksiya vektori bilan qanday burchak hosil qilgan 
bo‘ladi? 
A)30º     B)90º     C)60º     D)45º 
 
6. Uzunligi 20 cm va massasi 5 g bo‘lgan gorizontal simdan 5 A tok 
o‘tmoqda. Bu sim magnit maydonda muallaq holatda turishi uchun 
magnit  maydon induksiyasining moduli va yo‘nalishi qanday 
bo‘lishi kerak? 
A)0,02 T, gorizontal     B)0,02 T, vertikal 
C)0,05 T, gorizontal     D)0,05 T, vertikal 
 
7. Magnit induksiyasi 2 T bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida 
uzunligi 0,2 m bo‘lgan o‘tkazgich joylashgan. O‘tkazgichdan 5 A 
o‘zgarmas tok o‘tib turgan bo‘lsa, magnit maydoni tomonidan 
o‘tkazgichga ta’sir etuvchi maksimal va minimal kuchlarni toping 
(N)? 
A)10; 2     B)2; 1     C)2; 0     D)1; 0 
 
8. Magnit maydon induksiya vektori va tokli to‘g‘ri o‘tkazgich 
orasidagi 30º li burchak 2 marta orttirilsa, o‘tkazgichga ta’sir 
qiluvchi Amper kuchi qanday o‘zgaradi? 
A)2 marta ortadi     B)2 marta kamayadi 
C3  marta ortadi     D)o‘zgarmaydi 
 
9. Maydon induksiyasi va o‘tkazgichning uzunligi 4 martadan 
ortganda, bir jinsli magnit maydonda joylashgan tokli to‘g‘ri 
o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi qanday o‘zgaradi? 
A)o‘zgarmaydi     B)16 marta ortadi 
C)4 marta kamayadi     D)4 marta ortadi 
 
10. Rasmdagi tokli o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan ta’sir 
etayotgan  kuchning  yo‘nalishiga  qarab,  magnit  induksiya 
vektorining yo‘nalishini aniqlang. Tok rasm orqasiga 
qarab yo‘nalgan. 
A)tok yo‘nalishi bilan xil     B)yuqoriga     C)chapga     D)o‘ngga 
 
11. Magnit maydon induksiya chiziqlariga tik joylashgan tokli 
o‘tkazgichga 2,8 N kuch ta’sir etmoqda. O‘tkazgich bilan induksiya 
chiziqlari orasidagi burchak 30º bo‘lganda, ta’sir kuchi qancha 
bo‘ladi? 
A)1,4     B)1,96     C)2,4     D)5,6 
 
12. O‘zgarmas 2,5 A tokli 20 cm uzunlikdagi o‘tkazgichga 
induksiyasi 20 T bo‘lgan magnit maydonda 5 N kuch ta’sir etadi. 
O‘tkazgichdagi tok yo‘nalishi bilan magnit induksiyasi vektori 
orasidagi burchak topilsin. 
A)30º     B)45º     C)60º     D)0º 
 
13. Tokli o‘tkazgich bilan magnit maydon induksiya chiziqlari 
orasidagi burchak 30º dan 90º gacha ortsa, amper kuchi qanday 
o‘zgarishini aniqlang. 
A)3 marta kamayadi     B)4 marta ortadi 
C)2 marta ortadi     D)3 marta ortadi 
 
14. Rasmda ko‘rsatilgan ikki simning har biridan I 
tok oqyapti. 2 – simning Δl qismiga ta’sir qiluvchi 
kuchni to‘g‘ri ifodalaydigan formula  javoblarning 
qaysi birida berilgan? (B – birinchi tokning magnit 
maydon induksiyasi deb hisoblang) 
A)ΔF=BIΔl     B)ΔF=BI/Δl     C)ΔF=Δl/BI     D)ΔF=IΔl/B 
 
15. Maydon induksiyasi va o‘tkazgichning uzunligi 2 martadan 
kamayganda, bir jinsli magnit maydonda tokli to‘g‘ri o‘tkazgichga 
ta’sir qiluvchi amper kuchi qanday o‘zgaradi? 
A)16 marta kamayadi     B)16 marta ortadi 
C)4 marta kamayadi     D)4 marta ortadi 
 
16. O‘zgarmas 2 A tokli 50 cm uzunlikdagi o‘tkazgichga magnit 
induksiyasi 0,1 T bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda 0,05 N kuch 
ta’sir etadi. O‘tkazgichdagi tok yo‘nalishi bilan magnit induksiya 
vektori orasidagi burchak sinusini toping. 
A)
2
3
     B)
2
2
     C)
2
1
     D)
4
1
 
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin