B. A. Davlatov


Magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/267
tarix02.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#47478
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   267
Fizika Masalalar to'plami

89. Magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens 
kuchi 
 
1. Chap qo‘l qoidasi yordamida qanday kattaliklarning yo‘nalishi 
aniqlanadi? 
A)faqat Lorens kuchining 
B)faqat Amper kuchining 
C)Amper va Lorens kuchlarining 
D)magnit  maydonda  harakatlanayotgan  to‘g‘ri  o‘tkazgichdagi 
induksion tokning 
 
2. Magnit induksiyasi B bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda 
aylanma harakat qilayotgan elektronning aylanish davrini toping. 
Elektronning massasi m, zaryadi e ga teng. 
A)
eB
m
     B)
eB
m
2
p
     C)2πmB     D)
mB
2
p
 
 
3.  Vaqtga bog‘liq bo‘lmagan magnit  maydoni zaryadlangan 
zarralarning tezligini qanday o‘zgartirishini aniqlang. 
A)orttiradi     B)kamaytiradi 
C)o‘zgartirmaydi     D)zaryadning ishorasiga bog‘liq 
 
4. Ipak ipga zardan yasalgan yengil sharcha osilgan. U manfiy 
zaryadlandi.  Sharchaga  magnitning  shimoliy  qutbi 
yaqinlashtirilganda, sharcha magnit bilan ta’sirlashadimi? 
A)ta’sirlashmaydi     B)ha, itariladi 
C)ha, tortiladi     D)itarilib so‘ng tortiladi 
 
5. Lorens kuchi harakatdagi zaryadli  zarra tezligini qanday 
o‘zgartiradi? 
A)tezlik yo‘nalishini     B)tezlik modulini 
C)o‘zgartirmaydi     D)tezlik yo‘nalishi va modulini 
 
6. Bir jinsli magnit maydon induksiya chiziqlariga parallel 
yo‘nalishda uchib kirgan zaryadlangan zarra qanday trayektoriya 
bo‘ylab harakatlanishini aniqlang. 
A)to‘g‘ri chiziq bo‘ylab     B)aylana bo‘ylab 
C)parabola bo‘ylab     D)vintsimon trayektoriya bo‘ylab 
 
7. Zaryadlangan elektroskop kallagiga magnitning janubiy qutbi 
yaqinlashtirilsa, uning yaproqlari orasidagi burchak o‘zgaradimi? 
A)ancha kattalashadi     B)nolga tenglashadi 
C)avvalgicha qoladi     D)bir oz kichiklashadi 
 
8. Zaryadlangan elektroskop kallagiga magnitning shimoliy qutbi 
yaqinlashtirilsa, uning yaproqlari orasidagi burchak o‘zgaradimi? 
A)ancha kattalashadi     B)nolga tenglashadi 
C)avvalgicha qoladi     D)bir oz kichiklashadi 
 
9. Elektron va proton bir jinsli magnit maydonga, kuch chiziqlariga 
perpendikulyar ravishda, bir xil tezlik bilan uchib kirsa… 
A)ularga qarama – qarshi yo‘nalgan kuchlar ta’sir etadi, protonga 
ta’sir etayotgan kuch  kattaroq bo‘ladi 
B)ularga modullari teng, yo‘nalishlari qarama – qarshi bo‘lgan 
kuchlar ta’sir etadi 
C)magnit maydon ta’sirida ular to‘g‘ri chiziqli tekis sekinlanuvchan 
harakat qiladi 
D)magnit maydon ta’sirida ular radiuslari teng bo‘lgan aylanalar 
bo‘ylab harakatlana boshlaydi 
 
10.  Magnit  maydon  induksiyasi  B  bo‘lgan  maydonda 
harakatlanayotgan protonning aylanish davrini toping. e – proton 
zaryadi, m – massasi. 
A)
m
eB
2
T
p
=
     B)
m
2
eB
T
p
=
     C)
eB
m
2
T
p
=
     D)T=2πemB 
 
11. Bir jinsli magnit maydonda elektronning aylanish davri 8 ns 
bo‘lsa, magnit maydon induksiyasini aniqlang (mT). m=9,1·10
–31
 kg 
A)4     B)8     C)9     D)4,5 
 
12. Zaryadlangan zarra magnit maydonida kuch chiziqlariga tik υ 
tezlik bilan harakat qiladi. Agar uning massasi 2 marta ortsa, aylana 
radiusi qanday o‘zgaradi? 
A)2 marta kamayadi     B)2 marta ortadi 
C)1/2 marta kamayadi     D)o‘zgarmaydi 
 
13.  Zaryadlangan  zarraning tezligi  9  marta  ortsa,  uning 
siklotrondagi aylanma harakatining davri necha marta o‘zgaradi? 
A)9 marta kamayadi     B)3 marta kamayadi 
C)o‘zgarmaydi     D)3 marta ortadi 
 
14. Magnit induksiyasi 9,1 mT bo‘lgan bir jinsli magnit maydonga 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar ravishda 160 Mm/s tezlik 
bilan uchib kirgan elektron harakat trayektoriyasining egrilik 
radiusini toping (cm). 
A)1     B)10     C)0,1     D)0,01 
 
15. Magnit induksiya chiziqlariga tik ravishda magnit maydonga 
uchib kiradigan protonni tezlatuvchi petensiallar farqi 4 marta 
oshirilsa, proton trayektoriyasining radiusi necha marta o‘zgaradi? 
A)16 marta ortadi     B)4 marta ortadi 
C)2 marta ortadi     D)4 marta kamayadi 
 
16. Magnit maydoni induksiyasi vektoriga 45º burchak ostida kirib 
kelgan protonning harakat trayektoriyasi qanday bo‘ladi? Maydon 
bir jinsli. 
A)to‘g‘ri chiziq     B)parabola     C)aylana     D)vintsimon 
 
17. Bir jinsli magnit maydonga uchib kiruvchi protonni tezlatuvchi 
potensiallar  farqi  9  marta  oshirilsa,  proton  maydonda 
harakatlanadigan aylananing radiusi qanday o‘zgaradi? 
A)18 marta ortadi     B)9 marta ortadi 
C)3 marta ortadi     D)3 marta kamayadi 
 
18. Magnit induksiyasi 100 mT bo‘lgan bir jinsli magnit maydonga 
induksiya chiziqlariga perpendikulyar ravishda elektron 200 keV 
kinetik energiya bilan uchib kiradi. Elektronning maydondagi 
harakat trayektoriyasining egrilik radiusini toping (cm). 
A)1,5     B)15     C)30     D)150 
 
19. Induksiya chiziqlariga tik yo‘nalishda 1 km/s tezlik bilan 
harakatlanayotgan 0,4 C zaryadga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi 8 
N ga teng bo‘lsa, magnit induksiyasi nimaga teng (mT)? 
A)20     B)40     C)16     D)10 
 
20. 500 V potensiallar farqini o‘tgan elektron bir jinsli magnit 
maydonga induksiya chiziqlariga perpendikulyar yo‘nalishda uchib 
kiradi.  Agar  magnit  induksiyasi  1  mT bo‘lsa, elektron 
harakatlanayotgan aylananing radiusi qanday bo‘ladi (cm)? 
A)15     B)10     C)7,5     D)3,7 
 
21. Magnit induksiyasi 5,6 mT bo‘lgan bir jinsli maydonga tik 
holda 20 Mm/s tezlik bilan elektron uchib kirdi. U qanday radiusli 
aylana chizishini toping (cm). 
A)1     B)2     C)3     D)4 
 


@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 
@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin