- 120 - - 120 - 9. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 80 cm. Buyum ko‘zgudan
qanday uzoqlikda qo‘yilsa, uning to‘g‘ri tasviri ikki marta
kattalashgan bo‘ladi (cm)?
A)20 B)40 C)60 D)80
10. Botiq sferik ko‘zgu buyumning 3 marta kattalashgan to‘g‘ri
tasvirini beradi. Buyum bilan tasvir orasidagi masofa 28 cm ga teng.
Ko‘zguning fokus masofasini toping (mm)?
A)105 B)55 C)84 D)95
11. Egrilik radiusi 20 cm bo‘lgan botiq ko‘zgudan 12 cm uzoqlikda
o‘lchami 5 cm bo‘lgan buyum joylashgan. Tasvir o‘lchami
qanchaga teng bo‘ladi (cm)?
A)5 B)10 C)20 D)25
12. Qavariq ko‘zguda har doim … tasvir hosil bo‘ladi.
A)haqiqiy, kattalashgan B)haqiqiy, kichiklashgan
C)mavhum, kattalashgan D)mavhum, kichiklashgan
13. Avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun asosan qanday
turdagi ko‘zgulardan foydalaniladi?
A)qavariq B)botiq C)yassi D)yassi – botiq
14. 1 – ko‘zguda nur sferaning ichki qismidan, 2 – ko‘zguda
sferaning tashqi qismidan qaytadi.
A)1 – qavariq, 2 – botiq B)1 – botiq, 2 – qavariq
C)1 – yassi, 2 – botiq D)1 – botiq, 2 – botiq
15. Qavariq ko‘zguning egrilik radiusi 20 cm. Uning optik kuchini
toping (D)?
A)–10 B)10 C)–5 D)5
16. Qavariq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 40 cm. Ko‘zgudan 60
cm uzoqlikda buyum turibdi. Buyumning tasviri ko‘zgudan qanday
uzoqlikda hosil bo‘ladi (cm)?
A)10 B)20 C)15 D)30
17. Buyum qavariq ko‘zgudan 25 cm masofada turibdi. Ko‘zguning
fokus masofasi 24 cm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani
toping (cm)?
A)6 B)12 C)20 D)22
18. Egrilik radiusi 1 m bo‘lgan qavariq ko‘zgu buyumning 4 marta
kichiklashgan tasvirini hosil qilmoqda. Buyum ko‘zgudan qanday
masofada joylashgan (m)?
A)2 В)3 C)1,5 D)20