1. Botiq ko‘zguda … tasvirlar hosil bo‘lishi mumkin.
A)haqiqiy, kattalashgan B)haqiqiy, kichiklashgan
C)mavhum, kattalashgan D)barcha javoblar to‘g‘ri
2. Projektorlarda, avtomobil va qo‘l chiroqlarida qanday turdagi
ko‘zgulardan foydalaniladi?
A)qavariq B)botiq C)yassi D)yassi – qavariq
3. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 30 cm. Uning optik markazi
ko‘zgu qutbidan qancha masofada joylashgan (cm)?
A)15 B)30 C)60 D)20
4. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 10 cm. Uning optik kuchini
toping (D)?
A)10 B)20 C)25 D)50
5. Botiq ko‘zguning optik kuchi 2 D ga teng bo‘lsa, uning egrilik
radiusini toping (cm)?
A)50 B)25 C)100 D)20
6. Fokus masofasi 20 cm bo‘lgan botiq ko‘zguda shamning haqiqiy
tasviri 30 cm masofada hosil bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan
uzoqligini toping (cm)?
A)60 B)30 C)20 D)10
7. Botiq ko‘zgu yordamida hosil qilingan teskari tasvir buyumning
o‘zidan 2 marta katta bo‘lib, buyum ko‘zgudan 18 cm masofada
joylashgan. Ko‘zguning egrilik radiusini toping (cm).
A)0,24 B)8 C)12 D)24
8. Botiq ko‘zgu 4 marta kichiklashgan tasvir bermoqda. Agar
buyum ko‘zguga 5 cm yaqinlashtirilsa, tasvir 2 marta kichiklashgan
bo‘ladi. Ko‘zguning fokus masofasini aniqlang (cm).
A)0,4 B)2,5 C)40 D)25