B. A. Davlatov


Sochuvchi linzada tasvir yasash



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/267
tarix02.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#47478
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   267
Fizika Masalalar to'plami

Sochuvchi linzada tasvir yasash 
 
1. Linzadan 50 cm uzoqlikdagi buyumning, 5,5 marta kichraygan 
mavhum tasviri hosil bo‘ldi. Linzaning optik kuchini toping (D). 
A)–9     B)–5     C)–8     D)–2 
 
2. Optik kuchi –9 D bo‘lgan sochuvchi linzadan 1 m masofada 
joylashgan buyumning tasviri linzadan qanday masofada hosil 
bo‘ladi (m)? 
A)1     B)0,4     C)0,2     D)0,1 
 
3.  Rasmdagi  buyumning  sochuvchi 
linzadagi  tasviri  qanday  bo‘lishini 
aniqlang? 
A)haqiqiy, teskari, kattalashgan     B)haqiqiy, teskari, kichraygan 
C)mavhum, to‘g‘ri, kattalashgan     D)mavhum, to‘g‘ri, kichraygan 
 
4. Mavhum tasvir linzadan 50 cm masofada hosil bo‘ldi. Agar 
buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 20 cm bo‘lsa, linzaning optik 
kuchini aniqlang (D)? 
A)4     B)–2     C)3     D)2 
 
5. Buyumdan sochuvchi linzagacha bo‘lgan masofa linzaning fokus 
masofasidan m marta katta bo‘lsa, tasvir buyumdan necha marta 
kichik bo‘ladi? 
A)m+1     B)m–1     C)m/(m+1)     D)m/(m–1) 
 
6. Linzadan 50 cm uzoqlikdagi jismning mavhum tasviri 5,5 marta 
kichiklashgan holda hosil bo‘ldi. Shu linzaning optik kuchini 
hisoblang (D). 
A)–8     B)–9     C)–10     D)8 
 
7. Qandaydir buyum optik kuchi –1 D bo‘lgan sochuvchi linzadan 4 
m uzoqlikda turibdi. Tasvir linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi 
(m)? 
A)0,8     B)1,25     C)1,33     D)0,16 
 
8. Berilgan buyumning mavhum tasviri buyumning o‘zidan 2 marta 
kichik bo‘lishi uchun buyumni fokus masofasi F bo‘lgan sochuvchi 
linzadan qanday d masofaga qo‘yish kerak? 
A)d)d=F     C)F 
9. Biror buyumning sochuvchi linza berayotgan haqiqiy tasviri 
o‘zidan 2 marta kichik bo‘lishi uchun, buyumni linzadan qanday 
masofada joylashtirish kerak? F – linzaning fokus masofasi 
A)F/2     B)F     C)3F/2     D)bu mumkin emas 
 
10. Sochuvchi linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini olish 
mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, buyumni qayerga joylashtirish 
kerak? 
A)yo‘q, mumkin emas     B)ha, 2F dan uzoqda 
C)ha, F va 2F orasiga     D)ha, linza bilan uning fokusi orasiga 
 
11. Biror sochuvchi linzaning fokus masofasi F. Buyumning tasviri 
buyumning o‘zidan 2 marta kichik bo‘lishi uchun uni linzadan 
qanday d masofada joylashtirish kerak? 
A)d>F     B)F)d=F     D)d=F/2 
 
12. Buyumdan sochuvchi linzagacha bo‘lgan masofa linzaning 
fokus masofasidan n marta katta. Tasvir buyumdan necha marta 
kichik? 
A)n–1     B)m/(m+1)     C)n+1     D)m/(m–1) 
 
13. Linzadan 10 cm masofada joylashgan buyumning 2 marta 
kichiklashgan mavhum tasviri hosil bo‘ldi. Linzaning optik kuchini 
aniqlang (D). 
A)5     B)10     C)–10     D)–5 
 
14. Yorug‘lik manbai fokus masofasi F ga teng bo‘lgan sochuvchi 
linzaning fokusida turibdi. Uning tasviri linzadan qancha masofada 
hosil bo‘ladi? 
A)F/4     B)F     C)F/2     D)2F 
 
15. Sochuvchi linzadan 1 m masofadagi buyumning tasviri linzadan 
25 cm masofada joylashgan. Linzaning optik kuchini aniqlang (D)? 
A)–6     B)–4     C)–3     D)5 
 
16.  Chizmadagi  sochuvchi  linzaning 
vaziyati, uning bosh optik o‘qi, fokuslari 
va MN buyum ko‘rsatilgan. Buyumning 
linza hosil qiladigan tasviri qaysi sohada 
joylashgan bo‘ladi? 
A)2     B)5     C)4     D)
 
17. Fokus masofasi 10 cm bo‘lgan linzadan 15 cm masofada 
joylashgan buyumning mavhum tasviri linzadan qanday masofada 
hosil bo‘ladi (cm)? 
A)30     B)20     C)6     D)7,5 
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin