1. Odamning eng yaxshi ko‘rish masofasi 60 cm bo‘lsa, o‘zining
ko‘zgudagi tasvirini yaxshiroq ko‘rish uchun u ko‘zgudan qanday
masofada turishi kerak (cm)?
A)25 В)15 C)30 D)60
2. Yaqindan ko‘rar kishi 12,5 cm masofadan o‘qiy olsa, u optik
kuchi qanday bo‘lgan ko‘zoynak taqishi kerak (D)?
A)–6 В)–4 C)–2 D)+2
3. Uzoqdan ko‘ruvchi odamning ko‘zoynaksiz eng yaxshi ko‘rish
masofasi 50 cm. Bu odamga zarur bo‘lgan ko‘zoynakning optik
kuchini toping (D).
A)+2 B)+4 C)–2,5 D)–1,5
4. O‘quvchi bola kitobni 0,5 m masofada o‘qiyapti. 25 cm
masofadan normal o‘qish uchun unga optik kuchi qanday bo‘lgan
ko‘zoynak kerak (D)?
A)+2 B)–2 C)+2,5 D)–2,5
5. O‘quvchi bola ko‘zoynagini olib, kitobni ko‘zidan 16 cm
uzoqlikda o‘qiydi. Ko‘zoynagining optik kuchini toping (D).
A)–2,25 B)–2 C)+2 D)+2,25
6. O‘quvchi bola optik kuchi –4 D bo‘lgan ko‘zoynakda o‘qimoqda.
Uning ko‘zoynaksiz eng yaxshi ko‘rish masofasini toping (cm).
A)14 B)10,5 C)15,5 D)12,5
7. Ko‘zoynakli bola ko‘zoynagini olib, kitobni 16 cm masofadan
o‘qiydi. Bola ko‘zoynagining optik kuchini aniqlang (D).
A)–3,5 B)–2,25 C)+2,25 D)+4,25
8. Proyeksion fonar obyektivining optik kuchi 8 D ga teng. Ekran
bilan fonar orasidagi masofa qanday bo‘lganda, 25 marta
kattalashtirish kuzatiladi (m)?
A)4 B)5 C)3,5 D)3,25
9. Auditoriyadagi proyeksion apparat obyektivining fokus masofasi
20 cm, obyektivdan ekrangacha bo‘lgan masofa 20 m ga teng.
Diapozetivda rasmning balandligi 4 cm bo‘lsa, ekrandagi tasvirning
balandligi qancha bo‘ladi (m)?
A)2,6 B)3 C)2,8 D)4
10. Obyektivdan ekrangacha bo‘lgan bo‘lgan masofa 10 m bo‘lsa,
fokus masofasi 0,4 m bo‘lgan proyeksion fonar yordamida qancha
kattalashtirish hosil qilish mumkin?
A)24 B)30 C)40 D)20
11. Fokus masofasi 5 cm li fotoapparat yordamida 8 m li binoning
olingan tasviri 0,04 m bo‘lsa, bino qanday uzoqlikdan rasmga
olingan?
A)4 B)10 C)41 D)13
12. Aynan bitta buyumni 2 marta: 90 cm va 165 cm uzoqlikdan
suratga olindi. Tasvirlarning balandligi 4 cm va 2 cm bo‘lsa,
fotoapparat obyektivining fokus masofasini toping (cm)?
A)25 B)15 C)20 D)30
13. Yerdan 12 km balandlikda uchib ketayotgan samolyotdan
1:16000 masshtab bilan joyning fotografiyasini olish uchun
obyektivning fokus masofasi qanday bo‘lishi kerak (m)?
A)0,75 B)0,6 C)0,45 D)0,9
14. 5 m uzoqlikdan rasmga olinganda, odam tasvirining negativdagi
balandligi 17 mm ga teng bo‘ldi. Fotoapparat obyektivining fokus
masofasi 50 mm ga teng bo‘lsa, odamning haqiqiy bo‘yi qancha
(m)?
A)1,7 B)1,6 C)1,8 D)1,65
15. Balandligi 3 m bo‘lgan vagonni sur’atga olishda uning
fotoplyonkadagi balandligi 12 mm bo‘ldi. Agar fotoapparat
obyektivining fokus masofasi 20 cm bo‘lsa, sur’at qanday
masofadan olingan (m)?
A)20 B)30 C)50 D)40
16. Fokus masofasi 2 cm bo‘lgan lupaning chiziqli kattalashtirishini
aniqlang?
A)9 B)9,5 C)10 D)12,5
19. Lupada qanday tasvir hosil bo‘ladi?
A)haqiqiy, teskari, kattalashgan B)mavhum, teskari, kattalashgan
C)haqiqiy, to‘g‘ri, kattalashgan D)mavhum, to‘g‘ri, kattalashgan
20. Fokus masofasi 5 cm bo‘lgan lupa yordamida buyumning
mavhum tasviri undan (lupadan) 10 cm masofada hosil bo‘ldi.
Lupaning kattalashtirishini toping?
A)2 B)3 C)5 D)10