Pardali IS – bu dielektrik asos sirtiga surtilgan elementlari parda
ko‗rinishida bajarilgan mikrosxema. Pardalar past bosimda turli materiallardan
yupqa paradalar ko‗rinishida cho‗kmalar hosil qilish yo‗li bilan olinadi. Parda hosil qilish usuli va unga bog‗liq bo‗lgan qalinligiga ko‗ra yupqa pardali IS(parda qalinligi 1 – 2 mkmgacha) va qalin pardali IS (parda qalinligi10
– 20 mkm gacha va katta) larga bo‗linadi. Hozirgi kunda barqaror pardali diodlar va tranzistorlar mavjud emas, shu
sababli pardali ISlar faqat passiv elementlar (rezistorlar, kondensatorlar va x.z.)
dan tashkil topadi.
Gibrid IS (yoki GIS) – bu pardali passiv elementlar bilan diskret aktiv
elementlar kombinatsiyasidan tashkil topgan, yagona dielektrik asosda joylashgan
mikrosxema. Diskret komponentlarni osma elementlar deb atashadi. Qobiqsiz yoki
mikrominiatyur metall qobiqli mikrosxemalar gibrid IMSlar uchun aktiv
elementlar bo‗lib hisoblanadilar.
Gibrid integral mikrosxemalarning asosiy afzalligi: nisbatan qisqa ishlab
chiqish vaqtida analog va raqamli mikrosxemalarning keng turlarini yaratish
imkoniyati; keng nomentkaluturaga ega bo‗lgan passiv elementlar hosil qilish
imkoniyati; MDYa – asboblar, diodli va tranzistorli matrisalar va yuqori yaroqli
mikrosxemalar chiqishi.