integral mikrosxemalar (AIS), raqamli signallarni qayta ishlaydiganlari esa –
raqamli integral sxemalar (RIS) deb ataladi.
Raqamli sxemalar asosida sodda tranzistorli kalit (ventil) sxemalar yotadi.
Kalitlar ikkita turg‗un holatni egallashi mumkin: uzilgan va ulangan. Sodda kalitlar
asosida ancha murakkab sxemalar yasaladi: mantiqiy, bibarqaror, triggerli (ishga
tushuruvchi), shifratorli, komporatorlar va boshqa, asosan hisoblash texnikasida
qo‗llaniladigan. Ular raqamli shaklda ifodalangan axborotni qabul qilish, saqlash,
qayta ishlash va uzatish fuksiyasini bajaradilar.
Integral mikrosxemalarning murakkablik darajasi komponent integratsiya darajasi kattaligi bilan ifodalanadi. Bu kattalik raqamli IMSlar uchun kristallda
joylashishi mumkin bo‗lgan mantiqiy ventillar soni bilan belgilanadi.
100 ta dan kam ventilga ega bo‗lgan IMSlar kichik integratsiya darajasiga
ega bo‗lgan IMSlarga kiradi. O‗rta darajali ISlar 10
2
, katta ISlar 10
2
10
5
, o‗ta katta
ISlar 10
5
10
7
va ultra katta ISlar10
7
darajadan ortiq ventillardan tashkil topadi.
Bunday sinflanish tizimi analog mikrosxemalar uchun ham qabul qilingan.