73
73
Kuchaytirgich odatda signalni kuchaytirishdan tashqari uning shaklini ham
o‗zgartiradi. Kirish va chiqish signallari shaklining normadan og‗ishi –
buzilishlar
deb ataladi. Ular ikki turda bo‗lishi mumkin: nochiziqli va chiziqli.
Barcha kuchaytirgichlar volt – amper xarakteristikalari (VAX) nochiziqli
bo‗lgan tranzistorlardan tashkil topadi. Bipolyar tranzistor VAX to‗g‗ri chiziq
emas, balki eksponenta shakliga ega. Shu sababli, sinusoidal shaklga ega bo‗lgan
kirish signali kuchaytirilganda, chiqishdagi signal shakli qisman sinusoidal
ko‗rinishga ega bo‗ladi. Chiqish signali spektrida kirish signalida mavjud
bo‗lmagan boshqa chastotaga ega bo‗lgan tashkil etuvchilar (garmonikalar) paydo
bo‗ladi. Bu turdagi buzilishlar
nochiziqli deb ataladi.
Agar kuchaytirgich uzatish xarakteristikasi matematik funksiya ko‗rinishida
ifodalangan bo‗lsa, nochiziqli buzilishlarni analitik usulda hisoblash mumkin.
Uzatish xarakteristikasi (46 - rasm) deganda o‗zgarmas chastotadagi chiqish signali
amplitudasi
ЧИК
U
ning kirish signali amplitudasi
КИР
U
ga bog‗liqligi tushuniladi.
Nochiziqli
buzilishlar
koeffisienti
ko‗p
hollarda
berilgan
uzatish
xarakteristikasidan grafik usulda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: