Tanlov kuchaytirgichlari (filtrlar) deb berilayotgan signallar majmuidan
ma‘lum chastota spektridagi sinusoidal shaklga ega bo‗lganlarini tanlab, ularni
kuchaytiradigan kuchaytirgichlarga aytiladi. Tanlov kuchaytirgichlari maxsus
shakldagi AChX ga egadirlar.
Signalni kuchaytirish amalga oshiriladigan chastotalar oralig‗i, o‘tkazish polosasi deb ataladi. Signallar so‗ndiriladigan chastota polosasi chegaralovchi chastota deb ataladi. O‗tkazish va chegaralovchi chastotalarning o‗zaro
joylashishiga ko‗ra quyidagi tanlov kuchaytirgichlari turlari mavjud: past chastota,
yuqori chastota, polosali o‗tkazuvchi, polosali chegaralovchi. Filtrlar RC zanjirlar
va aktiv elementlar asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ular aktiv filtrlar deb
ataladi.