2. Tengkurlari bilan guruhlashgan reaksiya. Usmirlarga tengqurlari bilan
guruxlarga birlashish va jipslashish -instinktlik darajasiga xos jarayondir. Odatda ikki
turdagi o’smirlar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchisi, bir jinsga asoslanib, unda ashaddiy lider mavjuddir va guruhni barcha
a’zolarining vazifalari, ularning guruxdagi o’rni kat’iy belgilab qo’yilgan bo’ladi.
Bunday turdagi guruxda «Liderning ad’yutanti», «Antilider», «Ikki yuzlamachi» kabi
rollar mavjud bo’lib. ulardan birinchisi odatda unga intellektual kobiliyatga ega
bo’lmagan, lekin jismoniy kuchli bo’lgan o’smir bajaradi.
Ikkinchisi, liderning o’rnini egallashga xarakat qiladigan, uchinchisini esa u
tomonga xam bu tomonga ham o’tib yuradigan o’smir amalga oshiradi. Bunday
guruhning «o’z hududi» mavjud bo’lib, unga «begonalar» yaqinlashtirilmaydi.
Guruhning tarkibi barkaror ravishda bo’ladi va yangi a’zolarni fakatgina muayyan
«sinovlar» asosida qabul kiladi.
Ikkinchi turdagi gurux esa rollarni kat’iy taksim etilmagani va unda doimiy liderning
yo’qligi bilan izohlanadi. Liderning vazifalarini odatda guruhning turli a’zolari
bajarilayotgan vazifaning maqsadiga muvofik bajarishlari mumkin. Guruh a’zolari ikki
jins vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi barkaror emas, ya’ni biri ketadi, biri esa
kelib ko’shiladi.