Saponinlarning gemolitik ko’rsatkich (indeks)ini aniqlash
Gemolitik ko’rsatkich (indeks) deb, fibrinsiz qonning 2% li eritmasi bilan to’liq gemoliz
beradigan saponinlarning eng kichik miqdoriga aytiladi. Bu ko’rsatkich mahsulotning birlik mi-
qdoriga nisbatan ifodalanadi.
Aniqlash usuli. Mahsulotdan fiziologik eritmada 1 yoki 2% li saponinlar ajratmasi
tayyorlanadi. 9 ta probirkaga: birinchi probirkaga 0,1 ml, ikkinchisiga 0,2 ml, uchinchisiga 0,3
ml … to’qqizinchisiga esa 0,9 ml tayyorlangan ajratmadan solinadi. Har bir probirkadagi
suyuqliq hajmi 1 ml ga yetguniga qadar fiziologik eritmadan (osh tuzining 0,85 % li eritmasi) va
fiziologik eritmadagi 2% li fibrinsiz qon eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Bunda har bir probirkadagi
suyuqlik hajmi 2 ml ga yetdi. Probirkadagi suyuqlikni sekin aralashtirib, 24 soat tinch qo’yib
qo’yiladi. Ko’rsatilgan muddat o’tgandan so’ng to’liq gemoliz bergan sanoninning kam koncen-
traciyali aralashmasi bo’lgan probirka topiladi. So’ngra saponinlarning gemolitik ko’rsatkichi
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
;
100
2
b
a
X
bunda: X-saponinlarning gemolitik indeksi; a-hisoblash uchun asos qilib olingan probirkadagi
tekshiriluvchi ajratma ml miqdori; v- tekshiriluvchi ajratmaning % koncentraciyasi.
Masalan: birinchi, ikkinchi probirkadagi aralashmalar qizil yoki pushti rangga kirmasdan, eri-
trocitlar cho’kkan bo’ladi. Bu esa probirkadagi aralashmalarda gemoliz bo’lmaganni ko’rsatadi.
Uchinchi probirkada probika tagida qisman cho’kma bo’lib (chayqatilganda loyqa hosil
boo’ladi), aralashma pushti rangga kirgan, ya’ni aralashmada qisman (to’liq emas) gemoliz
bo’lgan. To’rtinchi probirkada esa (chayqatilganda loyqalanmaydi) aralashma tiniq rangda
bo’lib, ana shu to’tinchi probirkadagi aralashma to’liq gemolizga uchragan bo’ladi. 5,6,7,8 va 9
probirkalarda ham to’liq gemoliz bo’ladi. Saponin ko’rsatkichini hisoblab topishda 4 probirka
asos qilib olinadi. Chunki bu probirkadagi saponinlar koncentraciyasi 5,6,7,8 va 9 probirkalard-
agi saponinlar koncentraciyasiga nisbatan kam hamda 3,2 va 1 probirkadagi aralashmalarga nis-
batan 4 probirkadagi qon eritrocitlari to’liq gemolizga uchragan.
To’tinchi probirkadagi suyuqlikning hajmi 2 ml; probirkada 0,4 ml tekshiriluvchi
ajratma bor. Tekshiriluvchi ajratma 1% li qilib tayyorlangan.
Demak, saponinning gemolitik indeksi
500
1
4
,
0
100
2
X
яъни 1:500
Saponinlarning turli qonlar bilan beradigan gemolitik indeksi har hil bo’ladi.
Shuning uchun gemolitik indeksni aniqlashda soat 12 da olingan va fibrindan ajratilgan sog’lom
qo’y qonining 2% li eritmasi ishlatiladi. Agar qo’y qoni bo’lmasa, u holda qo’y qoni bilan
turg’un gemolitik indeksga (1:25000) ega bo’lgan toza saponinning tahlilga olingan qon
bo’yicha gemolitik indeksi topiladi, so’ngra shu qonning qo’y qoniga nisbatan koefficienti
aniqlanadi. Masalan: qo’y qoni bilan 1:25000 li gemolitik indeksga ega bo’lgan toza saponining
tajribada it qoni bilan bergan gemolitik indeksi 1:50000 ga teng bo’lsin. U holda it qonining qo’y
qoniga nisbatan koefficienti
2
25000
:
1
50000
:
1
К
bo’ladi. Shunday qilib, it qoni bilan topilgan gemolitik indeksni 2 ga bo’linsa, indeks qo’y qoni
bilan jlingan gemolitik indeksga aylanadi. Yuqorida ko’rsatilgan tajribada it qoni bo’yicha topil-
gan va 1:500 ga teng bo’lgan gemolitik indeks qo’y qoni bo’yicha ifodalansa: =1:250 ga teng
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |