Qizilmiya ko’p yillik, bo’yi 50-100, ba’zan 150 sm ga yetadigan, yer ostki qismi kuchli taraqqiy
etgan o’t o’simlik. Ildizpoyasi ko’p boshli, yo’g’on, bo’lib hamma tomonidan yer ostida gorizontal
joylashgan, uchi kurtak bilan tamomlanuvchi novdalar va pastga qarab bitta asosiy vertical o’q ildiz
o’sib chiqadi. Asosiy o’q ildizning uzunligi 4-5 m bo’ladi. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, shoxlanma-
gan yoki kam shoxlangan, tukli bo’lib, mayda nuqtasimon bezlar yoki mayda tikanlar bilan qoplangan.
Bargi toq patli murakkab, 3-7 juft bargchalardan tashkil topgan. Bargchasi ellipssimon, cho’ziq-
tuxumsimon yoki lancetsimon, tekis qirrali, yopishqoq bezlar bilan qoplangan, Qo’shimcha barglari
mayda, lancetsimon bo’lib, tezda to’kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo’ltig’idan chiqqan shingilga
to’plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta lancetsimon o’tkir tishli, gultojisi oqish binafsha rangli
bo’lib, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-biriga birlashgan, o’ninchisi
birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi – pishganda ochilmaydigan yoki poyasi
qurigandan so’ng ochiladigan dukkak.
Iyun-avgust oylarida gullaudi, mevasi avgust – setyabrda etiladi.
Dostları ilə paylaş: