Saponinlarning ko’pirish sonini (ko’rsatkichini) aniqlash
Ko’pirish soni (ko’rsatkichi) deb, diametri 16 mm li probirkada 15 sekund davom-
ida qattiq chayqatilganda 1 sm balandlikda turg’un ko’pik hosil qiladigan saponinlarning eng
kichik miqdoriga aytiladi.
Aniqlash usuli. 1 yoki 2g maydalangan mahsulotni kolbaga solib, unga natriy xlor-
idning 0,9 % li issiq eritmasidan 100 ml qo’shiladi. Songra kolbani vertical holdagi shisha
naychasi (havo sovitgichi) bilan birlashtirilib, qaynab turgan suv hammomi ustida 30 daqiqa
qizdiriladi. Kolbadagi suyuqlik (saponinlar ajratmasi) sovigandan so’ng fil’trlanadi. Diametri 16
mm li 10 probirka (yoki cilindr) olib, 1 probirkaga 1 ml, 2 ga 2 ml, … 10 probirkaga 10 ml
fil’tratdan solinadi va probirkalardagi suyuqlikning hajmi 10 ml ga yetguniga qadar (ya’ni 1
probirkaga 9 ml, 2 probirkaga 8 ml, … 9 probirkaga 1ml) natriy xloridning 0,9% li eritmasidan
qo’shiladi. Probirkadagi suyuqlik 15 sekund davomida qattiq chayqatiladi va 15 minutdan so’ng
turg’un ko’pikning balandligi 1 sm bo’lgan probirkani topib, undagi saponinlarning ko’pirish
ko’rsatkichi (X) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi;
в
а
X
10
100
,
bunda a-tahlilga olingan mahsulot og’irligi; b-turg’un ko’pikning balandligi 1 sm bo’lgan
probirkadagi saponinlar ajratmasining ml miqdori.
Dostları ilə paylaş: |