Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq usul bilan yumshatilgan ildizni ko’ndalangiga
kesib, preparat tayyorlanadi. Mikroskopning kichik ob’ektivida ko’riladigan preparat xlor-rux-yod
eritmasi, katta ob’ektivda ko’riladigan esa floroglyutsin eritmasi hamda xlorid kislota yordamida
bo’yaladi.
Ildiz ko’ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan qoplangan bo’lib (probka qismi qirib
tashlamagan bo’lsa), ichkarisida po’stloq parenximasi va floema joylashgan. Ildiz markazida po’stloq
tomon ko’p qatorli o’zak nur hujayralari o’rnashgan.
Po’stloq parenxemasida va o’zak nur hujayralarida ko’pgina yumaloq shakldagi krahmal
donachalari bo’ladi. O’zak nur hujayralari oralig’idagi floemada o’z funkciya va hujayralik shaklini
yo’qotgan, qalinlashgan elaksimon naylar hamda guruh bo’lib joylashgan ko’pgina tolalar uchraydi.
Floema bilan ksilemma o’rtasida kambiya joylashgan. Ksilemada juda katta va traxeidlar bilan
o’ralgan suv naylari va guruh holidagi sklerenximalar bor.
Parenxima, o’zak nur hujayralari xlor-rux-yod eritmasi ta’sirida ko’k rangga, suv naylari,
stereidlar, sklerenximali tolalar esa florglyucin va xlorid kislota ta’sirida qizil rangga bo’yaladi.
Uzunasiga kesilgan preraratda har xil suv naylari ko’rinadi. Ular ichida bochkasimon suv nayi
qizilmiya o’simligi ildiziga xos. Floema va kselemada qalin devorli va uchi o’tkir, kristalli hujayralar
bilan qoplangan sklerexima tolalari guruh holiday uchraydi.
Qizilmiya o’simligining ildiz poroshogi xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida
ko’riladi. Bu poroshokda kristalli hujayralar bilan qoplangan tolalar guruhi va bochkasimon suv
naylarining bo’lakchkasimon suv naylarining bolakchalari hamda kraxmal donachalarini saqlovchi
parenxima hujayralari borligi poroshokning xarakterli belgisidir.
|