«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi – azobi alamli va qattiqdir» (Muttafaqun alayh).
Xavla binti Omir Ansoriya roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning: «Ayrim kishilar Allohning moliga tajovuz qiladilar. Qiyomat kuni ularga
do‘zax bo‘lur», deganlarini eshitdim» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga
yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l, zero, uning duosi bilan
Allohning orasida parda-to‘siq yo‘qdir», degan edilar» (Muttafaqun alayh).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Kimki bir birodarining nomusi yoki boshqa narsasiga zulm qilgan bo‘lsa,
dinoru dirham bo‘lmaydigan (kundan) ilgari qutulib olsin. Aks holda, uning yaxshi
amallaridan zulmiga yarashasi mazlumga olib beriladi. Bordi-yu, yaxshiliklari bo‘lmasa,
mazlumning yomonliklaridan olinib, unga yuklanadi» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muflis (o‘ta miskin, nochor) kimligini
bilasizlarmi?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Bizning nazdimizda chaqasi ham, matosi
ham yo‘q kishi muflisdir», deya javob berishdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Mening ummatimdagi muflis shunday kishiki, u qiyomat kuni namozi, ro‘zasi
va zakoti bilan keladi. Keladi, biroq kimnidir haqorat qilgan, boshqasini badnom etgan,