Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
bunisining molini yegan, boshqasining qonini to‘kkan, yana birovni urgan bo‘ladi. Keyin 
uning yaxshiliklaridan ularga olib beriladi. Mabodo bo‘ynidagi narsalar bitmay turib, 
yaxshiliklari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib unga yuklanadi. So‘ng do‘zaxga 
uloqtiriladi» (Muslim rivoyati). 
 
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Kimda-kim qarich yer ustida zulm qilsa (o‘ziniki qilib olsa), o‘sha yerning yetti qavati 
uning bo‘yniga osib qo‘yiladi» (Muttafaqun alayh). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Minoda xitob qilib: «Ogoh bo‘linglarki, Alloh 
sizlarga qonlaringizni va mollaringizni ushbu kuningiz va ushbu oyingiz hurmati kabi 
harom (hurmatli) qildi. Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishgach, uch marotaba: 
«Ey Allohim, O‘zing guvoh bo‘l», dedilar» (Buxoriy rivoyati). 
 
Abdulloh ibn Unays roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Alloh qiyomat kuni bandalarni (yoki insonlarni) yalong‘och, xatna qilinmagan 
va yo‘qsil holda tiriltiradi», dedilar. Biz: «Yo‘qsillik nima?» deb so‘ragan edik, u zot 
sollallohu alayhi vasallam: «Ularning hech narsasi bo‘lmaydi. So‘ng ularga uzoqdagi 
kimsa ham yaqindagi kimsa kabi eshitadigan ovozda: «Men hakamman, men 
podshohman. Bironta do‘zaxiyning bironta jannatiyda haqqi bo‘lsa, to unga qasosini olib 
bergunimcha do‘zaxga tushishi joiz emas. Va bironta jannatiyning bironta do‘zaxiyda 
haqqi bo‘lsa, hattoki bir tarsaki bo‘lsa-da, unga ham qasosini olib bermagunimcha 
jannatga kirishi joiz emas», deb nido qiladi», dedilar (Ahmad rivoyati). 
 
Huzayma ibn Sobit roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam dedilar: «Mazlumning duosidan saqlaninglar. Zero, u bulutda ko‘tariladi. Alloh: 
«Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, garchi ozginadan keyin bo‘lsa-da, senga, albatta, 
yordam beraman», deydi» (Tabaroniy rivoyati). 
 
Jobir aytadilar: «Dengiz muhojirlari qaytib kelgach, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Habash yerida ko‘rgan narsalaringizdan ajoyibini gapirib bermaysizlarmi?» 
dedilar. Bir yigit: «Aytib beramiz, yo Rasululloh» deb, so‘z boshladi: «Bir joyda o‘tirgan 
edik. Yonimizdan boshida bir ko‘za suv ko‘targan rohiba kampir o‘tdi. U yerlik bir yigit 
turgan edi. U bir qo‘lini kampirning kuraklari orasiga qo‘yib itarib yubordi. Kampir 
cho‘kkalab qoldi, ko‘zasi sindi. O‘rnidan turib unga qaradi-da: «Yaqinda bilasan, ey 
zolim! Alloh kursini qo‘yib, avvalgilaru oxirgilarni to‘playdigan, qo‘l va oyoqlar qilib 
o‘tgan ishlarini so‘zlaydigan kunda Uning huzurida sen bilan mening holim qanday 
bo‘lishini bilib olasan!» dedi». Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rost 
aytibdi, rost aytibdi. Kuchlilardan zaiflarining haqqi olib berilmaydigan ummatni Alloh 
qanday qilib aziz qilsin», dedilar» (Ibn Moja rivoyati). 
 
Rivoyat qilishlaricha, besh toifa odamdan Alloh g‘azablanadi. Xohlasa, Uning azobi shu 
dunyoning o‘zida beriladi. Xohlasa, oxiratda ularni do‘zaxga hukm qiladi. Ular: bir 
qavmning boshlig‘iki, rayiyatidan o‘z haqqini to‘la-to‘kis oladi, o‘zi esa ularga insof 
qilmaydi, ularni zolimlardan himoya qilmaydi; bir qavmning yetakchisiki, odamlar unga 
itoat etishadi, u esa kuchli bilan kuchsizni teng ko‘rmaydi va havoi nafsidan gapiradi; bir 
kishiki, ahlini va bolalarini Allohga itoat etishga buyurmaydi, ularga diniy ishlarni 
o‘rgatmaydi; bir kishiki, mardikor yollab ishini qildiradi-da, haqini to‘liq bermaydi; bir 
kishiki, xotiniga mahri borasida zulm qiladi. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin