Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
145
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarni otalaringiz
bilan qasam ichishdan
qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim
bo‘lsin», degan (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Boshqa bir sahih hadisda esa: «Bas, kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, faqat Alloh nomi
bilan qasam ichsin yoki sukut saqlasin», deyilgan.
Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Tog‘utlar bilan ham, ota-bobolaringiz bilan ham qasam ichmanglar», dedilar»
(Muslim rivoyati).
Tog‘utlar – shayton va but-sanamlar.
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim
omonat bilan qasam ichsa, u bizdan emas», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib: «Men Islomdan begonaman»,
desa va u agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, rost gapirgan bo‘lsa ham, aytganidekdir.
Agar gapi rost bo‘lsa, u Islomga sira salomat holida qaytmaydi», dedilar (Abu Dovud,
Nasoiy rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu bir kishining: «Ka’baga qasamki», deganini eshitib qolib:
«Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning: «Kim Allohdan boshqaning
nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk
keltiribdi», deganlarini eshitganman», dedilar.
Ayrim ulamolar mazkur hadisdagi: «Kufr yoki shirk keltiribdi» jumlasini mubolag‘a deb
tafsir qilishgan. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Riyoning ozginasi ham
shirkdir» hadisi shariflariga monanddir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib turib: «Lot va Uzzoga
qasamki»
deb yuborsa, u darhol: «La ilaha illalloh» desin», deganlar. (Buxoriy, Muslim
rivoyati).
Ayrim sahobalar Islomga endi kirgan vaqtlarida, tillari o‘rganib
qolgani uchun shunday
qasam ichib yuborar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlari
bilmagan holda aytib yuborgan so‘zlariga kafforat bo‘lishi uchun darhol: «La ilaha
illaloh», deyishni buyurar edilar. Tafviq Allohdan.
Oltmish uchinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: