www.ziyouz.com kutubxonasi
70
qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir.
Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U
saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir.
O‘ttiz birinchi gunohi kabira QO‘SHNIGA OZOR BERISH
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki,
mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb
so‘rashgan edi, «Yomonligidan qo‘shnisi xotirjam bo‘lmagan kimsa», deya javob berdilar
(Muttafaqun alayh).
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kimsa
jannatga kirmaydi», deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb
so‘rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing.
Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing
va qo‘shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun
alayh).
Sahih hadisda aytiladiki: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan,
qo‘shnisiga ozor bermasin» (Muttafaqun alayh).
Qo‘shni uch toifa bo‘ladi: Musulmon, kofir, qarindosh qo‘shni.
Musulmon qo‘shnining qo‘shnilik va musulmonlik haqlari bor.
Kofir qo‘shnining qo‘shnilik haqi bor.
Qarindosh qo‘shni – uning qarindoshlik, qo‘shnilik haqlari (agar musulmon bo‘lsa,
musulmonlik haqi ham) bor.
Ibn Umarning bir yahudiy qo‘shnisi bor edi. Agar jonliq so‘ysalar: «Yahudiy qo‘shnimizga
undan olib chiqib beringlar», der edilar.
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnisiga osilib oladi va:
«Ey Rabbim, mana bundan so‘ra-chi, nima uchun eshigini qulflab, mendan fazlini to‘sdi
ekan», deydi.
Kishi qo‘shnisining ozor-aziyatlariga bardoshli, toqatli bo‘lishi lozim. Bu ish qo‘shniga
yaxshilik qilish jumlasidan sanaladi.
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, menga
jannatga doxil etadigan amalni o‘rgating», degan edi, «Muhsin (yaxshilik qiluvchi) bo‘l»,
dedilar. «Muhsinligimni qanday bilaman?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi
vasallam: «Qo‘shnilaringdan so‘ra, agar seni muhsin deyishsa, demak, muhsinsan.