D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
kochmas mulkni baholash

Tayanch so‘z va iboralar: baholash obyekti, baholash subyekti
milliy standart, xalqaro standart.
Nazorat savollari:
1. Baholash faoliyatida bozor infratuzilmasi tushunchasi.
2. Baholash obyektlari va subyektlari.
3. Baholash faoliyati normativ-huquqiy asoslari nimalardan iborat?
4. Xalqaro standartlar mohiyatini ta’riflang.
5. O‘zbekiston Respublikasining mulkni baholash milliy standartlar 
turlari.


44
II bob.
 MULK QIYMATINI BAHOLASH  
TUSHUNCHA, MAQSAD VA BOSQICHLARI
2.1. MULKNI BAHOLASH MAQSADLARI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, davlatning 
rivojlanishi uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.  
 Shunday ekan, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining islo-
hatlari bosqichma-bosqich olib borilishi, mulk shakllarining 
o‘zgarishi jarayonida shakllangan mulk bozorida baholash 
faoliyatining tiklanishi va rivojlanishiga davlat iqtisodiyotining 
rivojlanayotganligi sabab bo‘ldi.  
Demak, davlat bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishi bilan o‘zining 
tasarrufidagi  mol-mulkni  xalqqa,  jamoalarga  hamda  individual 
shaxslarga bera boshladi. Buning negizida esa ushbu mulkni 
baholash,  uni  xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarish 
zarurati paydo bo‘ldi. Ayni damda ushbu zarurat baholash 
faoliyatining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Baholash keng qamrovli tushuncha bo‘lib, mulkni, ya’ni bino 
va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport vositalarini va 
qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, yer yuzidagi barcha – 
jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir. 
Baholash faoliyatida, mulkni baholash, uning mohiyati, o‘ziga 
xos xususiyatlari, baholash faoliyati ketma-ketligi, unga tegishli 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida gap yuritiladi. 
Baholash faoliyati respublikamizda mustaqillikka erishilgan 
davrdan boshlab asta-sekin rivojlana boshladi. Boshlang‘ich 
davrlardagi xalqaro talablarga mos keladigan milliy davlat baholash 
andozalarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash borasidagi ijobiy 
tajriba haqida gapira turib, ayni vaqtda baholovchi ekspertlar 
faoliyatini ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysundiruvchi tegishli 
to‘la me’yoriy negizning, uni boshqarish va nazorat qilish samarali 
tizimining amalda mavjud bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tish zarur.  


45
Baholashni o‘rganish uchun, avvalo, ma’lum iqtisodiy, texnik 
bilimlarga ega bo‘lish, baholash faoliyatining mazmun-mohiyatini 
tushunib yetish, mulk va mulk egasini aniqlash va nihoyat, 
aynan, baholash sohasi bo‘yicha tahsil olish zarur. Buning uchun 
baholash faoliyatini o‘rganish, ma’lum bir tajriba orttirish va bilim 
maskanlarida o‘qish tavsiya etiladi.  
Baholash faoliyatini amalga oshirishda
 –  baholash  sertifikatiga 
ega, malakali baholovchi va shu bilan birga baholash faoliyatini 
amalga oshirish litsenziyasiga ham ega bo‘lishini talab qiladi 
(«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi). 
 
 
 
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi malakali mutaxassislarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga 
alohida e’tibor qaratish kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
o‘quv adabiyoti, texnik va boshqa vositalarning tegishli majmuasini 
tayyorlash lozim. 
Bundan tashqari, baholovchi ekspertlarni tegishli professional 
darajada o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish, baholash faoliyatining 
ilmiy negizini ta’minlovchi uslubiy materiallarni tayyorlash va 
ishlab chiqish, chet el professional andozalarini milliy zamonaviy 
sharoitlarga moslashtirishni tashkil etmay turib, baholash faoliyatini 
rivojlantirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda baholash 
faoliyati ma’lum darajada rivojlanmoqda, negaki sotish va sotib 
olish, ijara, garov, sug‘urta, asosiy jamg‘armalarni qayta baholash, 
korxonalarning birlashuvi va jalb etilishi, merosxo‘rlik huquqining 
bajarilishi, sud hukmining ijro etilishi uchun o‘z vaqtida obyektni 
baholash zarur bo‘ladi.  
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mulkni davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  chora-tadbirlari  jadal 
sur’atlar bilan boshlandi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, davlat 
tasarrufidagi  mulkni  xususiylashtirish  uchun  baholash  faoliyatiga 
bevosita talab tug‘iladi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan har 
qanday mulk bozorida kechadigan munosabatlarning barchasi 
baholash faoliyatining rivojlanishini taqozo etadi. Demak, o‘z-
o‘zidan demokratik davlatda xususiylashtirish jarayonlari va bozor 


46
munosabatlari qancha jadal rivojlansa, baholash faoliyati ham shu 
jarayon o‘sishiga qarab rivojlanib boradi. 
Turli toifadagi mulklarni (ko‘chmas va ko‘char) ma’lum bir 
maqsad uchun (sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish va shu 
kabilar) baholashning ilmiy-uslubiy va amaliy asoslari chet el 
tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan.  Mulk qiymatini baholash 
asosida takror ishlab chiqarish xarajatlari va undan foydalanishdan 
olinadigan daromadlarning bahosi yotadi. Mulk obyekti narxlari ning 
dinamikasi talab va taklifning o‘zaro nisbati va shu kabi boshqa 
bozor iqtisodiyoti qonunlari ta’siri ostida shakllanadi. Har bir mulk 
o‘z egasiga foydalanishidan ma’lum daromad keltiradi. Turli toi-
fadagi mulk qiymatini aniqlash baholanayotgan obyektning o‘ziga 
xos xususiyatlarining ko‘pligi, shu bilan birga mulkni baholashga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan belgilanadigan g‘oyat murakkab va 
ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.  
Shuningdek, mulkni baholashdan maqsad:
Birinchidan, uni qonundan tashqari bo‘lgan tartibsizliklarga 
barham berish, ko‘char va ko‘chmas mulk bahosi sun’iy o‘sishining 
keskin oldini olish hamda bir maromga keltirishini ta’minlash;
Ikkinchidan, qonunda ko‘rsatilgan tartibda baholovchi 
kompaniyalarni yaratib, ular o‘rtasida raqobatchilik muhitini 
yaratish va erkinlik, odillik tamoyillariga tayangan holda faoliyat 
yuritishini ta’minlash;
Uchinchidan, davlat soliq siyosatida mulkni baholovchi 
tashkilotlarga soliq bo‘yicha imtiyozlar berish hamda ularni qo‘llab- 
quvvatlash;
To‘rtinchidan, mulk (ko‘chmas mulk) bahosining turg‘unligini 
saqlab turishni ta’minlash;
Beshinchidan, mulkni baholashda keng foydalanilayotgan 
me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, uni mos ravishda 
jamiyatimizning mulk bozoriga reallashtirishini hamda baholovchi 
tashkilotlar ish faoliyatida foydalanadigan me’yoriy hujjatlarni 
takomillashtirishni ta’minlash.


47
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, mulkni baholash 
jarayonida belgilangan tartiblar asosida to‘g‘ri faoliyat olib borilishi, 
baholash faoliyatining mamlakatimizda rivojlanishida muhim rol 
o‘ynaydi.  
Obyektni samarali boshqarish va taqsimlash maqsadida uning 
bozor yoki boshqa turdagi bahosi aniqlangach, bu jarayonda kimlar 
ishtirok etishi va aynan qaysi obyektlarda mumkinligini ham 
aniqlash lozim. Narx belgilanayotganda obyekt va subyektlarning 
bahosi ham nazarda tutiladi.
Baholash faoliyatining subyekti jismoniy va yuridik shaxslar, 
davlat hokimiyati organlari, o‘z-o‘zini boshqaruvchi tashkilotlarning 
baholovchilari hisoblanadi. Baholash jarayonining subyektlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
–  davlat hokimiyati organlari;
–  tashkilotlar va yuridik shaxslarning individual baholovchilari;
–  baholovchilarning professional uyushmasi;
– buyurtmachi-baholovchilarni – baholovchi va yuridik yoki 
jimsoniy shaxslarning yozma shakldagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro 
kelishuv asosida u yoki bu obyektning baholanishi amalga oshiriladi;
– baholash xizmatining iste’molchilari – ijro hokimiyatining 
baho haqidagi hisobotda o‘z aksini topadigan ma’lumotlarga ega 
bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslari.
Obyektlarni individual tadbirkorlarning baholovchilari yoki 
baholovchi kompaniyalarning baholovchisi kabi jismoniy shaxslar 
ham baholashlari mumkin.
  Oxirgi holatda aynan baholovchi 
kompaniya obyektni baholash uchun buyurtmachi bilan shartnoma 
tuzadi. Obyektni baholovchi subyektlar sifatida, bir tomondan
faoliyati qonun bilan belgilab qo‘yilgan (baholovchilar) yuridik 
va jimoniy shaxslar (individual tadbirkorlar), ikkinchi tomondan, 
ularning xizmatidan foydalanadigan iste’molchilar (buyurtmachilar) 
tan olinadi. Shu tariqa buyurtmachi va baholovchilar – birinchi 
bosqichning subyektlari, qolgan barchasini ikkinchi bosqichdagi 
subyektlar deb atash mumkin.


48

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin