D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
kochmas mulkni baholash

G‘oya
Muallif
Loyiha
Buyurtma 
beruvchi
Homiy
Pullar
Loyiha rahbari
Buyurtma
Grant
4.2-rasm. Intellektual mulkda g‘oyaning harakatlanishi
1
.
– ilmiy, adabiy va san’at asarlari; 
– eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshit-
tirishlari;
– elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar 
bazalari;
– ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
– seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sir-
lari; 
– fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va 
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: 
– firma nomlari;
– tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
1
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2012-yil 18-iyun 
«Intellektual mulk va nomoddiy aktivlar» Mulkni baholash milliy standarti 
(13-MBMS) asosida shakllantirildi.


69
– tovar kelib chiqqan joy nomlari. 
3. Ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan 
hollarda «Intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik 
muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy 
alomatlarini aks ettiruvchi vositalar» (O‘zR Fuqarolik kodeksining 
1031-moddasi). 
Nomoddiy aktivlarni, birinchi galda nomoddiy aktivlar tarkibidagi 
intellektual mulkni baholash ishlari ma’lum bir izchillikda amalga 
oshiriladi: – intellektual mulk obyektlari; – saqlaydigan hujjatlar 
(patentlar va guvohnomalar); – intellektual mulk huquqlari 
ekspertiza qilinadi. 
Intellektual  mulk  ekspertizasi. Intellektual mulk obyektlarining 
mavjudligi hamda ulardan foydalanish haqiqat ekanligi tekshiriladi. 
Saqlaydigan hujjatlar (patentlar va guvohnomalar) ekspertizasi 
birinchi galda hudud va amal qilish muddati bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Saqlaydigan hujjatni hudud bo‘yicha ekspertizadan 
o‘tkazishda saqlaydigan hujjat qaysi hududda amal qilishini 
hisobga olish lozim. Saqlaydigan hujjatni muddatlar bo‘yicha 
ekspertiza qilishda hujjatning amal qilish muddatlari O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yoriy 
muddatlarga mos kelishini tekshirish lozim.
Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar ekspertizasi. Intellektual mulk 
obyektlarini tasdiqlovchi hujjatlar: patent, litsenziyalar, guvohnomalar, 
mulkiy huquqlarni korxonaning ustav sarmoyalariga o‘tkazish haqidagi 
ta’sis hujjatlari, korxona va intellektual mulk obyektlarining ishlab 
chiquvchilari  o‘rtasidagi  shartnomalar  yoki  mualliflik  shartnomalari, 
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar bepul topshirilishida 
qabul qilish va topshirish dalolatnomalarini tekshirish zarur. Ushbu 
mulkdan nomoddiy aktiv sifatida foydalanuvchi korxonada uni 
foydalanishga topshirish va hisobga olish haqidagi dalolatnoma 
bo‘lishi kerak. Patentni to‘liq o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ro‘yxatga 
olinmagan shartnomalar, shuningdek, rasmiy ro‘yxatga olinmagan 
litsenziya shartnomalari haqiqiy emas deb tan olinadi. 


70
Mazkur mulkni ustav sarmoyasiga ulush sifatida kiritishda 
ta’sis shartnomasi bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida huquqni 
o‘tkazish to‘g‘risida litsenziya shartnomasi tuzilishi lozim. 
Intellektual mulkka bo‘lgan huquq ekspertizasi o‘tkazilganidan 
so‘ng bevosita baholash hisob-kitoblariga kirishish mumkin. 
Nomoddiy aktivlarni baholash uchun xarajatli, qiyosiy va 
daromadli yondashuvlardan foydalaniladi. Xarajatli yondashuvdan 
foydalanishda tannarxdan yutish usuli va barpo etish qiymati 
usuli qo‘llaniladi. Tannarxdan yutish usuli xarajatli va qiyosiy 
yondashuvlar elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu 
usul bilan nomoddiy aktiv qiymati undan foydalanish natijasida 
xarajatlardagi tejalishlarni aniqlash orqali o‘lchanadi. Mazkur 
usuldan faqat o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra 
yaqin bo‘lgan ikkita mahsulot turi haqida yoki bir mahsulotni 
ishlab chiqarishning ikkita usuli (texnologik jarayoni) haqida 
gap ketayotganda foydalanish mumkin. 
O‘zbekiston    Respublikasining  Fuqarolik    kodeksiga    muvofiq  
nomoddiy aktivlarning asosiy turlari aniqlangan. 
Baholash nuqtayi nazarida nomoddiy aktivlarga: yo  moddiy-
ashyoviy  shaklga  ega  bo‘lmagan, yoki  ularning moddiy-ashyoviy  
shakli  ulardan xo‘jalik  faoliyatida  foydalanish  uchun  muhim  
ahamiyatga  ega  bo‘lmagan;  daromad keltirishga qodir bo‘lgan; 
ulardan uzoq davr mobaynida foydalanish maqsadida xarid qilingan 
aktivlarni kiritish mumkin.
Yuqorida keltirilgan intellektual mulkdan foydalanish huquqining 
amal qilish muddatlari quyida keltirilgan.
Olingan foyda miqdori diskontlash koeffitsiyentidan foydalangan 
holda hisob-kitob yiliga – baholash vaqtiga keltiriladi.
Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini, nomoddiy 
aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan tashkil topgan mahsulotni 
yoki nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan 
foydalaniladigan ishlab chiqarishlarni sotish bozorini aniqlashda 
baholash obyektining funksional belgilari va (yoki) qo‘llanish 


71
Intellektual mulk obyektlari
Intellektual faoliyat 
natijasi
Individuallashtirish 
vositalari
Mualliflik 
huquqi
Aralash 
huquqlar
Tovar 
belgilari
Firma 
nomlari
Ilmiy 
izlanishlar, 
adabiyot, san’at 
asarlari
Fonogrammadan 
foydalanish, 
ko‘rsatuvlar 
uzatish
Tijoriy 
belgilar
Tovarlarning 
kelib chiqish 
joylar nomi
Patent 
huquqlari
Noan’anaviy 
obyektlar
Kashfiyotlar
Foydali 
modellar
Topologiya, 
seleksiya 
natijalari
Sanoat 
namunalari
4.3-rasm. Intellektual mulk obyektlarining turlari
1
.
1
  www.ima.uz  – O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk huquqlarini 
himoyalash assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlanadi.


72
usuliga ko‘ra qo‘llanish sohasi va yo‘nalishlari, sotish geografiyasi, 
sotish bozorining hajmi, raqobatlashuvchi tovarlarning sotilish 
hajmi, baholash obyekti uchun eng maqbul yoki kafolatlangan 
sotish hajmi aniqlanishi zarurdir.
4.1-jadval

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin