D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


Intellektual mulkdan foydalanish huquqining amal qilish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
kochmas mulkni baholash

Intellektual mulkdan foydalanish huquqining amal qilish 
muddatlari
1
T/r
Intellektual mulk huquqining nomi
Amal qilish 
muddati
1.
Kashfiyot uchun patent
20+5 yil
2.
Sanoat namunalari uchun patent
10+5 yil
3.
Foydali modellar uchun patent
5+3 yil
4.
Tovar belgilari  uchun guvohnoma
10 yil, muddatsiz 
5.
EHMlar uchun guvohnoma
ko‘p martalik
 
4.3. MULKKA BO‘LGAN HUQUQ
Mulk huquqi, o‘z navbatida, ikki: obyektiv va subyektiv 
ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi.
Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini 
ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash, 
tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab 
belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi 
nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar 
obyektiv huquq normalari hisoblanadi.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni 
huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) 
1
  www.ima.uz. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk huquqlarini 
himoyalash assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlanadi.


73
obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, 
undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi
1
.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini 
har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi 
tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv 
mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk 
egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi
2
.
O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni 
va FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli 
mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab 
egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma’noda 
mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o‘z 
xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda, 
uning o‘z erki, irodasi bilan o‘z manfaatlarini ko‘zlab, birovning 
(uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, g‘ayrihuquqiy ta’sirsiz harakat 
qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda 
zo‘rlik, tazyiq ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-
irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. 
Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, 
insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdorning mulkiy huquqni o‘z xohishiga ko‘ra amalga 
oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga, 
yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, 
ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul 
mablag‘i qo‘yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati 
ko‘zlanganday bo‘lsa ham, aslida mulkdorning harakati zamirida 
ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra 
yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish, 
1
 Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. –T.: TDYI, 2006. 8-b.
2
 Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. Darslik. 1-qism. 
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.: TDYI, 2006. 213-b.


74
umumiy qoida bo‘yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga   
sabab bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element – mulkka 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil 
topadi.
Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki unga nisbatan o‘z 
huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab 
turishdir.  Mulkni  qonunga  muvofiq  ravishda  o‘z  qo‘lida  yoki  o‘z 
erki-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash 
huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi. 
Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun 
yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo‘lishi mumkin. 
Masalan, mulk shartnoma bo‘yicha ijaraga berilganida, vaqtincha 
tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonatga qo‘yilishida yoki 
ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun  biron 
tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida egalik huquqi mulk egasi 
hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni  qonun  talablariga  muvofiq  qo‘lda  saqlab  turishga 
qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo‘lmay turib 
birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o‘g‘irlatgan 
yoki yo‘qotgan mulkini qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb  
aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi – mulkning foydali xususiyatlarini 
o‘zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foyda ko‘rishdir. Mulkdan 
qonunga  muvofiq  ravishda  foydalanuvchi  shaxs  shu  mulkdan 
foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi 
shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni 
egallamay, qo‘lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo‘lmaydi. 
Masalan,  mulk  ijarasi  shartnomasiga  muvofiq,  ijaraga  beruvchi 
dastavval mulkni ijaraga oluvchiga qonun yoki shartnomada ko‘zda 
tutilgan tartibda topshiradi. Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga 
oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish huquqi ham vujudga keladi 
va u shundan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanishi 


75
mumkin. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda 
foydalanishda bu mulk butunlay iste’mol qilinadi yoki muayyan 
vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma 
bilan belgilangan asoslar bo‘lmay turib amalga oshirsa, bunday 
foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o‘g‘irlangan 
yoki yo‘qotilgan mulkdan foydalanish.
Mulkni tasarruf etish huquqi – mulkning yuridik taqdirini 
belgilash, ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan 
huquqiy munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga 
qaratilgan huquqdir.
Mulk egasi tasarruf
  etish huquqiga binoan mulk yuzasidan 
xilma-xil bitimlar, shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya 
qilish, ijaraga berish to‘g‘risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo 
butunlay keraksiz bo‘lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab 
yuborishi, o‘zidan biron-bir
  usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu 
huquq mulkdorga o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan 
har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan mol-
mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha 
yo‘llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki mol-mulkni 
boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi.
Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo‘lgan 
egalik huquqi ham qo‘ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga 
qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga berishda ashyoni 
egallash va undan foydalanish huquqi birovga o‘tsa, ashyoning 
sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har 
uch elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham 
butunlay boshqa shaxsga (yangi mulkdorga) o‘tadi
1
.
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish 
hollarida mulk egasi o‘z mulkini egallash, foydalanish va uni 
tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa ham, egalik huquqini 
1
 Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. Darslik. 1-qism. 
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.: TDYI, 2006. 224-b.


76
qonunda belgilangan hollarda va muddatlarda o‘zi saqlab turadi. 
Fuqaroga tegishli mulk o‘g‘irlatilganida, uning kimning qo‘lida 
bo‘lishligi aniqlanganidan so‘ng qonun bilan belgilangan uch yillik 
da’vo muddati davomida talab qilib olinishi mumkin. Aks holda 
mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi yo‘qoladi. Umuman olganda, 
mulkni tasarruf etish elementi kimda bo‘lsa, shu shaxs (garchi 
mulkning qo‘lida, ya’ni egaligida yoki foydalanishida bo‘lmasa 
ham) mulkdor hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi mulkning 
shakli va huquqiy maqomiga qarab muayyan hujjatlar (order, tilxat 
va h.k.) bilan tasdiqlanadi.
Mulk egalari o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy 
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdor huquqlari va vakolatlarining chegarasi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida bayon qilingan 
bo‘lib, unga asosan mulkdor o‘z huquqlarini amalga oshirishda 
ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar 
va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu Konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin 
qilingan. Ushbu moddaga asosan mulkdor o‘z mulkiy huquqlarini 
amalga oshirishda quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
1. Mulkdorning o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa 
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada 
mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda 
foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur (masalan, ko‘chmas mulk-
yer uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan zarur 
hollarda, boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o‘zganing 
yer uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini 
berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport 
yo‘li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini 


77
mulk huquqidan aslo mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi 
bilan yer uchastkasi egasi o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u 
ko‘chmas mulkka oid bitimlar kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut 
belgilangan uchastkaning egasi agar qonunda boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning foydasini ko‘zlab 
belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik 
uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir
1
;
3. Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeyini suiiste’mol qilishga, 
boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganda fuqarolarning 
sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish 
choralarini ko‘rishga majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari, 
balki mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 
174-moddasiga asosan, o‘ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar 
qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, mulk egasining zimmasida bo‘ladi. Agar mulkdor 
bu majburiyatni bajarmasa, ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari 
chegaralab qo‘yilishi yoki mol-mulk undan olib qo‘yilishi haqida 
da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin 
(masalan, FKning 190-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha).
Hozirgi individual mulk shakllarining taraqqiyoti xususiy 
mulk bilan xarakterlanadi. Bunda huquqiy tartibga solish muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, u mulkiy munosabatlarning tub mohiyatini 
ochib beradi. Xususiy mulkni yuridik shaklsiz tasavvur etish qiyin. 
Xususiy mulkda muayyan mol-mulkning qat’iy kimga tegishliligini, 
boshqa hech kimga tegishli emasligini huquqiy ta’minlash zarurdir. 
Shuning uchun birinchi navbatda mol-mulkning mulk egasiga qat’iy 
tegishligini huquqiy mustahkamlash zarur. Agar bu qonunlarda 
ko‘rsatilmasa, biror nizo vujudga kelsa, uni hal etish mumkin 
1
 Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. –T.: TDYI, 2006. 344-b.


78
bo‘lmaydi. Agar bu huquq norma me’yorlarida o‘z aksini topsa, 
mulkdorning ixtiyoridan tashqari biron yo‘l bilan ular qo‘lidan 
ketganda uni talab qilib qaytarib olishga haqli bo‘ladi. Bunday 
huquqiy tizimning rivojlanishi xususiy Rim huquqida dastlab o‘z 
aksini topgan edi. Unda, birinchi navbatda, mulkdorning ashyoviy 
huquqlarini qat’iy himoya qilish mutlaq xarakterga ega edi.
Bozor munosabatlari tobora rivojlanib borayotgan hozirgi 
kunda milliy qonunchiligimiz tizimi o‘zgardi. Hayotning har 
qanday sohasida tub iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Bunda mulkiy huquqlar ham o‘zining munosib 
o‘rniga ega. «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida 
«Mulkdor o‘ziga tegishli mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, 
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi», – deb ko‘rsatilganligi 
diqqatga sazovordir. Chunki ushbu me’yorning ahamiyati ulkan 
hisoblanadi.
Yuqoridagilarga asoslanib, fuqarolar xususiy mulk huquqining 
mazmunini fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga tegishli 
mol-mulkka xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqlari tashkil etadi. Bu huquq me’yori mustaqil 
respublikamizning Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yilsa, 
maqsadga  muvofiq  bo‘lar  edi.  Bu  holatni  quyidagicha  izohlash 
mumkin: birinchidan, mulk huquqining asl mohiyatini ochib 
beradi, ikkinchidan, mulkdorda mol-mulkka nisbatan xo‘jayinlik 
tuyg‘usini mujassamlaydi; uchinchidan, mulkdorning huquqlari 
ilgari qonunlardagidek qat’iy belgilab berilmagan bo‘lib, u o‘z 
mol-mulkidan o‘z xohishiga qarab har qanday harakatni sodir etishi 
mumkin.
Mulkdorning huquqlaridan biri egalik qilish huquqi bo‘lib, bu 
haqda  yuridik  adabiyotlarda  bir  qator  fikrlar  ilgari  surilgan.  Egalik 
qilish huquqi deganda, shaxsning ashyo ustidan faktik hukmronligi 
tushuniladi
1
.
1
 Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. – T.: TDYI, 2006. 25-b.


79
Birinchi navbatda «egallash» va «egalik qilish» terminlarining 
ma’nosiga e’tibor berishimiz zarur. «Egallash» – bu tazyiq bilan 
hukmronlik qilib biror narsani qo‘lga kiritishdir. Eski qonunchilikda 
bu so‘z mulkdorning huquqlaridan biri o‘rnida ishlatilgan edi. O‘sha 
davrlarda yuridik adabiyotlarda ham shu so‘z ishlatilgan.
«Egallash» so‘zini mulk egasining huquqlaridan biri sifatida 
qo‘llash bu huquqning mohiyatini to‘g‘ri yoritmaydi. «Egalik 
qilish» so‘zi biror-bir narsani (mol-mulkni) qo‘lida ushlab turish, 
saqlash ma’nosini beradi. Shuning uchun «egallash» so‘zi o‘rniga 
«egalik qilish» so‘zi o‘rinliroqdir.
Yuqoridagilarga asoslanib, egalik qilish huquqi shaxslarning 
mol-mulkni o‘z qo‘llarida ushlab turish imkoniyati bo‘lib, uni o‘z 
xo‘jaligi hisobiga kiritadi. Bu tushuncha keng ma’noda berilgan 
bo‘lib, u mulkdorning egalik qilish huquqini to‘liq ochib beradi. 
Bu, birinchidan, qonun tomonidan berilgan imkoniyatlar qaysi 
mol-mulklar shaxs egaligida bo‘lishi mumkinligini belgilaydi; 
ikkinchidan, shu mol-mulklar shaxsning qo‘lida ekanligini ko‘rsatib, 
boshqa shaxslar unga nisbatan begona sifatida turishi zarur.
Mulk huquqi mazmunining elementi hisoblangan foydalanish 
huquqi doirasi bugungi kunda kengaydi. Ilgarigi qonunlarda 
fuqarolarning shaxsiy huquqlaridan foydalanishda yollanma 
mehnatni qo‘llashga ruxsat berilmagan bo‘lsa, hozirgi amaldagi 
qonunchilikda fuqarolar o‘zlarining xususiy mulk huquqidan 
foydalanishda har qanday harakatni amalga oshirishi mumkinligi, 
hatto yollanma ishchi kuchini jalb etishga ruxsat etilishi ko‘rsatilgan.
FKning 223-moddasida ko‘rsatilganidek, umumiy ulushli mulk 
ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan berishni talab 
qilishga haqlidir. Uning bu huquqi umumiy mulkdagi ulushni 
tasarruf etishga bo‘lgan huquqidan kelib chiqadi.
Ulushni ajratishning asosiy usuli, mulkning xo‘jalik tayinlanishiga 
zarar yetkazmaslik sharti bilan undan asl holida ulush ajratishdan 
ishtirokchilar o‘zaro kelisha olmasalar, sud yoki nizoni hal qiluvchi 
organ umumiy mulkdan qanday ashyolar asl holida ajratilishini, 


80
masalan, sheriklik asosida olingan hosilning qanday taqsimlanishini 
belgilaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin