Pul, kredit va banklar


Tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  siyosati  (hisob  stavkasi)



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154
Tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  siyosati  (hisob  stavkasi).  Bozor 
iqtisodiyotining  doimiy  ravishda  rivojlanib  va  takomillashib  borishi  iqtisodiyotda 
qo’shimcha  pul  resurslariga  bo’lgan  talabni  keltirib  chiqaradi.  Tijorat  banklari 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarining  moliyaviy  resurslariga  bo’lgan  talabini 
iqtisodiyotda  vaqtinchalik  bo’sh  pul  mablag’larini  o’ziga  jalb  qilish  orqali 
qondiradi.  
Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  ushbu  talabining  o’z  vaqtida  va  past 
kredit  foizlari  asosida  ta’minlanmasligi  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojiga  salbiy 
ta’sir  ko’rsatadi.  Albatta,  bu  jarayonni  iqtisodiyotda  pul  taqchilligi  sifatida  ham 
izohlash mumkin. Bir jihatdan, iqtisodiyotda vujudga kelgan pul taqchilligi milliy 
valyutaning  inflyatsiya  darajasini  pasayishiga  olib  keladi,  lekin  iqtisodiyotda  pul 
taqchilligi  darajasining  ortib  borishi  ishlab  chiqarish  sur’atining  pasayishi  va  
ishsizlik  darajasining  oshishi  kabi  xavfli  ijtimoiy  –  iqtisodiy  tanglikni  keltirib 
chiqaradi.  Markaziy  bank  aynan  mana  shunday  ijtimoiy  –  iqtisodiy  xavfni  tijorat 
banklarining  qo’shimcha  moliyaviy  resurslarga  bo’lgan  talabini  o’zining  qayta 
moliyalash  siyosati  orqali  bartaraf  etadi.  Ya’ni,  Markaziy  bank  tijorat  banklariga 


arzon  moliyaviy  resurslarini  berishi  orqali  iqtisodiyotda  pul  massasi  va  tovar 
massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. 
Demak,  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  siyosati  orqali  mamlakatdagi  pul 
resurslari  bozoridagi  foiz  stavkasiga  ta’sir  etib,  miliy  valyutaning  barqarorligini 
mustahkamlaydi. Chunki qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi iqtisodiyotda 
pul  massasining  ortishiga,  aksincha  uning  oshirilishi  esa  tijorat  banklarining  pul 
resurslariga  bo’lgan  talabini  kamayishi  natijasida  iqtisodiyotda  pul  massasining 
pasayishiga olib keladi.  
Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasi  orqali  faqat  pul  bozoriga  emas, 
balki mamlakat fond bozoriga ham ta’sir o’tkazadi.  Qayta moliyalash stavkasining 
ortishi  pul  bozoridagi  depozit  mablag’larning  foizini  va  bank  krediti  foizining 
oshishiga  olib  keladi.  Pul  bozorida  depozit  mablag’larning  va  bank  krediti 
foizining  ortishi  o’z  navbatida  fond  bozorida  qimmatli  qog’ozlarga  bo’lgan 
talabning  pasayishiga  va  ularning  taklifini  ortishiga  olib  keladi.  Chunki  pul 
bozorida  depozit  mablag’larga to’lanadigan  foizlar  miqdorining  ortishi pul bozori 
ishtirokchilarini  to’g’ridan  –  to’g’ri  moliyalashtirishga  bo’lgan    manfaatdorligini 
oshiradi.   
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin