Markaziy bank
banklarning banki sifatida mamlakatdagi barcha kredit
muassasalariga litsenziya beradi va ularni qaytarib oladi, shuningdek, tegishli
iqtisodiy me’yorlar asosida kredit muassasalari faoliyatini tartibga solib, ularning
ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Markaziy bank
hukumatning banki funktsiyasini bajarishda asosiy e’tibor
hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va ularni tasarruf qilish,
shuningdek, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida tegishli moliyaviy
yordamni (kredit) berishga qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy banklarning vujudga kelishi va ularning
faoliyatini tashkil etilishi ijtimoiy – iqtisodiy jarayon bo’lib, dastlabki Markaziy
banklar tijorat banklari bazasida tashkil topgan, ularning faoliyati va bajaradigan
funktsiyalari doimiy ravishda takomillashib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: