maqsadga muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini
anglatadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida
o’ziga
jalb etadi;
qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholiga
qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag’lar beradi;
milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga
oshiradi;
pul aylanmasini tashkil etadi va
uning tartibini belgilaydi;
iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va
to’lovlarni amalga
oshirishda vositchilik qiladi;
bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi;
aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda
faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha
bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish
tsiklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot
tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu
mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni
qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta
taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy tashkilot
samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o’ziga xos jihati
iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan
biri, bu ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari
o’rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul
o’tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga
oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: