Pul, kredit va banklar


-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
14-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari 
 
14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
14.2. Lombardlar va ularning tashkil topishi  
14.2. Mikrokredit tashkilotlari 
14.3. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi 
14.4. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari 
 
 
14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
 
Kredit  uyushmasi  –  mikromoliyalash  tashkilotlari  tarkibidagi  asosiy 
moliya  muassasasi  hisoblanib,  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  jalb 
qilish  asosida  mikrokredit  va  kreditlar  berish  bilan  shug‘ullanadigan  tijorat 
tashkilotidir.  
Kredit  uyushmasiga  Markaziy  bankning  tegishli  me’yoriy  hujjatlarida, 
kredit  uyushmasi    –    kreditlar  berish  hamda  boshqa  moliyaviy  xizmatlar 
ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng 
huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta’rif berilgan.  
Kredit  uyushmalariga  iqtisodiy  adabiyotlarda  notijorat  moliyaviy 
tashkilot  sifatida  ta’riflar  berilgan.  Bizningcha  dastlabki  kredit  uyushmalari 
notijorat  asosida  tashkil  topgan  bo‘lishi  mumkin,  biroq  hozirgi  kunda 
mamlakatimizda  tashkil  etilayotgan  va  faoliyat  yuritayotgan  barcha  kredit 
uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. 
Kredit  uyushmalari  faoliyatiga  kengroq  ma’noda  e’tibor  qaratadigan 
bo‘lsak,  kredit  uyushmalari  kooperativ  tashkilot  bo‘lib,  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarning  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  tegishli  shartlar  asosida 
o‘ziga  jalb  etadi  va  o‘zining  a’zolariga  ushbu  mablag‘lar  hisobidan 
kreditlarni taqdim etadi.  
Ayrim  ma’nbalarga  ko‘ra,  dastlabki  kredit  uyushmalari  1844  yilda 
Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan 
tashkil  etilgan.  XIX  –  asrning  60  yillarida  kredit  uyushmalari  tashkil  etish 
g‘oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse – 
Delichlar  tomonidan  ilgari  surildi.  Shu  davrda  kredit  uyushmalari  faoliyati 
rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib 
keldi.   


Rayffayzen  dastlabki  qishloq  xo‘jaligiga  xizmat  ko‘rsatadigan  kredit 
klasslari,  shuningdek,  savdo  –  sotiqni  kreditlaydigan  uyushmalarning 
asoschisi hisoblanadi.  
Shultse  –  Delich  tomonidan  tashkil  etilgan  kredit  uyushmalarining 
asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda 
tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi.     
Hozirgi  kunda,  kredit  uyushmalari  AQSh,  Kanada,  Irlandiya, 
Avstraliya,  Janubiy  Koreya,  Tayvan  mamlakatlarida  juda  keng  rivojlangan, 
shuningdek,  ayrim  MDX  mamlakatlarida  (Rossiya,  Qozog‘iston,  Estoniya) 
ham jadal rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirmoqda.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin