Trast operatsiyalari Xalqaro bank amaliyotida trast operatsiyalari banklar mijozlarning
topshirqlariga asosan ularning mulkini boshqarish yoki ishonchli vakil sifatida
ularning nomidan xizmatlarni bajaruvchi shaxs.
Tijorat banklarida trast – bo‘limlari trast operatsiyalari doirasida quyidagi
uch yo‘nalishdagi ishlarni bajaradi:
– mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarash;
– ishonchli vakil sifatida xizmatlarni bajarish va otaliqqa olish;
– agentlik (vositachilik) xizmati.
Mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarish.Meroslarni boshqarishda ularning asosiy vazifalari sud qarorini olish,
meros bilan bog‘liq mol – mulklarni butligi va xafsizligini ta’minlash, ma’muriy
xarajatlarni amalga oshirish, qarzlarni to‘lash yoki undirish, mol – mulk bilan
bog‘liq soliqlarni to‘lash va vasiyatchining merosxo‘rlariga tegishli xizmatlarni
ko‘rsatish va yordam berish. Masalan, amaliyotda bunday holat mulkdorning
farzandlari voyaga yetmaganda erta olamdan ko‘z yumushi natijasida vujudga
kelishi mumkin.