Birinchi funktsiyasi,vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jalb qilish, jamg’arish va ushbu mablag’larni kapitalga aylantirish funktsiyasi. Banklarning
juda qadimiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh
pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’zlariga jalb qiladi va ushbu
mablag’larni samarali yo’nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari
turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag’larini jalb
qilish va jamg’arish bilan shug’ullanadi, biroq ularning pul mablag’larini jalb
qilish va jamg’arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning
itiyorida bo’lgan mablag’larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul
mablag’lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning
mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada
riskka bog’liqligini keltirib chiqaradi.