yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan
tovarlar yoki ko’rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi.
Veksellar odatda ma’lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi
tomonidan chiqarilgan bo’lib, sotuvchi vekselda ko’rsatilgan muddat etib
kelganda uni bankka topshirish asosida asosiy summani va unga hisoblangan
qo’shimcha foiz to’lovini olish huquqiga ega bo’ladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo’jalik krediti sifatida
ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan bog’liq iqtisodiy
jarayonlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida amalga oshirilib, ushbu
kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar yoki pul ko’rinishida berilishi
mumkin. Tijorat kreditida kreditning ob’ekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga
to’lovlarni kechiktirish yo’li bilan veksel asosida beriladi. Pul
ko’rinishidagisida kreditning ob’ekti qiymat hisoblanadi, bu kredit
korxonaning ixtiyoridagi vaqtinchalik foydalanilmaydigan pul mablag’lari
hisobidan beriladi. Tijorat krediti tovar yoki pul ko’rinishida berilishidan
qat’iy nazar, bank kreditiga nisbatan juda qisqa muddatlarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: