Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi


Umar Xayyom    AYOL - MUQADDAS ZOT



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

Umar Xayyom 

 

AYOL - MUQADDAS ZOT 



 

 

Ayollar men uchun ta’rifi tugamas muqaddas zot, najot farishtasi, porloq quyosh, 



mehri ummon mehribon xilqatdir. Ayolsiz jamiyat takomillashmaydi. Ayol bor ekanki, 

podshohlar,  yozuvchilar,  mutafakkirlar,  olimlar,  donolar  dunyoga  kelgan.  Agarda 

ularning  jonkuyarligi,  fidokorligi  bo’lmaganida  edi,  shunday  buyuk  allomalarimiz 

qanday tarbiyalanar edi? Shunday buyuk ustozga birinchi bo’lib kim hurmat ko’rsatgan? 

Kim uning maqomini ko’targan? Bu savolning javobini topishdan oldin ayollar qachon 

va  qanday  shu  maqomga  erishganiga  to’xtab  o’tsak  xato  qilmagan  bo’lardik,  deb 

o’ylayman.  Chunki  o’sha  payt  ayollar  kimligini  va  nima  uchun  dunoga  kelganligini 

bilmasedi? Qiz bola tug’ilgan uy qorong’ulik deb hisoblanar edi, hattoki u inson sifatida 

ham  tanilmasdi.  Qiz  bola  tug’ilgan  oila  a`zosi  uyatdan  boshini  ko’tarolmasdi  va  uni 

tiriklayin  ko’mishgamajbur  bo’lardi.  Ayollarga  nisbatan  shunchalar  zulm-sutamlar 

bo’lganki,  hatto  ularni  mol  o’rnida  sotishgan.  Shuningdek,  minglab  ayollarmiz  shu 

davrning qurboni bo’lgan. Allohga ming marta hamd -  sanolar bo’lsinki, ushbu voqealar 

Islomdan oldin bo’lib o’tgan. Islom kirib kelishi bilan, payg`ambarimiz pok qadamlari 

va Qur’on charog’i tufayli ushbu qorong’u kunlarga chek qo’yildi.  

 

Payg’ambarimiz  hazrat  Muhammad  (SAV)  o’z  hadislarida  bu  haqda  alohida 



ta`kid  qilib  o’tganlar.  Alloh  onalar  maqomini  ulug’lab,  ularni  hurmat  qilishni 

buyurganlar va jannatning ular oyog’i ostida ekanligini aytgan. Lekin afsuski, hozir ham 

ularning  qadriga  yetmayotganlar  mavjud.  Hech  bir  joyda  ayolning  erkakdan  kamligi 



 

 

5

 

aytilmagan, balki ular maqomi erkaklarga nisbatan yuqori deb ta`kid bo’lgan. Imom Al 



G’azzoliy  “Kimyoyi  Saodat”  kitobida  payg’ambarimiz  hadislarni  shunday  deb 

keltirganlar:  ”Har  kimki  bozordan  yangi  bir  narsa,  sadaqa  sifatida  olib  kelsa,  birinchi 

bo’lib qiz bolalarga bersin va keyin esa o’g’il bolalarga, har kim qiz bolani xursand qilsa, 

go’yo  Allohning  azobidan  qo’rqib  yig’lagandek  bo’ladi  va  Allohni  azobidan  qo’rqib 

yig’lagan kishiga do’zax olovi haromdir’’. Ayollarning ba`zi bir g`alabalari, o’zlarining 

xatti - harakatlari va jon-dili bilan qilgan ishlari hisoblanadi. Ushbu kunda jahonning har 

bir  burchidagi  ayollar  o’z  huquqini  biladi,  o’zlarining  haqiga  ega  bo’lish  uchun 

kurashadi. Allohi muta`ol o’z muqaddas kalomida shunday deydi: ”Sizlar ahlu ayolingiz 

bilan yaxshi muomalada bo’ling”. 

Islom dini onalarni hurmat qilishni birinchi o’ringa qo’ygan. Bugungi kunda jahon 

bo’ylab minglab insonlar bo’lib kirayotgan Islom diniga birinchi bo’lib qadam bosgan 

kim  bo’lgan?  Albatta,  birinchi  bo’lib  ayollar  Islom  dinini  qabul  qilganlar. 

Payg’ambarimiz hayotida yagona g`amxori bo’lgan hazrat bibi Xadicha onamiz imon 

keltirganlar. Hamda birinchi shahid ham Islom dinida Bibi Summaya onamiz bo’lgan. 

Islom  dini  onalar  va  ayollar  huquqi  uchun  katta  xizmat  ko’rsatgan.  Ushbu  dinning 

birinchi  maqsadi  ayollarni  qorong’ulikdan  yorug’likka  chorlash  va  olingan  haqini 

qaytarish edi hamda ularni jahonga tanitish edi. Shuning uchun payg’ambarimiz doim 

ayollarga e`tibor qaratishni istardi. Va ularga shunday derdilar: ”Ayollar sizlarga Alloh 

omonatidir, ularni  hurmat qiling’’Sahobalarimiz payg’ambarimizning oltin so’zlarida 

amal  qilib  yashaganlar.  Ayollar  ona  sifatida  jomiyatning  rivojlanishi  uchun,  yosh 

avlodning  tarbiyasi  uchun  asosiy  o’rinni  egallagan.  Bugungi  kunda  nega  dunyo 

rivojlanib  bormoqda?  Albatta, rivojlanish madaniyat- ma`rifat bilan bog’liqdir. San’at 

birinchi bo’lib ayollar tomonidan yaratilgan. 

Xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  ular  haqida  qancha  so’zlasak  ham  juda  oz, 

chunki Alloh taolo o`z muqaddas kalomida “Alniso” surasi bilan xulosa qilgan. Hamda 

payg’ambarimiz o’z hadislarida ayollarning maqomini uch marta erkaklardan nisbatan 

yuqori deganlar va shuningdek boshqa hadislarida shunday ta`kidlab o’tkan: ”Har kimki 

ikki qiz bolani yaxshi tarbiyalab voyaga yetkazsa, mahshar kunida ikki barmoqdek yaqin 

turadi. Va shuningdek, qiyomat kunida shunday bo’ladiki: kimki ikki qizni tarbiyalagan 

bo’lsa  payg’ambarimiz  bilan  kulib  jannatga  borsinlar”.  Va  yana  bir  hadis  borki, 

payg’ambarimiz hazrat Muhammad (SAV) shunday aytadilar: ”Har kimki, uch qizning 

sohibi  bo’lsa va ularni qo’ldan  kelguncha  yaxshi tarbiyalasa  va  biror narsani ulardan 

ayamasa, ularga nisbatan mehribon bo’lsa, shunday insonlarning joyi  jannatda deydilar. 

Shunday  ekan,  men  shunday  buyuk  shaxsiyatlarni,  birinchi  bo’lib  hayotimning 

porloq  quyoshi,  mehri  tugamas  gavharimni,  farishtalik  mehribon  jannatim  bo’lgan 

onajonimni  va  mehri  daryo  ustozlarimni  va  qolaversa  barcha  onajonlarim,  opa-

singillarimni 8-mart kuni bilan tabriklayman.  


Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin