Shekiba samadi mening ikkinchi kitobim loyihasi


Afg’oniston  fuqarolarini  o’qitish ta`lim



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix04.02.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#52094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ikkinchi kitobim. Shekibo Samadiy (2) (4)0706

Afg’oniston  fuqarolarini  o’qitish ta`lim 

markazi 203-guruh  talabasi Shekiba Samadiy  

 

 

 


 

 

6

 

YARATGAN MEHRIBON ALLOH NOMI BILAN! 

Sizlar dunyoning boqiy tirgagi

Siz kelsangiz kelar, baxtning daragi. 

Yurt tinchligi bo’lgan har dam tilagi 

Pok niyatli inson, sizlar onalar. 

Siz ila muqaddasdir olam chiroyi 

Sizlar gulizebo, dilbar kiroyi. 

Zaminnning quyoshi, ham  samo oyi 

Nurlari tugamas sizlar-onalar! 

 

BU DUNYODA FAQAT YAXSHILIK QOLAR! 

Yomon atalib tirik yurguncha, 

Yaxshi atalib o'lgan yaxshi. 

Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, 

Yaxshilik bilan unasan. 

Yomon farzand ota-onani yerga qaratar 

Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar. 

Yaxshilik eng muhim fazilat boʻlib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini 

anglatadi.  U  insonga  kuchli  ruhiy  lazzat  bagʻishlashi  barobarida,  uni  shaxsga 

aylantiradigan  haqiqiy  baxtga  olib  boradi.  Shuning  uchun  ham  "ezgu  (yaxshi)  fikr", 

"ezgu  (yaxshi)  soʻz",  "ezgu  (yaxshi)  amal"  tushunchalari  Avestodan  tortib,  barcha 

muqaddas kitoblarda yetakchi oʻrin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy 

faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqkoʻngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, 

adolat,  rostgoʻnlik  kabi  fazilatlar  mujassam  boʻladi.  Yomonlik-yaxshilikning  ziddi, 

shaxs  va  jamiyat  taraqqiyotiga  toʻsqinlik  qiluvchi  illat.  Yolgʻonchilik,  pastkashlik, 

munofiqdik, rahmsizlik, nomardlik kabi tushunchalarda namoyon boʻladi. Diniy nuqtai 

nazardan  yaxshilik  ilohiy  inoyat,  yomonlik  esa  insondagi  shaytoniy  va  hayvoniy 

xislatlarning  ifodasi  tarzida  talqin  qilinadi;  yaxshilik  ham,  yomonlik  ham  insonning 

ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibadi.  

  

 



Atrofimiz to’la yaxshilik, qachonki o’zimiz yaxshi bo’lsak. Hozirgi kunda ko’ngli 

ochiq bag’ri keng, har qadamada har nafasda yaxshilik qiladigan insonlar juda oz qolgan, 

balkim buni sababi yaxshilarni ko’rishga ko’zimiz ko’rmay qolgandir. Men uchun eng 

achinarli  bo’lgan  hayotimizda  bo’lgan  yaxshi  insonlarni  qadriga  etmasligimizdir. 

Naxotki  aqlimiz  shunchali  kichik  narsani  anglaolmasa.  Bugunki  yoshlarimizni  olib 

borayotgan  ammalarini  ko’rib  hayron  qolaman,  shukronlik,  rahmat  qadirlash  o’rniga 




 

 

7

 

doimo  shikoyat,  muammo,  shukronasizlik  va  kerak  bo’lmagan  narsadardan 



so’zlashamiz. Bekordan xudo bezor deb bejiz aytilman. 

Dunyo  qancha  go’zal  bo’lar  edi,  bir-birimizni  yomonligimizni  sochgandan, 

yaxshiliklarimizni ham ko’rolsa edik. Arzimagan narsalar uchun baqirish, eng muhimi 

oltin  vaqitimizni  boy  birish  insoniyatda  to’g’ri  kelmaydi.  Qurʼonda  yaxshilik  qilish 

insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga oʻzining neʼmatlari bilan ehson qilganidek, 

inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi taʼkidlanadi. Musulmonlar tasavvuriga 

koʻra, odamlar bu dunyodagi yaxshi ishlari uchun narigi dunyoda mukofotini oladi. Axir 

hammamiz  mustaqil  fikrga,  jamiyatga  xizmat  qiladigan,  dunyo  qarashi  ken  bo’lgan 

yoshlarmizku?  

Biz  boshqalarga  o’rnak  bo’lishimiz,  kelajak  farzandni,  xalqni  to’g’ri  yo’lga 

boshqarishimiz kerak. Hali o’z hayotimiz qadriga etmay, buyuklarni hurmat qilmagan 

holada,  qanday  qilib  boshqalarga  yetakchi  bo’lamiz.  Men  afsuslanganim  shuki 

qachongacha  biz  shunday  g’aflatda  bo’lamiz,  maqasadimiz  nima?  Nima  qilishimiz 

kerak?  Yurtimiz  bizdan  nima  kutadi?  Kelajakda  nima  bo’lishni  istaymiz?  Meni 

kechirasiz azizlar: hayot bu yaxshilikdan iborat, qachon dunyo go’zal bo’ladi? qachonki 

yaxshi  insonlar  bilan  birga  bo’lib  va  ularni  qalbiga  bo’lgan  mehr-muhabbatning  his 

qilsangiz,  qachon  boshqalarni  yuragi  joy  olib  yashaymiz  qachonki  yomonlik 

qilmasangiz. 

Qurʼonda  "Agar  chiroyli  amallar  qilsangizlar-oʻzlaringizga  yaxshilik  qilgan 

boʻlursizlar.  Agar  yomon,  gunoh  amallar  qilsangizlar  ham  oʻzlaringiz  uchundir", 

deyiladi  (17sura,  7oyat).  Mutafakkirlar  yomonlikni  inson  hayotidan  chiqarib  tashlash 

uchun uni vujudga keltiruvchi ijtimoiy sharoitni yoʻq qilish zarur deb taʼlim beradi. 

Qaysi  jamiyatda  yaxshilik  koʻpayib,  yomonlik  kamayib  borsa,  oʻsha  jamiyat 

axloqiy yuksaklikka, farovonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi; shaxsiy munosabatlarda 

xiyonat,  gʻazab,  kibr,  hasad,  qasd,  munofiqlik  kabi  illatlar  asta-sekin  yoʻqolib, 

xushxulqlik,  shirinsuxanlik,  halollik,  bagʻrikenglik  singari  fazilatlar  koʻproq  oʻrin 

egallab boradi, natijada jamiyatda yaxshilikning ustuvor boʻlishiga olib keladi. 

Payg’ambarimiz  hazrat  Muhammad  (SAV)  hech  qachon  yomonlik  qilmagan 

hattoki kofirlarga shirin so’z bilan to’g’ri yo’lga chorlagan. Biz uchun shuni o’zi yetarli 

emasmu?  

Atrofimizda  ko’z ochib  qarasay yaratgan  mehribon  Alloh  juda  buyuk nematlar 

bizga nasib  etgan, har  qanday  sharoitlardan  bahramandmiz. Shuncha ne’matlar  uchun 

qancha  shukronalik  qildik?  Yaxshi  farzand  bo’laman  desang  yaxshilik  qil  o’zingdan 

yaxshi  nom  qoldir.  Rahamt  ayt,  rahmat  eshitasan,  qadirlagain,  qadrlanasan,  hurmat 

qilsang,  hurmat  ko’rasan.  Men  buni  juda  afsuslanib  yozayapman  chunki  juda  ko’p 

insonlar  shukronalik  o’rniga,  muammolarni  aytishga  boshlaydi.  Bu  deganim  yaxshi 

insonlarni  qadriga  etmay  qoldik,  ulardan  o’zimizni  yuqori  darajaga  tutib  qoldik. 

Ezguliklar kelgan hollarda ko’zimiz ko’r bo’lib qoldi lekin, ozgina muammolar uchun 

tilimiz  uzun  bo’lib  qoldi.  Juda  ko’p  yaxshiliklarni  arzimagay  narsalar  uchun  sotib 

quydik.  Balkim  shu  bois  oramizdan  do’stlik,  ishq-muhabbat  yoqolgandir.  Bor 

e`tiborimizni  foydasiz  narsalarga  qaratib  qo’ydik.  Aytishim  kerak  bo’lgan  joy  shuki 

hayotda shunday insonlar borki, ularni sabriga ko’rib qoil qolman. Ular faqat yaxshilik 




 

 

8

 

qiladi, ming marta yomon so’zlasang ham bir shirin so’z bilan javob qaytaradi. Naxotki 



shunday insonlar yonimizda bo’lib turib biz ulardan biror bir dars ololmasak.  

Yaxshilik  bu  o’zimizga  qaytadign  fazilatdir.  Bu  bizga  faqat  baxt,  saodat  va 

yorug’lik  keltiradi.  Bu  duyoda  sendan  qoladigan  ezgu  nom-nishon,  hech  qachon 

o’lmaydigan narsa bu yaxshilikdir. Ezgulik istasang faqat yaxshilik qil va baxtli hayot 

kechir. Ezgular qadriga eting, balkim ertaga kech bular.  

Yaxshlik qil umidvor bo’l 

Yomonlik qil xabardor bo’l 

Qo’lingdan kelsa yaxshlik qil, qo’lingdan kelmasa yomonlik qilma.  




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin