Tarbiyaviy masalalar. Rejaning bu qismida ta’lim va tarbiyaning eng
dolzarb masalalari, tarbiyaviy ishlarning strategiya va taktikasi, guruhda
tarbiyaning qaysi turiga ko’proq ehtiyoj borligi, guruh bilan birgalikda
talabalarning yoshi, o’quv yurti muhiti haqidagi fikrlar joy oladi. Reja tuzishda
tarbiyaviy masalalarni tanlash, tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilashda o’quv
yurtining muammolari, albatta, hisobga olinishi lozim.
Guruhning faoliyati turlari va asosiy vazifalari. Dunyoqarash asoslarini
shakllantirib tarbiyalash. Rejaning bu qismida o’quvchilarga dunyoqarash
asoslarini shakllantirishga oid ishlar siyosatni tushuntirish, olamning bir butun
materiya ekanligi, tabiat qonunlari va hodisalarni sharhlash, tarixiy yodgorliklarni
tomosha qilish va ularni asrash asosiy o’rin egallaydi.
Bu qismda tarixiy kunlarni nishonlash milliy an’analarni (Navraz, mehrijon
bayramlari) o’tkazish ham kiritiladi. Tarbiyaning turini to’la amalga oshirish uchun
guruh rahbari o’z guruhi o’quvchilarini to’garaklar va klublarga a’zo qilishi lozim.
Bular orqali esa guruhda milliy g’oya asosida, vatanparvarlik va baynalminallik,
pok vijdonlik, dushmanlarga nafrat,siyosiy hushyorlik ruhida tarbiyalash lozim.
Dostları ilə paylaş: |