Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti faniniing dolzarb muammolari va uni amalga
oshirish yo’llari. Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o’z vatanining ilg’or
kishisi sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan
yoshlar davlatimizning kelajagidir.
Yangi asrga qadam qo’yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy
yukasalishi va yangilanishi sari yuz tutgun bir paytda O’zbekiston Respublkasi
Prezidentining 1999 yil 3–sentyabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat
kengashining qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O’zbekistonda
davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho
mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan
oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg’usi bilan
birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti
bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi
sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon ulkaning
benihoya go’zalligidan bahramand bo’lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi.
Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish
va tushinib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.
Ma’naviyati yuksak Shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy
qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat – tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim – tarbiyasiz
ma’naviyatning bo’lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz
uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat
masalasidir!” degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq,
jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Mazkur “Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti” fanining o’qitilishi ham aynan ushbu
qarorga asosoan pedagogikaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun ishlab
chiqilgan. Bunda uslubiyot tarbiya nazariyasining umumiy qoidalariga asoslanishi,
lekin ularni takrorlamasligi, bu qoidalarni ro’yobga chiqarish usullarining
vositalari, yo’llari va shakllaridan iborat bo’lishi lozim.
Tarbiyaviy ish uslubiyotini o’rganish talabalarni tarbiyalashning umumiy
masalalarini mustaqil, ijodiy va dadil hal qilishga tayyorlashi lozim.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holatga keltirishi uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor
shaxs shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli
foydalanish zarurligini taqazo etadi.
Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy
axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy – tarixiy an’analarga , urf –
odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy,
pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa – shaxsning aqliy
erkin fikrlovchi, axloqan barkamol va jismoniy jihatdan rivojlangan shaxsni
shakllantirish hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat
yaratishdir.
Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini
tushunib olishga ko’maklashish, o’z – o’zini idora va nazorat qila bilishni
shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va amal
birligi hissini uyg’otish;
Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan
talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib–boyitib borish va
estetik tushunchalarni shakllantirish;
Har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni
rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish;
Insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir – birini tushinadigan,
mehribon, shafqatli, irqiy kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik) muomala odobi kabi
tarbiya vositalari keng qo’llanishi lozim.
Tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har
bir shaxs, o’smir va yosh yigit – qizning betakror va o’ziga xosligini e’tiborga
olish;
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi
tarbiyalanuvchilarni qamrab olishiga alohida ahamiyat berish lozim.
O’smir yigit va qizlar nafaqat bo’lg’usi katta hayotga tayyorgarlik
ko’radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Respublika mexnatiga qo’shiladi» mavzusida mehnat xaftaligi va o’n
kunliklari tashkil qilish mumkin. Bu xildagi ishlar o’z mazmuni bilan
o’quvchilarda yuksak fuqarolik fazilatlarini shakllantiradi, g’oyaviy-siyosiy
mehnat hamda axloqiy tarbiya uyg’unligi ta’minlaydi va ana shular
tarbiyadagi namunaviy munosabatni ifodalaydi.
Guruh rahbari tarbiya ishlari tizimidan xam majmuaviy munosabat
xa vaziyatni yaratish maqsadida foydalanish kerak. Chunki tarbiyada vazifalar
yaratadigan tarbiyani undan o’z maqsadi uchun juda keng va unumli
foydalana oladi ham.
Ғoyaviy axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi g’oyaviy axloqiy jixatidan
yetuk va faol yoshlarni tayyorlashdir. Eng muhim vazifalardan esa, bu
talabalarni axloq talablariga muvofiq takomillashtirishga tomon
yo’naltirishdir. Har bir talaba o’zini-o’zi tarbiyalashning maqsadini aniqlab
olishga yordamlashmoq kerak. Buning uchun har bir o’quvchining extiyoj va
qiziqish darajasini o’rganish ularga o’z extiyojlarini jamiyat manfaatlariga,
hal etilayotgan ijtimoiy vazifalarga bo’ysintirishga, o’z jamoasi sharoitida
vujudga kelayotgan extiyojlarni ko’ra olishga va nihoyat ularning hal
qilishning aniq shart-sharoiti va haqiqiy imkoniyatlarni topa olishga
o’rgatish gurux rahbarining burchidir. Ғoyaviy ahloqiy tarbiya vazifalarini
amalga oshirish, o’quvchilarni g’oyaviylik , baynalmilallik, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash; shaxsning faol pazittsiyasini tarkib toptirish; axborotlar
oqimida o’ziga to’g’ri yo’nalish ola bilishga o’rgatish; milliy g’oya uchun
kurash jarayonida o’zining faol faoliyati bilan ishtirok etishga tayyorgarlik;
mehnat faoliyatida g’oyaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning ahamiyati
tobora ortib bormoqda. Talabalarni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy jihatdan
tarbiyalash, ularda dunyoqarashni shakllantirish asosan darsda hal qilinadi,
lekin bu ish gurux rahbari faoliyatida alohida o’rin tutish kerak. Lekin bu
muhim masalani hal etishda gurux rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal
qilish kerak:
1.Talabalarni ma’lum bir darajadagi siyosiy bilimlar, dunyoqarashga
doir g’oya va tushunchalar bilan qurolllantirish;
2.Talabalarda fuqarolik xislarini hosil qilish, ya’ni o’zining
mamlakatdagi, xalqi hayotidagi voqealarga aloqador ekanligini anglashiga
erishish, vatanparvarlik, baynalmilallik sifatlarini tarbiyalash;
3. Talabalarni ijtimoiy-siyosiy amaliyotga, ijtimoiy foydali ishlarga
mehnat faoliyatigafaol jalb qilish yo’li bilan ularda ijtimoiy-siyosiy tajribani
barpo etish.
Gurux rahbari talabalarning darsda egallagan g’oyaviy-siyosiy bilimlarni
darsdan tashqaridagi turli tarbiyaviy ishlar vositasida kengaytirildi. Bu ishlar
vaqt o’lchovining chegaralanmaganligi, emotsional ta’sir imkoniyatining
kengligi shaxsiy ehtiyojga muvofiqligi tufayli talabalar tomonidan
darsdagidan ko’ra boshqacharoq qabul qilinadi. Bu narsa ya’ni milliy g’oyalar
xar bir kishining xulq-atvorida, har bir jamoa va har bir tashkilotning
faoliyatidagi ishlar bilan uzviy bog’lab olib borilishi lozim. Ana shunga
amal qilgan guruh rahbari har bir talabani va butun guruh jamoasini faol
ijtimoiy ishlarga jalb qiladi, ularda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan
faoliyatda qatnashish extiyojini uyg’otadi, bu esa g’oyaviy-siyosiy tarbiyaning
natijasidir.
Talabalarning o’zlari gazeta va jurnallardan maqolalar to’plami guruh
burchagida ko’rgamalar tayyorlashi, maxsus gazetalar chiqarishi, axborotlarni
o’zlari mustaqil o’tkazishlari foydaldir. Yuqori kurslarda bu ishlarning
mazmuni, shakli va metodlari yanada murakkablashadi, manbalar hajmi
ko’payadi va ular xalqaro voqealarga doir ma’ruzalar talabalar anjumanlari,
jamoatchilik muhokamalari, munozaralar shaklida o’tadi.
Siyosiy axborotlar talabalarda siyosiy bilimlarga chuqur qiziqish
uyg’otish, gazeta o’qish, ichki va tashqi voqealarga doir radio eshittirishlarni
va teleko’rsatuvlarni tinglash va kurish ehtiyojini tarbiyalash kerak. Guruh
rahbari bolalarning turli hil voqealar haqidagi o’zaro mulohazalardagi
noto’g’ri fikrlarni tuzatishi, ijtimoiy xayotning muxim voqealarini ilmiy
asosda sharxlab berishi g’oyat muhimdir.
Ayni vaqtda guruh rahbari talabalarning axloqiy shakllanishi,
ma’naviy dunyosining tarkib topishi uchun ham g’amxo’rlik qiladi. Xalqimiz
moddiy farovonligining, madaniy darajasining, ma’naviy dunyosining o’sib
borishi, mamlakatimiz ma’naviy hayotida eng ilg’or va eng insonparvar
ijtimoiy munosabatlar tizimining qaror topganligi gurux rahbari amalga
oshiradigan ahloq tarbiyasining muvoffaqiyatini ta’minlash uchun garovdir.
Talabalarning axloqiy shakllanishi faoliyat jarayonida ro’y beradi.
Faoliyatni tashkil etish bilan gurux raxbari xar bir talaba shaxsini g’oyaviy –
axloqiy jixatdan tarkib topishni ta’minlaydi. Talabalarni faoliyatning
ma’lum bir turiga jalb qilish aniq maqsadga qaratilishi kerak.
Talabalarni axloq nazariyasiga doir bilimlar bilan qurollantirish va
ularni ijtimoiy hayot voqealaridan axloqiy tomonlarni ajrata olishga, axloq
me’yorlariga muvofiq baxolashga o’rgatish bilan gurux rahbari yigit-
qizlarning o’z xulqini axloq me’yor va qoidalari nuqtai nazaridan idora qila
olishlariga erishadi.
Yoshlar bilan o’tkaziladigan odob va axloqqa oid suhbatlar ulaar
ishtirok etadigan ijtimoiy foydali va unumli mexnat, turli xil ijod ishlari
«Kamolot» tashkiloti faoliyati bilan uzviy bog’liq tarzda borsagina, ijobiy
natija beradi.
Axloqqa oid suhbatlar samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan
biri talabalarning ongi bilan xulqi o’rtasidagi birlikni ta’minlash hisoblanadi.
Axloqiy bilim berishdan maqad, tashqi ta’sirni ongli harakat bilan
bog’lovchi ichki istakka aylantirishni ta’minlashdir. Bunda u o’ziga ma’lum
bo’lgan axloq me’yoriga rioya qilgan holda to’g’ri harakat qilish yo’lini
tanlab olishga o’rganadi. Masalan, gurux rahbari o’z suhbatini shunday
boshlaydi. «Avtobusda ketayotgan bir necha yoshlar qo’llaridagi radiopleyrni
baland qo’yib, allaqaysi gurux ijrosidagi sershovqin kuy tinglab borardilar.
Keksa ayol ulardan ovozni pasaytirishni iltimos qilib qoldi. Bunga javoban
«Eshitgingiz kelmasa qulog’ingizni berkitib oling»dedi yoshlardan biri.
Ikkinchisi esa vaziyatni yumshatish uchunmi, yoki noqulay axvoldan chiqish
uchunmi xar xolda «Xolajon, siz zamonaviy kuylarni yomon ko’rarkansiz-da»-
-dedi, uchinchisi esa, «Siz birginasiz, biz esa ko’pchilikmiz. Ko’pchilikni
istagini xurmat qilish kerak buvijon!»-- deb qo’shib qo’ydi. Gurux raxbari
talabalar bilan vujudga kelgan ushbu vaziyatni muhokama qilib, o’z
fikrlarini bildirishni taklif qiladi.
Axloqiy bilim berishda gurux rahbari bilan oilaviy hamjixatlik g’oyat
muhim omildir. Shuning uchun yoshlar bilan bir qatorda ota-onalar
o’rtasida ham axloqiy tarbiyaga doir bilimlar tarqatish kerak. Axloqqa oid
suxbatlarni bir oyda bir marta o’tkazgan ma’qul. Har bir suhbatga 7-10kun
tayyorlaniladi. Suhbat vaqti 40-45 minutdan oshmasligi kerak. Navbatdagi
suxbatga tayyorlik davrida gurux raxbari hamda yoshlar turli xil faoliyatda
ishtirok etadilar. Mavzu tanlashda guruh rahbari mamlakatning ijtimoiy
hayotida ro’y berayotgan voqealarga, o’quv materialining mazmuniga,
talabalarning axloq me’yoriga doir bilimlari darajasiga asoslanadi.
Axloqiy ongni shakllantirishda guruh rahbari suhbatlar bilan bir
qatorda tushuntirish, ma’ruza, namuna-ibrat kabilardan xa keng
foydalaniladi. Ana shu jarayonda u talabaning axloqiy mulohazasini
o’stirishga o’zining va boshqalarning xulqini axloq me’yorlari asosida
baholay olishga qaratilgan ishlarga, ularni jalb qilishga alohida e’tibor
berish lozim. Odatda talabalar o’rtoqlarining, atrofdagi kishilarning
xulqidagi ijobiy, salbiy tomonlrni baholay olganlari holda o’z xulqidagi
tomonlarga u qadar e’tibor berishmaydi va ularda o’z xulqini baholash ancha
kech ko’rina boshlaydi. Mana shuning uchun gurux rahbari talabalarni o’z
xulqini baholash ancha kech ko’rina boshlaydi. Mana shuning uchun gurux
raxbari talabalarni o’z xulqini axloq me’yor va talablari asosida quyi
kurslardan boshlaboq baholashga o’rgata boshlashi maqsadga muvofiqdir.
Gurux raxbari axloq tarbiyasini amalga oshirishda har bir talabaning
xulqiga, xarakter xislatlariga alohida e’tibor berib borishi kerak. Guruhda
pedagogik qarovsiz qolgan, tarbiyasi qiyin bolalarga ham uchraydi. Agar bu
xil bolalarning xulqi o’z vaqtida tuzatilmasa, u jamiyatdagi axloq
me’yorlariga xilof yo’nalish kasb etishi ham mumkin. Shuning uchun ham
guruh raxbari bu xil yoshning xulqidagi salbiy yo’nalishni qancha tez
aniqlasa, uni tuzatishga qanchalik tez va faol aralashsa, shuncha yaxshi ish
qilgan bo’ladi.
Gurux rahbarining axloqiy tarbiyani amalga oshirishi metodik asosga
ega bo’lsagina samara beradi. Buning mohiyati gurux rahbarining talabalarni
axloqiy rivojlantirishga qay darajada ta’sir qila olishidadir, ya’ni talabaning
yoshi, guruxi, shaxsiy xususiyati hisobga olinishi kerak.
Axloqiy mavzular yuzasidan munozaralar o’tkazish talabalarda axloqiy
e’tiqod, qarash va nuqtai nazarni shakllantirishning muhim vazifasi
hisoblanadi.
Munozara vaqtida gurux rahbari betaraf turishi foydalidir. Munozara
oxirida guruh rahbari yakun chiqaradi. Munozara uchun yoshlarni
to’lqilantirayotgan masalalar mavzu bo’ladi, masalan: «Hayotda o’z o’rnini
topishning ma’nosini qanday anglaysiz?», «Yashashning ma’nosi va xayotdan
maqsad», «Inson qachon baxtli bo’la oladi?», «Zamonaviy bo’lishning
ma’nosi nimada?».
Gurux rahbari har bir mavzuning mazmuniga kiradigan masalalarni
aniqlashda talabalarga yordam beradi.
Masalan: «Hayotda o’z o’rnini topishning ma’nosini qanday
anglaysiz?» mavzusi uchun asos qilib quyidagi masalalarni olish mumkin:
«Hayotda o’z o’rnini topish» iborasini qanday tushinasiz?
Qanday orzuni eskirgan deyish mumkin?
Baxt va hayotdan lazzatlanish, ular o’rtasida farq bormi?
Shaxsiy erkinlikni qanday tushunasiz?
Sizning g’oyangiz kabi masalalarni tavsiya qilish mumkin.
«Yashashning ma’nosi va hayotdagi maqsad» mavzusiga.
1. Hayotning «ma’nosi» va «maqsadi» bir xil tushunchami?
2. Hayotimiz qo’ygan qadamimizga qanchalik va qay jihatdan bog’liq
bo’lish mumkin?
3. «Qanday yashash kerak», «Nima uchun yashash kerak», bu
masalalarning xar birini qanday anglash kerak?
4. «Yashashning ma’nosi» va «Baxt» tushunchalari o’rtasida o’zaro
o’xshashlik bormi? Bo’lsa nimada, kabi masalalar asos qilib olinishi
maqsadga muvofiqdir.
Munozara uchun tavsiya etilayotgan bu mavzular yoshlarning fikrini
band qiladigan asosiy mavzular bo’lib, ulardan qaysi birini tanlash, qanday
uyushtirish gurux o’quvchilarning extiyojiga, jamoadagi kayfiyat va qiziqishga
bog’liq. Bu mavzular mazmuniga kiradigan masalalar xammasi axloq,
ma’naviy xayot bilan bog’liq bo’lgan bo’lib, ular yuzasidan yuritiladigan
baxslar yordamida talabalar axloqiy bilimga jamiyatdagi odamlar
munosabati bilan bog’liq me’yor va qoidalarga oid tushunchalarga ega
bo’ladilar, asta-sekin ularda ishonch va qarashlar tarkib topa boradi.
Gurux rahbari faoliyatining mazmuniga kiradigan axloq tarbiyasi
faqat yuqoridagilar bilangina hal bo’la qolmaydi. Axloqiy tarbiyani amalga
oshirish murakkab jarayon bo’lib, asosiy e’tibor talablarda axloqiy ong,
axloqiy his, tushuncha, muloxaza kabilarga muvofiq axloqiy malaka va
odatlarni shakllantirishga qaratilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |