Ўзбекистон республикаси


Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining nazariy asoslari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/66
tarix25.03.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#54152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
 


Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining nazariy asoslari. 

                         Reja 

 

1.  Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  faniga  kirish.  Fanning  maqsadi,  vazifasi, 



asosiy tushuncha va tamoyillari. 

 2.Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  fanining  mazmuni,  mohiyati  va  shaxs 

tarbiyasidagi roli. 

3.Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  fanining  dolzarb  muamolari  va  uni  bartaraf 

etish yo’llari. 

4.Tarbiyaviy jarayonda g’oyaviy-siyosiy-ahloqiy tarbiyani tashkil etish. 

5.Guruh   rahbari  ishini   rejalashtirish. 

 

  

 Hozirgi  kunda  yoshlarni  barkamol  inson,  o’z  vatanining  ilg’or  kishisi 

sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar 

davlatimizning kelajagidir. 

Yangi asrga qadam qo’yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli 

iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  islohatlar  amalga  oshirilmoqda.  Jamiyat  ma’naviy 

yukasalishi  va  yangilanishi  sari  yuz  tutgun  bir  paytda  O’zbekiston  Respublkasi 

Prezidentining  1999  yil  3–sentyabrdagi  “Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat 

kengashining  qo’llab  quvvatlash  to’g’risida”gi  Farmoni  zamiridagi  g’oyalar, 

ulardan  kelib  chiqadigan  asosiy  maqsadlar  ma’naviyatning  ustuvorligini  yana  bir 

karra tasdiqlaydi. 

Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O’zbekistonda 

davlat  va  jamiyatning  eng  muhim  vazifasidir.  Ma’naviyat  shunday  qimmatbaho 

mevaki,  u  bizning  qadimiy  va  navqiron  xalqimiz  qalbida  butun  Insoniyatning 

ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg’usi Bilan 

birgalikda  yetilgan.  Ma’naviyat  insonga  ona  suti,  ota  namunasi,  ajdodlar  o’giti 

bilan  birga  singadi.  Ona  tilining  buyuk  ahamiyati  shundaki,  u  ma’naviyat  belgisi 

sifatida  kishilarni  yaqin  qilib  jipslashtiradi.  Tabiatga  yaqinlik,  jonajon  o`lkaning 

benihoyat go’zalligidan bahramand bo’lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. 

Ma’naviyat  o’z  xalqining  tarixini,  uning  madaniyati  va  vazifalarini  chuqur  bilish 

va tushinib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.

1

 

Ma’naviyati  yuksak  shaxslar  yurtni  tanitadi.  Shaxsni  esa  uning  ma’naviy 



qiyofasi  tanitadi.  Ma’naviyat–tarbiyadan  boshlanadi.  Ta’lim  –  tarbiyasiz 

ma’naviyatning bo’lmasligi barchaga ayon haqiqatdir. 

Milliy  pedagogika  asoschilaridan  biri  Abdulla  Avloniyning  “Tarbiya  biz 

uchun  yo  hayot,  yo  mamot,  yo  najot  –  yo  halokat,  yo  sadoqat,  yo  falokat 

masalasidir!” degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi. 

Respublikamiz  hukumati  tomonidan  mustaqillikning  ilk  yillaridanoq, 

jismonan  sog’lom,  ma’nan  yetuk  shaxs  yaratishga  e’tibor  berila  boshlandi.  Bu 

                                                 

1

 Рахимжонов Н. “Ёшлар иqтисодий тафаккурини шакллантиришда оиланинг роли” Т., 2005 (Б.М.И.) 




boradagi  ishlarni  aniq,  maqsadli  amalga  oshirish  uchun  davlat  ahamiyatiga  molik 

dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.

1

 

Mazkur “Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti” fanining o’qitilishi ham aynan ushbu 



qarorga asosan pedagogikaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan. 

Bunda  uslubiyot  tarbiya  nazariyasining  umumiy  qoidalariga  asoslanishi,  lekin 

ularni  takrorlamasligi,  bu  qoidalarni  ro’yobga  chiqarish  usullarining  vositalari, 

yo’llari va shakllaridan iborat bo’lishi lozim. 

Tarbiyaviy  ish  uslubiyotini  o’rganish  talabalarni      tarbiyalashning  umumiy 

masalalarini mustaqil,  ijodiy va dadil hal qilishga tayyorlashi lozim. 

Tarbiyaviy  ishlarni  davr  talabiga  javob  beradigan  holatga  keltirishi  uchun 

tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor   

shaxs  shaxsiga  qaratilishi,  yillar  davomida  to’plangan  ijobiy  tajribadan  unumli 

foydalanish zarurligini taqazo etadi. 

Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining  bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy 

axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy,  ma’naviy  –  tarixiy  an’analarga  ,  urf  – 

odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  samarali,  tashkiliy, 

pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. 

Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  fanining  asosiy  vazifasi  esa  –  shaxsning  aqliy 

erkin  fikrlovchi  va  jismoniy  rivojlanishi,  uning  qobiliyatlarini  har  tomonlama 

ochish uchun imkoniyat yaratishdir. 

Buning  uchun:  yoshlarni  erkin  fikrlashga  tayyorlash,  hayot  mazmunini 

tushunib  olishga  ko’maklashish,  o’z  –  o’zini  idora  va  nazorat  qila  bilishni 

shakllantirish,  o’z  shaxsiy  turmushiga  maqsadli  yondoshuv,  ularda  reja  va  amal 

birligi hissini uyg’otish; 

Talabalarda  madaniy  hamda  dunyoviy  bilimlarni  egallashga  bo’lgan 

talablarini  shakllantirish,  malaka  hosil  qildirish,  tobora  o’stirib–boyitib  borish  va 

estetik tushunchalarni shakllantirish; 

Har  bir  o’smirning  bilimdonligini  va  ijodiy  imkoniyatlarini  aniqlab,  ularni 

rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish; 

Insonparvarlik  odobi  me’yorlarini  shakllantirish  (bir–birini  tushinadigan, 

mehribon,  shafqatli,  irqiy  kamsitishlarga  yo’l  qo’ymaslik)  muomala  odobi  kabi 

tarbiya vositalari  keng qo’llanishi lozim. 

Tarbiya  –  tarbiyalanuvchi  shaxsini  oliy  ijtimoiy  qadriyat  deb  tan  olish,  har 

bir      shaxs,  o’smir  va  yosh  yigit  –  qizning  betakror  va  o’ziga  xosligini  e’tiborga 

olish; 


Amalda  tarbiyaviy  jarayon  yaxlit  va  uzluksiz  ishiga    va  turli  yoshdagi 

tarbiyalanuvchilarni qamrab olishiga alohida ahamiyat berish lozim. 

O’smir  yigit  va  qizlar  nafaqat  bo’lg’usi  katta  hayotga  tayyorgarlik 

ko’radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. 

Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  “Pedagogika”  fanining  bir  qismi  bo’lib,  fan 

sifatida  ajralib  chiqdi.  Va  o’zining  nazariy,  uslubiy,  Amaliy  asoslarini  yaratdi. 

Natijada  tarbiyaviy  ishlarning  tarmoqlari  vujudga  keldi.  Tarbiyaviy  ishlar 

                                                 

1

  З. Қурбаниязова “Тарбиявий ишлар жараёнида тарбияланувчиларда миллий o’зликни англашни 



шакллантришнинг педагогик асослари”  номзодлик диссертацияси. Т., 2002. 


uslubiyoti  fani  bir  necha      qismga  bo’lib  o’rganiladi.  Bular  quydagilardir: 

“Odobnoma  fanini  o’qitish”  metodikasi,    “Jamoani  tashkil  qilish”  metodikasi,  

“Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil etish” metodikasi hamda “Yoshlarni 

tarbiyalashda  oila,  mahalla  hamkorligini  amalga  oshirish”  metodikasi  va 

hakozolar.  

Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  “Pedagogika”  fanining  bir  qismi  bo’lib,  fan 

sifatida  qaraladi  va  o’zining  nazariy,  uslubiy,  amaliy  asoslarini  yaratdi.  Natijada 

tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fani bir 

necha   qismga bo’lib o’rganiladi. 

Demak  bu  fanni  o’qitishdan  maqsad  kelajakda  talabalarimizga  ta’lim 

muassasalarida ta’lim – tarbiyaga  davr talablaridan kelib chiqqan holda yangicha 

yondoshishni,  ishni  sifat,  mazmun  jihatdan  to’g’ri  tashkil  etishni  o’rgatishdan 

iboratdir. 

 Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  fanining    bosh  maqsadi  –  yosh  avlodni 

ma’naviy  axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy,  ma’naviy  –  tarixiy 

an’analarga  ,  urf  –  odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan 

samarali,  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalarni  ishlab  chiqib  amalga  joriy 

etishdir. 

Pedagogik texnika – bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga 

tarbiyalanuvchilar  ko’rib  va  eshitib  turgan  narsalar  orqali  ularga  o’z  fikrlari  va 

qalbini  yetkazish  imkonini  beradi.  Talabalar  bilan  bevosita  muomala  qilishda 

pedagogning  xuddi  ana  shu  malakalari    (yoki  ularning  yo’qligi)  uning  xulq 

atvorida namoyon bo’ladi. 

Pedagogik  mahorat  bu  fahm  –  farosat  va  bilimlarning,  chinakam  ilmiy, 

tarbiyadagi  qiyinchiliklarni  yengishga  qodir  bo’lgan  nufuzli  rahbarlikning, 

talabalar  qalbining  qandayligini  his  qilish  mahorati,  ichki  dunyosi  nozik  va  zaif 

bo’lgan  talaba  shaxsiga  mohirlik  bilan  avaylab  yondoshishi,  donolik  va  ijodiy 

dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir. 

Pedagogik  texnikani  egallashning  asosiy  yo’llari  pedagog  rahbarligidagi 

mashg’ulotlar (pedagogik texnikani o’rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan 

o’z  –  o’zini  tarbiyalash)  dir.  Pedagogik  texnika  malakalarining  individual  – 

shaxsiy  tusda  ekanligini  hisobga  olib,  pedagogik  texnikani  egallashda  va  uni 

takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z – o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida 

mohir  pedagog  shaxsiy  fazilatlarini  va  kasbiy  malakalarini  shakllantirishga 

qaratilgan faoliyat yetakchi rol o’ynaydi. 

O’zbekistonning  mustaqilligi  tufayli  ota  –  bobolarimizning  axloq  –  odob 

haqidagi hikmatli hikoyalari, naql – rivoyatlari yoshlarning ma’naviy qadriyatlarini 

shakllantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Buni  biz    Odobnoma  fanining 

o’qitilishi  misolida ko’rishimiz  mumkin. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda esa 

har bir pedagog axloq odob haqidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak. 

Tarbiyaviy  ishlar  uslubiyoti  fanini  o’qitishda  jamoani  tashkil  qilish 

metodikasiga katta e’tibor beriladi, chunki   shaxsni  jamoada tarbiyalash bilangina 

jamiyatni yuksaltirish mumkin.  Bu vazifalarni esa biz odatda guruh rahbarlarining 

zimmasiga  yuklaymiz.  Guruh  rahbarlari  o’z  navbatida  guruhdagi  talabalarning 




bevosita  ta’lim  –  tarbiya  jarayoni,  ya’ni  darslar davomida hamda  darsdan keyingi 

faoliyatini nazorat qilishga ma’suldirlar. 

Keyingi  yillarda  davlatimiza  qabul  qilinayotgan  ta’lim  va  tarbiya 

to’g’risidagi  qator  me’yoriy  hujjatlar,  jumladan  «Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni, 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  muvaffaqiyatli 

ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila,  mahalla va o’quv 

maskanlarining nufuzini yanada yuqori pag’onaga ko’tarishni taqozo etadi. 

Shu maqsadda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va uni to’g’ri yo’lga qo’yish 

maqsadida biz sizlar bilan o’qish  davomida ushbu uslublardan foydalangan holda 

darslarni  tashkil  etamiz.  Va  har  bir  yo’nalishga  alohida  to’xtalib  o’tishga  harakat 

qilamiz. 

Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda  huquq 

–  tartibot  organlari,  ijodiy  uyushmalar,  Davlat  va  nodavlat  jamg’armalar, 

qo’mitalar  va  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  ish  olib  borilsa  maqsadga  muvofiq 

bo’lar edi. 

 Tarbiya-  ma’naviy  manbalar    va  hozirgi  zamon  talablari  va  ehtiyojlarini 

nazarda tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan  aniq bir maqsadga  qaratilgan 

o’zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Bugungi kunda tarbiya metodlarini quyidagi 

guruhlarga ajratish mumkin: 

1.So’z orqali ifodalash  metodi. 

2.Ko’rgazmalilik metodi. 

3.Amaliy, na`muna 

 

 

 



 

        4Rag’batlantirish  va 

jazolash . 

Birinchi  guruh-  so’z  orqali  fikrni  bayon  etish,  maslahat  berish,yo’naltirish, 

suhbat, hikoya, ma’ruza. 

Ikkinchi guruh-kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va adabiyot. 

Uchinchi  guruh-  tarbiya  ma’lumotlarini  Amaliy  mehnat  xarakatlari  orqali 

berish, o’rnak ko’rsatish, namuna va ibratdan foydalanish. 

To’rtinchi  guruh-  talabalarni  yaxshi  bajarilgan  ish  uchun  rag’batlantirish. 

Rag’batlantirish  ma’naviy  va  moddiy  ko’rinishlarda  bo’lishi  mumkin.    Jazolash 

metodi  ham  kam  ishlatilishiga  qaramasdan    o’zining  ma’lum  ta’sir  kuchiga  ega. 

Jazolashga- tanbeh berish, qattiq ogohlantirish, uyaltirish kabilar kiradi. 




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin