Guruh rahbari faoliyatini tashkil etish va boshqarish.
1.Guruh rahbarining shaxs va jamoani o’rganishi, tarbiyaviy ishlarni
tashkillashtirish.
2.. Guruh rahbarining shaxs va jamoani o’rganishi va tarbiyaviy ishlar
jarayonini rivojlantirish yo’llari.
3. Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari.
4.Guruh rahbarining faoliyati.
5.Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan
faoliyati.
6.Mustaqillik sharoitida tarbiyaviy ishlar jarayoniga va guruh rahbari
faoliyatiga qo’yilgan talablar
Tarbiya jarayoni va uning natijasi ishning qay darajada tashkil
etilganligi va undan keladigan samaraga bog’liq. Gurux rahbari tarbiya
ishini gurux miqyosida hal etishda istiqbolni tasavvur eta olsa, kelajakni
ko’ra bilish maxoratiga ega bo’lsagina u muvofaqqiyat bilan ishlay oladi.
Hozirgi kunda mexnatni ilmiy asosda tashkil etish davrning muxim
talabi bo’lib qoldi. Shu boisdan ham gurux raxbari ishini ilmiy asosda
tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: o’z ishida tarbiyaning
umumiy maqsadini xisobga olgan holda shu kun uchun muxim bo’lgan aniq
maqsadni belgilash: bolalar jamoasining xususiyatidan kelib chiqadigan
vazifalarni tushuntirish; tarbiyaning umumiy qonuniyatlari va prinsiplarini,
talabalarga ta’sir etishning shakli, metodi, vositalarini yaxshi bilish; bolalar
guruxini idora qilish qoidalari va jamoani rivojlantirish qonunlarini bilish
kabilar.
Tarbiyada ijod qilmay ishlash mumkin emas. Agar gurux raxbari o’z
ishidagi xar bir qadamining pedagogik ma’nosini yaxshi bilsa, u talabalar
qalbining muxandisiga aylanadi, aks holda esa oddiy bir hunarmand bo’lib,
qoladi xolos.
So’nggi yillarda talabalarning ehtiyoji va talabalar doirasi beqiyos
darajada o’sib, o’zgaradi. Fan-texnika yangiliklari, ilmiy ommabop kitoblar,
yoshlarning texnik va badiiy jurnallari, kino va talabalarni boy manbaalar
bilan tanishtirmoqda. Agar gurux raxbarining guruxdagi ishlari talabalarning
ana shu axborotlardan kelib chiqayotgan eextiyojlari darajasiga loyiq bo’lmas
ekan, unda ishlashda ko’chirmachilik, shaklbozlik vujudga keladi va gurux
rahbari tashkil etayotgan ish talabalardan o’sishdan orqada qolganligi uchun
unga qiziqish susayadi. Shuning uchun gurux rahbari o’z ishini
rejalashtirishda, talabalarning rivojlanish darajasini, extiyojlarini, jamoa
taraqqiyoti bosqichlari, kamolot tashkiloti faolligini va imkoniyatlarini
hisobga olishi kerak.
Buning uchun gurux rahbarining rejasi:
Birinchidan, o’z mazmuniga ko’ra g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy foydali
yo’nalishga qaratilgan bo’lishi, ya’ni jamiyatning va boshqalarning foydasiga
qaratilgan ishlarga alohida e’tibor berish;
Ikkinchidan, tarbiyaning yo’nalishini, talabalarga ta’sir etish vositalarini
maqsadga muvofiq tanlash, ya’ni reja mo’ljallanayotgan ishlar nimaga va
kimga qaratilganligini aniqlash;
Uchinchidan, rejadagi ishlar aniq - umumiy maqsadga bo’ysuntirilgan,
bajaruvchilari, vaqti, ish shakli ko’rsatilgan bo’lishi;
To’rtinchidan, rejadagi ishlar talabalar kuchiga va yoshiga mos kelishi;
Beshinchidan, talabalar qiziqishiga asoslanishi va ehtiyojlaridan kelib
chiqishi;
Oltinchidan, mo’ljaldagi ishlarni bajarishda butun jamoaning va yakka
shaxslarning ishtirokini xisobga olish;
Ettinchidan, bajarilishi lozim bo’lgan barcha ishlar oldindan xammaga
ma’lum qilinishi kabi talablarga javob berishi lozim.
Tajribada gurux raxbarining ich xil rejasi o’zini oqladi, bular
istiqbolli rejalar (uzoq muddatli mo’ljallab tuziladi va u ayni paytda gurux,
undagi har bir shaxsni tarbiyalashning umumiy dasturi ham bo’lib xizmat
qiladi), taqvim reja(odatda bir oy uchun tuzilib, shu oyning har bir kuni
uchun mo’ljallanadigan aniq ishlarni o’zida aks ettiradi), alohida tarbiyaviy
tadbir uchun tuziladigan reja konspekt (ba’zan u tarbiyaviy tadbirning
tssenariysi deb ham yuritiladi).
Reja qanday bo’lishdan qat’iy nazar tarbiyaviy faoliyat mazmunini,
guruh talabalari jamoasining rivojlanish istiqbolini aks ettirish kerak.
Eng yaxshi gurux rahbarlarning ilg’or tajribasi asosida o’zida quyidagi
bo’limlarni aks ettiruvchi tahminiy reja chizmasini tavsiya qilamiz:
1. Gurux rahbarining guruh bilan olib boradigan ishlarning asosiy
yo’nalishlari bo’limi. Bu bo’lim: «Guruhni tashkil etish», «Ғoyaviy axloqiy
tabiya», «Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llash», «Oila va jamoatchilik
bilan hamkorlik» kabi moslamalarni o’z ichiga oladi.
Endi shu masalalarning har birining mazmunini ko’rib chiqaylik.
Guruxni tashkil etish-bunda talabalarning o’zini-o’zi boshqarish o’rgonlari
ishiga pedagogik rahbarlikning ta’minlanishi ko’zda tutiladi. Shu maqsadda
gurux majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari,
faollar bilan ishlash ko’zda tutiladi. Shu maqsadda guruh majlislarining kun
tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko’zda
tutiladi.
Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llashda talabalar uchun o’qish
va o’quv ishini oqilona tashkil etish, shuningdek o’ziga-o’zi xizmat, ijtimoiy
foydali mehnat, texnik ixtirochilik, kasb tanlash ishlarini tashkil etish bilan
bog’liq tadbirlar ko’rsatiladi.
Kechalar, ertaliklar, kitobxonlar anjumani, suhbatlar o’tkazish, ko’rilgan
kinofilm va spektaklni muhokama qilish, havaskorlar to’garagi qo’shiq va
badiiy o’qish tanlovi, rasmlar ko’rigi, muzey va ko’rgazmalarga borish,
«Talabalar va yoshlar musiqasi» xaftaligi, kino, teatrlarga borish—bularning
hammasi estetik tarbiya masalasining mazmunini tashkil etadi.
2. Pedagogik jamoa bilan aloqa bo’limida guruhda dars berayotgan
o’qituvchilarni guruh tarbiyaviy ishlariga jalb qilish yo’llari talabalar uchun
qo’shimcha mashg’ulotlar, fan va ijodiy to’garaklar, munozaralar, ilmiy
anjumanlar, qiziqarli uchrashuvlar, fan haftaliklari bilan bog’liq ishlar
yoritiladi.
Oila va jamoatchilik bilan ishlash bo’limida esa oila va o’quv
yurtining talabalarga qo’yadigan axloqiy talablarni ishlab chiqishga
qaratilgan tadbirlar ko’rsatiladi, ota-onalar va jamoatchilikning guruh hayotini
va faoliyatini tashkil etishda qanday yordamlar berishlari belgilab chiqiladi,
ota-onalar majlislari va ota-onalar uchun tashkil etiladigan suhbat, ma’ruza
anjumanlarning mavzulari, kimning oilasiga borishi va boshqa bir qator
ishlar aniqlashtiriladi. Ayniqsa, bu o’rinda jamoatchilik bilan hamkorlik,
chunonchi, ishlab chiqarish korxonalarida, turar joylarning oila va o’quv
yurtiga yordam beruvchi komissiyalari bilan aloqalar, ularni guruh hayotiga
jalb qilish yo’llari va shaklini belgilashda alohida e’tibor berish lozim.
Rejalashtirishda har bir bo’limda ko’plab tadbirlarni ko’rsatish shart
emas. Chunki har bir tadbir hamisha bir necha tarbiyaviy vazifani hal qiladi.
Ishning muvaffaqiyatini tadyuirlarning miqdori emas balki talabalarga
tarbiyaviy ta’sir etishning darajasi sifati va tizimini belgilashni hayotiy
tajribalar ham ko’rsatmoqda.
Reja bir oylik, choraklik, yarim yillik qilib tuzilishi mumkin.
Guruh rahbari uchun esa qaysi bir qulay bo’lsa, u shunisini qo’llashi
foydalidir. Guruh rahbari rejasi bir nushada qilib direktor tasdig’idag o’tgach
uning (guruh rahbarining)o’zida saqlanadi.
Reja harakat dasturi bo’lib, amalga oshirilishini ta’minlash uchun
taqvim reja tuziladi. Taqvim bir chorakka, ko’pincha bir oyga mo’ljallanadi.
Uning aniq bo’lishi va rejalarning amalga oshirilishini ta’minlanishi uchun
guruh rahbari shu muddat ichida o’quv yurti miqyosida o’tishi mumkin
bo’lgan an’anaviy ishlarni to’la hisobga olish kerak. Masalan, sentyabrda
o’quv yilining boshlanishi bilan bog’liq «Bilimlar kuni, so’nggi qo’ng’iroq
kuni», «Talaba yoshlar kuni», «O’qituvchilar kuni» an’anaviy ishlardir.
Shuningdek, o’quv yurtida har oyning oxirgi juma kuni «Ma’naviyat va
ma’rifat kuni» deb e’lon qilingan va u an’anaga aylangan. Shu kuni guruhlar
o’rtasida suxbatlar, bellashuvlar, qo’shiq—she’riyat kechalari, uchrashuvlar
va boshqalar o’tkaziladi. Bunda alohida xafta yoki o’n kunliklar ma’lum bir
sohaga bag’ishlanadi, chunonchi sa’nat haftasi, texnik ijod va fan haftaligi,
mehnat xaftaligi, sport o’n kunligi va hakazolar. Hafta kunlarini ham
psixologik imkoniyatga qarab band qilish yaxshi va foydali bo’ladi, masalan,
dushanba ancha qiyin o’tadi, shu kunga yorqin, emotsional ta’siri kuchli
ishlarni (bayram uchrashuvlari, tanlov natijalarini chiqarish va boshqalar),
shanba ancha lanj o’tadi, chunki hafta oxirlab qolganligi tufayli toliqish
kuchayadi, shu boisdan ha bunga tetiklik, quvnoqlik baxsh etadigan ishlarni
yakshanbaga esa hordiq chiqarib, kuch to’plashga ta’sir etadigan ishlarni
mo’ljallash foydali bo’ladi. Taqvim rejaga mavsum ham ta’sir etadi: iliq
kuz, quyoshli bahor kunlari ochiq xavoda o’yin, mehnat bilan bog’liq ishlarni
tashkil etish; yomg’irli va ayozli kunlarda og’zaki ish shakllaridan ko’proq
foydalanish(ular bino ichida o’tadi) maqsadga muvofiqdir.
To’garak ishlari, yig’in va majlislar, suxbat va ma’ruzalar munozara va
siyosiy o’qish –axborot kabi ish shakllaridan haftaning o’rta kunlarida
foydalanish ayni muddaodir. Taqvim rejada an’ana bo’lib qolgan ishlarga keng
o’rin beriladi. Odatda esa ularning hamisha bir xilda o’taverishi hollariga du
kelamiz. Bu tadbirlar shu darajada ommalashib ketganki, ular ko’pincha
bolalarda hafsalassizlik kayfiyatini uyg’otadi va qiziqishlarni sovitadi.
Masalan, «Mustaqillik kuni» bayram qilinishi, «Bilimlar kuni» o’tkazilishi
bularning barchasi tantanali, badiiy va ommaviy qismdan tashkil topadi.
Ammo bu ishlarni uyushtirish shakli bir xilligi tufayli xam uning ta’siri kam
bo’lib qoladi va ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Shuning uchun guruh
rahbari, aytaylik, armiya kuni uchun o’tadigan ishlarni xar yili yangi
mazmunda uyushtirsa va yildan, yilga o’zgartirib borsa, u holda talabalarning
faolligi ortadi, ulardan tashabbus ko’rsatish, manfaatdorlik o’sadi. Masalan,
aytaylik, birinchi yili «Vatan himoyachilar kuni»ga atab bayram kechasi,
ikkinchi yili «Motamsaro ona» haykaliga gulchambar qo’yish, keyingi yili
otish, mo’ljalga olish, to’siqni yengish bo’yicha musobaqa uyushtirish rejaga
kiritilsa va o’tkazilsa bu mazmuniy jixatidan rang-barang bo’ladi. Bu
ishlarga tayyorgarlik davrida armiyamiz tarixiga oid badiiy va ommabop
kinofilmlarni tomosha qilish va muxokama etish, mo’yqalam ixlosmandlari
tanlovini e’lon qilish kabilar ham rejadan o’rin olish kerak. Agar xar yilii
ana shu ishlardan biri tanlanib taqvim rejaga kiritilsa, natija yaxshi bo’ladi.
Guruh rahbarining rejasidagi guruxning faoliyatiga oid ishlar bir necha
parallel guruh qatnashuvida kuchlarning birlashtirib o’tkazilishi vaqtni va
kuchni tejaydi. Guruh rahbari tanlaydigan gurux faoliyati ma’lum bir aniq
maqsadga bo’ysindirilsa, samarali bo’ladi. Masalan, «Kamolot» tashkilotining
tashkil topishi guruh raxbarining yangi a’zolarining yetakchilik, tashkilotchilik
imkoniyatini ta’minlashga, umumjamoa tashkilotida yoshlarning biror ishni
bajarish va boshqalarga erishishni uyushtirishga hamda ularni guruhning
an’analarini yaratishga g’amxo’rlik qilish maxoratiga bog’liq. Rejada ana shu
maqsadga xizmat etadigan aniq ish shakllari aks ettirilishi zarur.
Guruh rahbarining taqvim rejasi quyidagi chizmada bo’lishi mumkin.
Biz keltirgan bu ish taxminiydir. Ammo xar bir gurux raxbariga o’z gurux
sharoiti va imkoniyatiga qarab ishini rejalashtirish va tahlil qilishda u namuna
bo’la oladi.
Guruh rahbari o’zi uchun bir haftaga mo’ljallab reja tuzib olsa yaxshi
bo’ladi. Bunga kundalik ish mazmuni, bajaruvchilar ko’rsatiladi, haftalik reja
qisqa vaqtga mo’ljallanganligi uchun ham u guruh hayotida, o’quv yurtida,
ijtimoiy hayotda ro’y beradigan voqea va hodisalarga tasodifiy vujudga
kelgan ehtiyoj va zaruriyatlarga muvofiq ishlarni belgilash va tegishli
o’zgartirishlar kiritish uchun qulaylik tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: |