O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Tibbiy  deontologiya (grekcha  deon,  deontos –  zarur,  lozim 
bo‘lgan) tibbiy xodimlarning kasbiy majburiyati haqidagi fandir. 
Tibbiy  xodim  o‘z  vazifasini  bajarishi  davrida  samimiy  va  ochiq 
ko‘ngil  bo‘lishi  bilan  birga  hamma  muammolarni  tibbiy 
deontologiya  haqidagi  bilimlariga  asoslangan  holda  hal  qilishi, 
kerak bo‘lsa tibbiy xodim va mijoz o‘rtasidagi huquqiy jihatlarga 
tayanishi kerak.  
Tibbiyotning  to‘xtamay  rivojlanishi  va  aholi  bilimlarining 
o‘sishi  tibbiy  deontologiyaning  rivojlanishiga  sabab  bo‘ldi. 
Shunday qilib, tibbiy xodimning shaxs bo‘lib yetishishi quyida-
gilarga bog‘liqdir: 
• maxsus bilimlar; 
• maxsus ko‘nikmalar; 
•  o‘ziga  xos  tibbiy  xarakter,  mushohada  uslubi  va  xulq  - 
atvor. 
Tibbiy-ijtimoiy  xodimning  har  kunlik  faoliyati  samimiylik, 
hozirjavoblik,  mehribonlik,  qayg‘urish  va  diqqatni  talab  etadi. 
Og‘ir  bemorni  parvarish  qilishda  tibbiy  -  ijtimoiy  xodimlarga 
tugalmas sabr va o‘zganing og‘irini yurakdan his qilish zarurdir. 


22 
Tibbiy-ijtimoiy  xodimning  asosiy  vazifasi:  salomatlikni  mustah-
kamlash, kasalliklarni oldini olish, salomatlikni tiklash va bemor 
azoblarini  yengillashtirishdir.  Tibbiy-ijtimoiy  xodim  hayotga 
hurmat  bilan  qarashi,  har  bir  insonning  millatidan,  irqidan, 
yoshidan,  jinsidan,  siyosiy  qarashidan  va  ijtimoiy  kelib 
chiqishidan  qat’i  nazar  hurmat  qilishi  lozimdir.  O‘z  majbu-
riyatini bajara turib, tibbiy - ijtimoiy xodim o‘z xatti - harakati 
bilan shu kasbga nisbatan hurmat uyg‘ota olishi kerak.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin