S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
24
TIBBIY ETIKET VA JAMOADAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR Odamlar bilan birinchi uchrashganda tibbiy-ijtimoiy xodim
uchrashuvni shunday uyushtirishi kerakki, bu davolash - tashxis
jarayonini keyingi bosqichlariga ijobiy ta’sir qilsin. Birinchi
taassurot keyingi munosabatlarni qanday kechishini belgilaydi.
Shuninig uchun tibbiy-ijtimoiy xodim o‘zi haqida bemorlar
«O‘z ishini yaxshi biladigan, mehribon, e’tiborli» degan fikr
qolishiga harakat qilishi kerak. Ana shular tibbiy ijtimoiy xodim
va bemorlar o‘rtasida kelgusida munosibatlar qanday kechishini
belgilaydi.
Tibbiy etiket ikki ajralmas tarkibdan tashkil topgan: ish
jamoasidagi xodimlarning o‘zaro munosabati va tibbiy-ijtimoiy
xodim va bemor o‘rtasidagi munosabat etiketi. Ish joyida
subordinatsiya qoidalariga rioya qilish talab qilinadi (o‘zidan
katta lavozimdagilarga bo‘ysunish). Bu holat jamoadagi intizom
saqlanishini, bemorlarni parvarishlashning o‘ziga xosligini va
rahbarlarni hurmatini ta’minlashni ta’minlaydi. Tibbiy etiket
xodimlarni bir - birlariga qo‘pollik qilmasdan, o‘zaro hurmat
bilan muloqotda bo‘lishlarini talab qiladi. Davolash va
parvarishlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni, shifokorning xatti -
harakatlarini bemorlar va ularning yaqinlari bilan muhokama
qilish mumkin emas.
Etiket tashqi ko‘rinishga ham e’tibor bilan qarashni talab
etadi. Tibbiy - ijtimoiy xodim kasbini ko‘rsatib turuvchi toza va
ozoda maxsus kiyim kiyishi qabul qilingan. Yorqin makiyaj va
manikyur qilish, turli taqinchoqlar taqish taqiqlanadi. Turmak
kalta bo‘lishi kerak. Agar soch o‘zun bo‘lsa, rezina yoki
to‘g‘nag‘ich bilan yig‘ib, qalpoq ostiga tiqiladi. Esingizda tursin:
sizning tashqi qiyofangiz professional mahoratli odamning
ko‘rinishi sifatida baholanadi va obyekt, uning oilasining ilk
taassurotiga va u bilan ishonchli munosabatlarni yaratishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Tibbiy - ijtimoiy xodim va bemorlar o‘rtasidagi munosi-
batlar alohida ahamiyatga egadir. Tibbiy - ijtimoiy xodim
bemorlarning salomatlik holati va ruhiyatini tushunishi va uning
injiqliklariga nisbatan sabrli bo‘lishi lozimdir. Bemorlarga
25
bajarish imkoni bo‘lmagan ortiqcha va’dalarni bermang. Kasbiy
etiket til topishish qiyin bo‘lgan bemorlar yuragiga yo‘l topishni
talab qiladi.