O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Shifokorlik siri. Shifokorlik siri qadim zamonlardan saqlanib 
kelgan.  Buqrot  ham  o‘z  qasamiyodida  tibbiy  xodimlarga 
shifokorlik  sirini  saqlash  majburiyatini  qo‘ygan.  Kasbiy  faoliyat 
davrida  aniqlangan  bemor  kasalligiga,  shaxsiy  hayotiga  va 
oilasiga  tegishli  ma’lumotlarni  hech  bir  tibbiy  xodim  bemor 
roziligisiz  birovga  aytishi  mumkin  emas.  Shuningdek,  jismoniy 
nuqsonlar,  zararli  odatlar  va  mol  -  mulkka  daxldorlik  ham  sir 
saqlanishi  lozim.  Asosan,  shifokorlik  sirini  tibbiyot  xodimlari 
ehtiyotsizlik  yoki  mas’uliyatsizlik  sababli  oshkor  qilishlari 
mumkin.  Bu  ma’lumotlarni  tibbiy  xodim  faqat  bemor  roziligi 
bilan uchinchi shaxslarga ma’lum qilishi mumkindir. Shifokorlik 
sirini  oshkor  qilgan  tibbiy  xodimlar  shaxsiy  axloqiy,  ba’zan 
jinoiy  javobgarlikka  tortiladilar.  Lekin  shunday  holatlar  bo‘la-
diki,  shifokorlik  sirini  fuqaro  va  uning  qonuniy  vakilining 
roziligisiz  oshkor  qilish  mumkin  (tibbiy  ijtimoiy  xodim  o‘z 
mijozlarini himoya qilish maqsadida ularni bilishi zarurdir!) 
• yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va shikastlanishlarning 
keng aholi orasiga tarqalish xavfi bo‘lganda; 
•  o‘zidagi  kasallik  holati  tufayli  shaxsiyatini  himoya  qila 
olmaydigan bemorlarni tekshirish va davolash maqsadida; 
•  tergov  yoki  surishtiruv  ishlarini  olib  borish  jarayonida 
tergov, prokuratura va sud xodimlarining talabiga ko‘ra; 
• voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish va ularning ota - 
onalari yoki vasiylariga ma’lumot berish maqsadida; 
•  bemor  salomatligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi  degan  fikr 
bo‘lganda. 
Tibbiy  deontologiyaning  zamonaviy  bosqichida  shifokorlik 
siridan  ko‘ra  tibbiyot  xodim  va  bemor  o‘rtasida  konfidensiallik 
(ishonch) ko‘proq qabul qilingan. Chunki bemor o‘ziga tegishli 
barcha  ma’lumotni  bilishi  shartdir.  Tibbiy  xodim  va  bemor 


23 
o‘rtasidagi  munosibat  andozasi  quyidagicha  bo‘lgani  ma’quldir: 
bemor  barcha  ma’lumotni  bilishga  haqli,  tibbiy  yordam 
ko‘rinishini  tanlashi  va  uni  nazorat  qilishi  lozimdir.  Shifokor 
bunda mas’ul ekspert rolida faoliyat ko‘rsatadi. 
Fan  va  texnikaning  jadal  rivojlanishi  tibbiyotning  ancha 
oldinlab ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada, yangi dori moddalari, 
yangi  diagnostik  davolash  asbob  -  uskunalari  paydo  bo‘ldi. 
Organ va  to‘qimalarni ko‘chirib  o‘tkazish,  bepushtlikdan aziyat 
chekayotgan ayollarni sun’iy urug‘lantirish, genetik kasalliklarni 
davolash,  insonni  jonlantirish  imkoniyatlari  paydo  bo‘ldi.  Bu 
tibbiy  etika  qarashlarini  qayta  ko‘rib  chiqishga  sabab  bo‘ldi. 
Natijada,  etikaning  yangi  yo‘nalishi  bioetika  (tiriklar  etikasi) 
rivojlana  boshladi.  Bioetika  bu  tirik  qolish  va  yashash  uchun 
sharoitlarni  yaxshilash  haqidagi  fandir.  Bioetika  –  davolash 
usullarini  tanlash  va  ilmiy  imkoniyatlarni  amaliyotda  qo‘llash 
javobgarligini oshirishdir. 
1991-yilda  tashkil  etilgan  Bioetiklar  Xalqaro  uyushmasi 
quyidagi  ta’rifni  bergan: 
«Bioetika  –  yangi  biotibbiy  texnolo-
giyalarni qo‘llaganda kelib chiqadigan ijtimoiy, huquqiy va etnik 
oqibatlarni  o‘rganuvchi  fandir
».  Bioetika  umuminsoniy  qadri-
yatlarni va axloqiy normalarni inkor etmaydi, balki ular asosida 
inson huquqi, har qanday tuzalmas kasallikka chalingan bemor-
larga  lozim  davolanish  huquqi  masalalarini  ko‘tarib  kelmoqda. 
U  yangi  texnologiyalarni  qo‘llash  natijasida  bemorlarga  yetka-
zilishi  mumkin  bo‘lgan  zarardan  himoya  qiladi. 
«Zarar 
yetkazma
» qonuni adolat va haqiqat tamoyillariga rioya qilishni 
talab qiladi. Shu bilan birga, bioetika inson salomatligini tashqi 
dunyo  bilan  bevosita  bog‘liqligini  ta’kidlab,  shifokorni,  tibbiyot 
hamshirasini,  tibbiy  -  ijtimoiy  xodimni  dunyo  bilan  hamohang 
yashashni  o‘rgatishi  va  kelajak  avlodga  uni  avaylab  saqlangan 
holda  qoldirilishini  o‘rgatishi  kerak.  Yangidan  yangi  tibbiyot 
texnologiyalar  zamonida  bioetika  yangi  texnologiyalarni 
insoniyatga  xizmat  qilishini  ta’minlab,  uni  insoniyatga,  uning 
nasliga,  tashqi  atrof  -  muhitga  salbiy  ta’sirini  oldini  olishi 
lozimdir.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin