21
Tibbiyotning yirik arboblari kasb qadr - qimmatini doimo
baland saqlaganlar. Bu xalqlarning tibbiyot xodimlariga zo‘r
ishonch bilan qarashiga sabab bo‘lgan.
Vijdon – bu kishilarning ichki axloqiy o‘z - o‘zini anglashi,
o‘z xulqi uchun javobgarlikni his qilishi, o‘z fikriga, tuyg‘ulariga
va xatti - harakatlariga jamiyat tomonidan amal qilinadigan
axloq normalariga nisbatan baho berishidir.
Nomus – umumiy ma’noda kishining ijtimoiy ahamiyatini,
ongliligini, ya’ni o‘z obro‘si va shuhratini, o‘z qadr-qimmatini
saqlashga intilishini ifodalaydi.
Tibbiy xodimga nafaqat o‘z salomatligini, balki o‘z hayotini
ishonib topshirgan bemor o‘z vaqtida samarali tibbiy yordam
olishga umidvor bo‘ladi. Shuning uchun u tibbiy xodimlarning
yuqori kasbiy mahoratiga, mehriga, shafqatiga ishonchi komil
bo‘lishi kerak. Tibbiy etika asoschilaridan biri Buqrot o‘z
asarlarida tibbiyot xodimlari nafaqat davolashlari, balki yuqori
etik me’yorlariga rioya qilishlari zarurligini qayd qilgan. U o‘z
asarlarida (
«Qasamyod», «Qonun», «Vrachlar haqida») tibbiy
etika tamoyillarga to‘xtalib o‘tgan.
Dostları ilə paylaş: