“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


Domna peching tuzilishi va ishlashi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix19.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#55763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

Domna peching tuzilishi va ishlashi. Hozirgi zamon domna pechi 5  - 10 yil 

davomida  uzluksiz  ishlovchi  shaxtaviy  pech  bo‟lib,  temir  rudalaridan  cho‟yan 

olishda foydaniladi. Domna pechi beshta asosiy qismdan tashkil topgan: koloshnik, 

shaxta, raspar, zaplechik va gorn. 

Koloshnik  konuslar  tizimidan  iborat  bo‟lib  ruda, flyus  va  yoqilg‟ini  to‟g‟ri  yuklash 

uchun  sharoit  yaratadi.  Pechning  koloshnik  qismi  tagidagi  pastga  tomon  kengayib 

boradigan,  kesik  konus  shaklli  eng  katta  qismi  shaxta  deb  ataladi.  Shaxta  silindr 

shaklidagi raspar deb ataluvchi qismi bilan tutashgan, bu yerda o‟tadigan jarayonlar 

natijasida  bekorchi  jinslar  shlakka  o‟tadi.  Rasparning  ostida  zaplechik  joylashgan 

bo‟lib, u ish jarayonida koks bilan to‟lgan bo‟ladi.  Pechning silindr shaklidagi eng 

pastki  qismi  gorn  deb  ataladi.    Gorn  pechning  eng  muhim  qismidir,  chunki  unda 

yoqilg‟i  yonadi  hamda  suyuq  metall  va  shlak  to‟planadi.    Gornning  tubi  leshchad 

deyiladi.  

Gorn, zaplechik, raspar  va shaxta hajmlarining  yig‟ndisiga  pechning  foydali  hajmi, 

gornning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori nuqtasigacha bo‟lgan ichki 

balandlik pechning foydali balandligi deb ataladi. 

  



 

21 


 

 

6-rasm. Domna pechining tuzilishi:  



1- cho‟yanni quyib olish uchun nov; 2-shlak uchun nov; 3-furma; 4-gaz chiqaruvchi 

trubalar; 5-yuklash qurilmasi; 6-havo haydovchi qism; 7-shlak tashigichlar; 8-

poydevor; 9-leshchad; 10-cho‟yan tashuvchi vagonchalar. 

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin