“Металл қуйиш усуллари” мавзусини



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/47
tarix19.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#55763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

 

 

 

 



 

19 


I.2.A). QORA МETALLLAR  ISHLAB CHHIQARISH 

 

Cho„yan ishlab chiqarish

Barcha  metallar  ikki  guruhga,  ya‟ni  qora  va  rangli 

metallarga bo„linadi. Qora metallar guruhiga temir va uning qotishmalari (cho„yan, 

po„lat),  rangli  metallarga  esa  qolgan  barcha  metallar  kiradi.  Turli  metall 

konstruksiyalar, mashina detallari, asosan, qora metall qotishmalari (cho„yan, po„lat) 

dan tayyorlanadi.  Sababi shundaki, bu qotishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi 

sof  metallarnikiga  qaraganda  oddiy  bo„lib,  mexanikaviy  va  texnologik  xossalari 

yuqoridir,  shuningdek,  qotishmalar  kimyoviy  tarkibini  va  strukturasini  o„zgartirish 

yo„li bilan ularning xossalarini o„zgartirish mumkin.  

 

Cho„yan  temirning  uglerodli  qotishmasi  bo„lib,  uning  tarkibida  uglerod 



miqdori  2,14%  dan  6,67%  gacha  bo„ladi.  Cho„yan  domna  pechlarida  temir 

ro„dalaridan suyuqlantirib olinadi.  Domna cho„yanlarining 80-85% i qayta ishlanib, 

undan po„lat olinadi.   

 

Asosiy  temir  rudalari.    Cho‟yan  ishlab  chiqarishda  foydalanadigan  tabiiy 



birikmalar  temir  rudalari  deb  ataladi.    Temir  rudalarida  temir  oksidlari  bilan  birga 

turli boshqa qo‟shimchalar - SiO2, Al2O3, CaO, MgO va boshqalar ham uchraydi.  

Temir bilan kimyoviy birkmagan moddalar bekorchi jinslar deb ataladi.  

 

Muhim  temir  rudalariga  magnitaviy  temirtosh  (Fe3O4),  qizil  temirtosh 



(Fe2O3),  qung‟ir  temirtosh  (2Fe2O3),  shpatli  temirtosh  (FeCo3),  temirli  kvarsitlar 

kiradi.  Tarkibida  70%  temir  bo‟lgan  magnitaviy  temirtosh,  65%  gacha  temiri 

bo‟lgan  qizil  temirtosh  eng  boy  rudalar  hisoblanadi.  Qo‟ng‟ir  temirtosh  temirga 

ancha  kambag‟al  bo‟lib,  rudada  temir  miqdori  25-50%  ni  tashkil  qiladi,  shpatli 

temirtoshida  temir  miqdori  35-37%  gat  eng,  eng  kambag‟al  temir  rudasi  temirli 

kvarsitlardir.  

 

Rudada  temir  oksidlaridan  tashqari  bekorchi  jinslar,  jumladan  kremnezem, 



tuproq,  oltingugurt,  fosfor  va  boshqa  aralashmalar  bo‟ladi.  Ularni  suyultirishgacha 

ham qisman yo‟qotish zarur. Shuning uchun rudadagi temir miqdorini ko‟paytirish 

maqsadida u boyitiladi, ya‟ni bekorchi jinslardan tozalanadi.   



 

20 


 

Rudani boyitish jarayonlariga qo‟ydagilar kiradi: 1) maydalash va g‟alvirlash; 

2)  yuvish;  3)  elektromagnit  yordamida  boyitish;  4)  rudani  qizdirish;  5)  mayda  va 

changsimon rudani yiriklashtirish ( aglomeratlash); 6) o‟rtachalash.  

 

Ruda  suyuqlantirishdan  oldin  boyitilsa-da,  bekorchi  jinslardan  butunlay  holi 



bo‟lmaydi.  Metallurgiya  jarayonida  ruda  tarkibida  qolgan  bekorchi  jinslar  va 

yoqilg‟ining  yonishida  ajraladigan kuldan qutilish  maqsadida domna  pechiga  flyus 

deb  ataluvchi  modda  kiritiladi.  Flyus  sifatida,  ohaktosh  (CaCO3),  dolomit 

(CaCO3(MdCO3),  qumtuproq  (SiO2)  lardan  foydalaniladi.  Pechga  kiritilgan  flyus 

rudadagi bekorchi jinslar, yoqilg‟i kuli va oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib, oson 

suyuqlanuvchan  va  yengil  birikma  (shlak)  hosil  qiladi,  bu  birikma  suyuqlangan 

metall sirtiga ko‟tariladi.  

 

Rudaning kimyoviy tarkibiga qarab, 1t cho‟yan olish uchun, odatda 0,2 - 0,5 t 



gacha flyus sarflanadi.  

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin