“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


Po‟lat  ishlab  chiqarish-



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/47
tarix19.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#55763
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

Po‟lat  ishlab  chiqarish-Po‟lat  mashinasozlikda  ishlatiladigan  muhim  metallardan 

biridir.  Cho‟yandan  farqli  ravishda po‟latda uglerod  va zararli  arlashmalar  kamroq 

bo‟ladi.  Shuning  uchun  po‟lat  olish  jarayoni  mazkur  elementlarni  chiqarib 

tashlashdan  iborat.  Kislorodli-konvertor,  marten  va  elektr  pechlarda  po‟lat  olish 

usullari asosiy usullar hisoblanadi.  

 

Konvertor  usuli.  Avvallari  konvertor  po‟lati  bessemer  va  tomas 

konvertorlarida  suyuq  cho‟yan  orqali  havo  haydalib  olinardi.  Hozirgi  vaqtda  esa 

yanada  ilg‟or  va  unumli  bo‟lgan  kislorodli-konvertor  suyultirish  usulidan 

foydalaniladi.    Bu  usulda  suyuq  po‟lat  solingan  konvertorga  yuqori  tomondan 



 

24 


kislorod  haydaladi.  Balandligi  11  m,  diametri  10  m  bo‟lagan  hozirgi  zamon 

konvertorlarining ish unumi yuqori (400 t).    

  

Konvertorning  tuzilish  sxemasi  7-rasmda  keltirilgan.  Konvertor  po‟lat  qobiq 



bilan  oralgan  bo‟lib,  uni  osongina  almashtirish  mumkin.  Konvertor  ustunlarga 

o‟rnatilgan,  u  sapfa  o‟qi  atrofida  erkin  aylana  oladi.    Bu  aylanish  konvertorni 

yuklash,  namuna  olish,  tayyor  po‟latni  chiqarish  uchun  zarurdir.  Jarayon 

quyidagidan  iborat:  avval  metall  parchalari  (ba‟zan  temir  rudasi)  solinadi,  so‟ngra 

suyuq  cho‟yan  quyuladi,  konvertor  vertical  holatga  o‟tkaziladi  va  cho‟yan  hamda 

rudadagi fosforni yo‟qotish uchun ohaktosh qo‟shiladi.  Suv bilan sovitilgan furma 

pastga  tushiriladi  va  kislorod  haydaladi.  Cho‟yan  aralashmalari  shiddat  bilan 

oksidlana boshlaydi. Birinchi navbatda temir oksidlanadi:   

2Fe+O

2

=2FeO+O. 



Bir  yo‟la  aralashmalar  ham  kislorod  va  FeO  bilan  quyidagi  reaksiyalar  bilan 

oksidlanadi: 

               Si + O

= SiO



+ Q;                           Mn + FeO = Fe + MnO + Q; 

2P + 5FeO = 5Fe + P

2

O



+ Q;           2S + O = 2CO - Q. 

So‟ngi reaksiya issiqlik yutish bilan kechadi, jarayon normal kechishi uchun issiqlik 

konvertorda  yetarli.  15-20  min  puflangach,    konvertor  og‟diriladi  va  undan  metall 

namuna olinadi. So‟ngra shlak chiqarib tashlanadi, konvertor qayta vertical holatga 

keltiriladi  va  puflash  davom  ettiriladi.  Bu  vaqt  ichida  oksidlanish  va  shlak  hosil 

bo‟lish jarayonlari quyidagi reaksiya bo‟yicha davom etadi: 

SiO


+ 2CaO = 2CaO

SiO


2

;         P

2

O



+ 4CaO = 4CaO

P



2

O

5



 

Ikkinchi  puflash  oxirida  FeO  dan  kislorodni  chiqarish  maqsadida  po‟latga 

oksidsizlantiruvchilar - ferroqotishmalar kiritiladi.  

 

Puflash  vaqti  konvertor  sig‟imiga,  belgilangan  po‟lat  markasiga,  analiz 



natijasiga  bog‟liq.  Konvertordagi  harorat  2000–2500

o

S  gacha  ko‟tariladi. 



Suyuqlantirish  50-60  min  davom  etadi.  Harorat  termoparalar  bilan  o‟lchanadi. 

Konvertorni boshqarish va undagi ba‟zi jarayonlar konvertordan bir necha o‟n metr 

uzoqlikdagi boshqarish pultidan amalga oshiriladi.  



 

25 


 

Kislorod konvertorlarida soatiga 400 t, marten pechlarida esa 80 – 100 t po‟lat 

suyuqlantirish mumkin. 

 

 



 

7 - rasm. Kislorod - konvertorning tuzilishi: 1-suyuq po‟lat chiqarish;  

2-kislorod haydash furmasi; 3-pechning og‟zi; 4-pechning   silindrik qismi;  

5-sapfa; 6-konvertorning sferik tubi. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin