Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar

Besh yulduz

Men sakkiz yoshda edim. Aqlli, maktabni, boshqa bolalar bilan oʻynashni, yangi

soch   tasmachalarini   maqtanishni   sevadigan   xushchaqchaq   qizcha.   Yulduzlari   hanuz

charaqlab turgan, “Oyijonim” sayyorasi gullab yashnayotgan, onalar jilmaygan, otalar

sevadigan, bolalar baxtli boʻlgan koinotga ega qizaloq. Kutilmaganda u uygʻonib ketadi

va besh dona yulduz oʻchib qolganini koʻradi. Nima boʻldi ekan? Nega ular yonmayapti?

Umidsizlikdan   onasini   chaqirishni   boshlaydi.   Javoban   esa   onasining   otasidan   uni

urmasligini   soʻrab   yolvorayotganini   eshitadi.   Onasi   yigʻlardi,   ovozlari   titrardi.

“Oʻtinaman.  Kechir. Keyingi  safar yaxshiroq  pishiraman”.  Bu  soʻzlarni  qizaloq  hech

qachon unutolmagandi. Sakkiz yosh vaqtidayoq u onasini shunchalik yaxshi koʻrardiki,

hattoki onasiga yordam berish uchun xonasidan otilib chiqqan edi. Sakkiz yoshli “men”

hozirgidan ancha jasoratliroq edi. U paytlar men hech narsadan qoʻrqmas edim, chunki

koʻp   narsalar   haqida   oʻylamasdim   ham.   Yoshing   ulgʻayib,   yanada   aqling   rasolashib

borgani sari esa, hamma narsa haqida bosh qotira boshlaysan. Qarabsanki, yoshlikdagi

jasurlik kamayib boradi. 

Masalan, “agar aralashsam, uni jahli battar chiqadi va onamni yanada qattiqroq urib

qoʻyishi   mumkin”   yoki   “agar   u   bilan   gaplashsam,   u   men   yoʻqligimdan   foydalanib,

onamga nimadir qilishi mumkin, onam esa yurganimda yana muammo paydo boʻlmasligi

uchun buni mendan yashiradi” kabi xayollar haqida oʻylay boshlaysan. Sakkiz yoshli

men   –   qora   tuynuklar   haqida   bilmas   edi.   U   shunchaki   koinot   ajoyib,   olmoslardek

charaqlab   turadigan   yulduzlardan   iborat   deb   bilardi.   Oʻshanda   xonasidan   chiqqanida,

hayotida koʻp narsalar haqida bilib olgandi. Gʻazab, befoyda oʻtinch, qoʻrquv nimaligini

va  eng  daxshati,  u suyukli  onasining  koʻzlaridagi  yoshni  koʻrgandi.  Va u  buni hech

qachon   unutmagandi.   Harakat   qildi.   Ammo   ongining   tubida   hanuzgacha   oʻsha   koʻz

yoshlarini xuddi mittigina yurakchasiga botgan xanjar singari eslab qolgandi. 

Ma’lumki, koinot kengayadi, ammo qizaloqning koinoti kichrayib borardi. Unda

“ishonchsizlik” va “nafrat” nomli qora tuynuk va meteoritlar paydo boʻlgandi. 


Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin