Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar

Birin ketin...

Buni   sir   saqlashga   majbur   edim.   Yana   razil   sirlar   uchun   aqchadonga   aylandim.

Haqiqat ogʻriqli boʻladi. Azob beradi. Koʻngilni sovutadi. Aynan shuning uchun ham

haqiqat   osonlikcha   aytilmaydi.   Koʻpgina   hollarda   haqiqat   jim   turish   yoʻli   orqali

yashiriladi. Shunda odamlarga osonroq boʻladi. Odamlarga haqiqatni qabul qilish oson

emas. Vaqt oʻtib sevgi ham tugashini, xiyonatlar boʻlishini, aldanish mumkinligini qabul

qilish   oson   emas.   Biz   kerak   boʻlmagan   muammolar   bilan   oʻzimizni   qamrab   olamiz

hamda “shunday boʻlishi kerak” deb chidab yuraveramiz. Nima uchun “shunday boʻlishi

kerak?” 

Biroq   onamga   shunday   yaxshiroq   boʻlsa,   mayli   boʻlaqolsin.   Ularga   buni

aytmayman. Onamning halovati men uchun hammasidan ustun. Hattoki yaqinlaring ham

azob berishlari mumkinligini tushunib yetganingda yana bir yulduz soʻnadi va koinot

yanada   qisqaradi.   Ammo   yaqinlaring   senga   nisbatan   jirkanchlik   qilib   turganida,

begonalardan   nimani   kutish   mumkin?   Ishonchni   ham   yoʻqotasan.   Yana   bir   yulduz

soʻnadi. Koinot juda tez qisqarishda davom etadi. 

Ishonchni   yoʻqotganingda   esa,   undan   olgan   uzugingga   uzoq   tikilib   turasan   va

“ishonchsiz qanday yashash mumkin?” degan savolni oʻzingga berasan hamda uzukni

taqmay ham qoʻyasan, yana bir yulduz soʻnadi. Haqligingni bilganingda esa, yana bir

yulduz soʻnadi. Chunki sen bu buyumda ortiq ma’no koʻrmayapsan. Uzukni yechishing

bilan yana bir yulduz soʻngan edi. Sening koinoting shunchalar kichrayganki, bemalol

choʻntakka solib yursa boʻladi. 

Iliqlik,   kelajakka   ishonch,   hayotda   nimagadir   erishishga   boʻlgan   harakatni   va

qarindoshlaring-u otangga boʻlgan majburiy hurmatni hanuzgacha “Oyijon” sayyorasi

boʻlgan koinoting markazi ushlab turadi. 

Naqadar   betakror   sayyora.   Va   shunchaki   betakror   emas,   balki   kuchli,   dono   va

goʻzal ham. Bu sayyora uchun shunchaki jilmayish yetarli, bunga javoban esa senga

koʻprogʻini beradi, vaholanki eng kamiga arzimasligingni bilsang-da. 

Aynan shu sayyora sabab koinoting haligacha tirik. 

Sabab esa aslida nimada? Razilliklar sababi nimada? 

Nahotki yaxshi pishirilmagan taom gʻazablanish uchun sabab boʻla olsa? Nahotki

taom oilaviy hayotda shunchalik muhim roʻl oʻynaydiki, agar taomga nimadir boʻlgan

boʻlsa,   albatta   qoʻl   koʻtarish   kerak?   Agar   shunday   boʻlsa,   uylanishdan   avval   “Men

yeyishni   sevaman.   Menga   boshqasi   kerak   emas”   deb   aytgan   ma’qul   emasmi?   Yoʻq.

Taomning hech qanday aloqasi yoʻq. Shunchaki hammasi oʻtkinchi. Buni qabul qilish

kerak va yashashda davom etish kerak. 



Va   nihoyat   insonlarni   asl   mohiyatini   tushunib   yetganingda?   Yana   bir   yulduz

oʻchadi. Endi esa bor yoʻgʻi besh dona yulduz qoladi. 

Mitti   qizaloqning   koinotida   ilk   oʻchgan   besh   yulduz   esingizdami?   Ular   “Otam

yulduzlari” edi. U ularga shunday nom bergan edi. Uning otasidan koʻngli qolganida,

otasi qanday inson boʻlishi mumkinligini koʻrganida, oʻsha besh yulduz oʻchgan edi.

Uning otasi qizaloq tugʻilganida oʻzi sovgʻa qilgan yulduzlarini tortib olgandi. Endi esa

unda koinoti markazi boʻlgan onasidan qolgan besh yulduz bor edi xolos. 

Koinoti markazi esa hanuz “Hamma bir xil emas!”, “U seni otang!”, “Hammasi

yaxshi boʻladi” kabi soʻzlarni takrorlab, soʻngan yulduzlarni qayta yoqishga urinar edi. 

Men onamning soʻzlariga ishondim. Onam gaplariga kirishga qaror qildim, chunki

aynan onam juda tez kichrayib, qorongʻilashib borayotgan koinotimda yorugʻlikni ushlab

turar edi. 

Onamni baxtli qilishga qaror qildim. Onamga hammadan koʻra onam arziydigan

baxtni sovgʻa qilishga qaror qildim. Ammo buni qanday qilishni bilmasdim. 

–  Oyi, aytingchi, baxtli boʻlishingiz uchun nima qilay? Men bilan faxrlanishingiz

uchun nima qilay? 

– Universitetga kir. 

Va   onam   istagandek   qildim.   Oʻshanda   uning   koʻzlarida   quvonch   koʻzyoshlarini

koʻrdim. Onam baxtli edi, men esa oʻzimdan qoniqqandim. Biroq yonib turgan yulduzlar

soni ortmasdi. Menda haligacha bech yulduz yonib turardi, chunki men menda muhabbat

va hayotga qiziqishni ushlab turgan goʻzal ayol, onam uchun yashab, u uchun harakat

qilar edim. 

–   Mening qizalogʻim ham qachonlardir   kimnidir topsa, juda ajoyib boʻlar edi. –

onam kunlardan bir kun tushlik stoli ustida gap boshlab qoldi, – Vaqti keldi menimcha. –

deb qoʻshib qoʻydi. 

Onamning bu istagini ham bajo keltirishga qaror qildim. 

Xuddi   hammasi   koʻngildagidek.   Koinotda   yana   tartib   oʻrnatilgan.   Yangi,   ammo

avvalgi tartibsizlikka asoslangan tartib. Tartibsizlik endilikda qoʻyib yuborilgan, ozod

etilgan va e’tibordan yiroqlashtirilgan. Ammo kelajakda yana shunday xatoliklarga yoʻl

qoʻyilmasligi   uchun   butunlay   xotiradan   oʻchirilmagan   edi.   Haligacha   ota   “xiyonat”

koʻchasida,   odamlar   aldaydi,   tashlab   ketadi,   hokimiyatga   oʻch,   miyalar   yuviladi,

hokimiyatga egalar oʻzlarining lavozimlaridan foydalangan holda istaganlarini qilishadi

va oʻzlari suvdan quruq chiqishadi. Seni esa endi hech narsa hayron qoldirmaydi. Chunki

sen bularni barini yaxshi bilasan. Baribir sendagi hayotni onang ushlab turadi va sen u

uchun harakat qilasan, universitetga kirasan, uchrasha boshlaysan va otangning ishlarini

sir saqlaysan. 

Biroq keyinchalik hammasi yana oʻzgaradi. Kutilmaganda oʻzgaradiki, hayotingda

yana   tartibsizlik   boshlanadi.   Hayotimda   eng   qoʻrchinlisi   nima   ediya?   Bu   koinotimda




hayotni   yoʻqotib   qoʻyish   edi.   Onamni,   hayotimni,   butun   koinotimni   tasvirlab   turgan

oʻsha soʻnggi besh yulduzni yoʻqotib qoʻyish edi. 

Yana   oʻtinch   senda   qayerdan   paydo   boʻlganini   bilmaysan,   kimga   oʻtinyapsan

tushunmaysan, ammo oʻtinasan. 

–   Men hotirjamman. – deydi onang senga. – Men hotirjamman, chunki mening

“Borligʻim”da hayot davom etadi. 

Parallel borliqlar?! 

Onamning   borligʻi   men   edim.   Meniki   esa   onam   edi.   Biz   bir-birimizda   hayotni

ushlab turardik. Biroq, mening borligʻim markazida hayot soʻndi. 

Infarkt.  Va  hammasi  shunchaki  oʻchdi.  Umuman  hammasi.   Barcha  yulduzlarim,

ularga qoʻshib esa kelajakka ichonch, odamlarga nisbatan boʻlgan soʻnggi hurmatim,

harakatlarim, orzularim, rejalarim... barcha-barchasi soʻndi. Chunki bularning bari onam

bilan bogʻlangan edi. Endi esa u yoʻq. Koinotim shunchaki gʻoyib boʻldi. Oʻzim ham

hech   narsani   his   etmay   qoʻydim.   Koʻzlarimdagi   yosh,   onamning   goʻzal   yuzini

xiralashtirib yuborardi. Uning muzdek yuzlaridan oʻpayotib, faqat bir gapni, “Oyijon, siz

bilan ketgim kelyapti” deya qayta-qayta takrorlardim. 

Onamning   vafotidan   keyingi   har   bir   kun,   yillik   azoblarga   teng   boʻlib   qolgandi.

Tushunyapsizmi? Borligʻim butunlay oʻchdi. Qani endi sabab qarilik boʻlsa... lekin onam

bor yoʻgʻi qirq besh yoshda edi. Onam qayerdandir otam ishlari va jazmanining yigirma

bir yoshli oʻgʻlini ta’minlab kelayotgani haqida bilib qolgan ekan. 

Uch yillik azob va qiynoqlarday oʻtgan uch kundan soʻng, menda gʻazab va qasos

olish   ishtiyoqi   uygʻongandi.   Albatta   buni   ajoyib   tarzda   uddaladim   ham.   Otam   va

jazmanini ishdan, oʻgʻlining esa universitetdan haydalishiga erishdim. Uch hayotni rasvo

qildim. Balki siz xozir meni yomon inson deb oʻylayotgandirsiz, bunday qilmaslik kerak

edi dersiz, balki haqdirsiz ham. Balki umuman toʻgʻri qilgan deb hisoblarsiz, axir ularni

deb onamdan ayrilgandim. Nima boʻlgan taqdirda ham siz buni muhokama qilasiz. Va bu

yomon emas. 

Men   oʻzimni   aybdor   his   etmasdim.   Biroq   erkin   ham   emasdim.   Azoblar-u,

sovuqlikdan boshqa hech narsani sezmasdim. Menda hech qanday yaxshilik qolmagandi.

Boʻlajak turmush oʻrtogʻim ham huddi shunday degandi, u bilan har qanday aloqalarni

uzayotganimda. 

Ha, aynan shunday. Yashashdan ma’no qolmadi. Ammo boshqa bolalar ham men

kabi   boʻlishlarini   istamadim.   Bolalar   borliqlari   doimo   kengayib   borishini,   unda

“muhabbat”,   “ishonch”,   “umid”   va   “orzu”   kabi   biri   biridan   ajoyib   sayyoralar   paydo

boʻlishini   xohlardim.   Keyinchalik   ular   ham   oʻz   farzandlariga   eng   yorugʻ   yulduzlarni

tuhfa etishlarini istardim. Shu haqda oʻylar ekanman, xat yozishga qaror qildim. Barcha

ota-onalarga xat. U quyidagicha edi: 


Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin