Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar

Ota-onalarga xat

Hurmatli   ota-onalar.   Siz   balki   ushbu   xatni   oʻqib:   “Bu   qiz   kim   boʻlibdiki,   aql

oʻrgatadi?” dersiz, va yoki oʻqib boʻlib quloq solishga qaror qilarsiz. Menmi? Men hech



kimman. Men hattoki ona ham emasman, qolaversa boʻlolmasam ham kerak. Balki siz

hozir   “Oʻzida   farzandi   boʻlmay   turib,   bizni   qayerdan   ham   tushuna   olardi?”   deb

oʻylayotgandirsiz. Siz haqsiz. Sizlarni men tushuna olmayman. Biroq farzandlaringizni

tushuna olaman. Men ham suyukli farzand boʻlganman, malika edim. Bu uchun ota-

onamdan   minnatdorman.   Ular   menga   hayot   bera   turib,   nafaqat   hayot,   balki   haqiqiy

borliqni   tuhfa   etishgan.   Bir   tasavvur   qilib   koʻring-a,   siz   farzandingizga   hayotdan-da

koʻprogʻini   beryapsiz.   Siz   unga   butun   bir   borliqni   beryapsiz!   Va   mana   shu   borliq

goʻzalligi   butunlay   sizga   bogʻliq!   Bir   biringizni   sevingki,   farzandingiz   sizga   qarashi

bilanoq,   borligʻidagi   yulduzlar   charaqlasin.   Buni   takrorlashdan   toʻxtamang.   Agar

sevgingiz soʻnayotgan boʻlsa, bir-biringizni sevgan vaqtlaringizni eslang. Chunki shirin

xotiralar   kinder   shokoladi   ichidan   chiqqan   oʻyinchoqlarga   oʻxshaydi.   Bir-biringizni

hurmat   qiling!   Bu   juda   muhim!   Eringizni   hurmat   qiling,   ayolingizni   hurmat   qiling.

Farzandingiz muhabbatda hurmat roli muhim ekanligini koʻrib katta boʻlsin. Turmush

oʻrtogʻingizni hurmat qilganingizda, siz nafaqat uni, balki uning borligʻini ham hurmat

qilgan boʻlasiz. 

Farzandingiz qoʻrquviga sababchi boʻlmang! Ota-onalar bola qoʻrquviga sababchi

boʻlishganida, uning borligʻi kichrayib boradi. Borliq kichrayganda esa, qizaloq yigʻlab

oʻtiradi, esga oladi va foydasi boʻladimi yoʻqmi bilmay, xat yozadi. Axir u yulduzlari

hamda umidini yoʻqotib qoʻygandi. Qanaqa umid? U butun borligʻini yoʻqotdi. Bunga

sabab boʻlmang! Agar ketishni istasangiz, keting. Ammo, shunday ketingki, hech kim

alamda qolmasin. 

Nafratga sababchi boʻlmang!

Ishonchsizlikka sababchi boʻlmang!

Omadsizlikka sababchi boʻlmang!

Gʻururga sababchi boʻling!

Muhabbatga sababchi boʻling!

Yanada koʻprogʻiga erishishga urinishga sababchi boʻling!

Bularning   barini   sizga   nimanidir   koʻrishni-yu,   nimanidir   bilmaslikni   istagan   qiz

aytyapti. Siz bu xatni oʻqib boʻlguningizga qadar, balki u qiz bu hayotda ortiq boʻlmas.

Katta ehtimol bilan shunday boʻladi. Chunki unda endi borliq yoʻq. Xuddi hayot kabi... 

Ammo   farzandingiz   koinoti   doimo   charaqlab   tursin,   cheksiz   kengayib   borsin.

Yulduzli chiroqchalari hech qachon soʻnmasin...  



Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin