hammasi yaxshi boʻladi” deb uqtirardi onam narsalarimni tartibga solar ekanman, “Sen
faqat bu haqda oʻylama. Sen oʻqishing haqida oʻylashing kerak! Tushundingmi?!” Men
Keyinchalik tushunib yetdimki, hech qachon jasoratli boʻlmagan ekanman. Onam
jasoratli edi. Va hech qachon onamdek aqlli ham boʻlmaganman. Men shunchaki doim
oʻz fikrini aytishdan qoʻrqadigan qiz edim, xolos. Nima “toʻgʻri” va nima “notoʻgʻri”
ligini unutgan edim. Men shunchaki eshitardim. Koinotim yana torayganida, men oʻn olti
yoshda edim.
– Men u bilan yashay olmayman, – deb boshladi suhbatni amakivachcham. –Men
shunchaki yashay olmayman. –“Unda nega unga turmushga chiqding?” deb oʻylardim
men. Hech qachon xayolimdagini aytmasdim. Nimagadir oʻzgalar tinchligi muhim edi.
Bu uchun esa oʻzimning tinchligimni qurbon qilardim. Butun vaqtimni boshqa odamlar
uchun shunchaki sirlar uchun aqchadon vazifasida oʻtkazib yuborganimni bilganimda
esa, oʻzim uchun deyarli yashamagan ekanligimni tushunib yetgandim. Butun hayotim
davomida oʻzgalar nima deyishi muhimligi haqida oʻylardim. Jim tinglasam, men ham
tinchlik va osoyishtalikka erishaman, deb oʻylardim. Aslida esa yigirma yulduzli
koinotim haqida oʻylashim kerak edi. Biroq...
– Bu notoʻgʻri! – dedi amakivachcham, noroziligini koʻrsatib. – Bu notoʻgʻri! U
meni doim aldaydi! U menga xiyonat qilgan.
Nima aslida “toʻgʻri”? Odamlar hammaga birdek “toʻgʻri” boʻlishi uchun nima
qilishi kerak? Axir bunaqasi boʻlmaydiku. Sen uchun “toʻgʻri” tuyulgandek ish koʻrasan,
ammo baribir sening ishlaringda “notoʻgʻrilik”ni koʻradigan va seni ayblaydigan odamlar
topiladi. Hammaga birdek yoqishning iloji yoʻq. Shunday qilib nima “toʻgʻri” ekan? Va
“yol’gon” nimani anglatadi? Sen oʻzing undan homiladorligingni yashirganingda va
yashirincha abort qildirganingda uni aldamaganmiding? Demak, seningcha buni kechirsa
boʻladi, uning hiyonatini esa yoʻqmi? Menga nima “toʻgʻri”ligini koʻrsating. Sen qanday
qilib oʻzingning soʻzlaringga bunchalik ishona olasan? Axir, sening ishlaring haqida men
koʻproq bilaman-ku.
Men amakimning qizini abort sabab ayblay olmayman. Chunki u buni kerak va
muhim deb qabul qilgandi.
Onam otam bilan yashashda davom etishga qaror qilganda toʻgʻri qilganmikan?
Axir men ozmuncha qabihliklarni koʻrishga majbur boʻlmadimmi? Politsiyaga
qoʻngʻiroq qilib, ularga otamni yomon koʻrishimni aytganimda, men toʻgʻri
qilganmidim? Axir u mening otam-ku. “Doim mehribon boʻl. Xudo mehribonlarni yaxshi
koʻradi” derdi otam menga. Shu soʻzlarni qiziga aytgan inson, uni doim yigʻlashga va
insonlardan yiroqlashishiga majbur qilgandi.
“Yolgʻon” nomli kosmik chang paydo boʻlishi, koinotimga jiddiy ta’sir koʻrsatdi va
men yana ikki dona ajoyib yulduzimdan mahrum boʻlgandim.
Dostları ilə paylaş: