Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
bo'ladi.
O'zbekiston shu oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to'liq
o'tdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni yumshatish
bo'yicha barcha zarur choralar ko'rildi.
Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman
instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish
imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib
berildi.
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, biz Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini yangitdan tikladik.
Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to'la hamohang ekanini ta'kidlashni istardim.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Biz qat'iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro
munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi.
O'zbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz
Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarur, deb
hisoblaymiz.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish
tizimini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
Ishontirib aytmoqchiman, O'zbekiston BMTning tuzilmalari bilan hamkorlikni bundan
keyin ham izchil davom ettiradi.
Biz janob Bosh kotib Antoniu Guterrishning yaqinda O'zbekistonga tashrifi yakunlari
bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi"ning amaliy ijrosini ta'minlash bo'yicha qat'iy
choralar ko'ramiz.
Xonimlar va janoblar!
O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga
ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir.
3 / 8
|